Geografik-ekologik ekspertiza asoslari. XX asrning 60–70-yillaridan e’tiboran yirik xo‘jalik korxonalarini qurish va boshqa tadbirlar loyihalari mutaxassislarning har tomonlama ko‘rigidan o‘tib, ularning ruxsati bilangina amalga oshirila boshlandi. Bu jarayon umumiy ma’noda ekspertiza deb ataladi.
Ekspertiza - deb yirik muhandislik inshootlarini qurish loyihalarining mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazilishiga aytiladi. «Ekspert» so‘zi lotin tilida «tajribali» degan ma’noni bildiradi. Ekspert – biror sohada ekspertiza o‘tkazuvchi mutaxassis. Masalan, qurilish, geologiya, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, atom energetikasi, mashinasozlik va h.k. sohalar bo‘yicha ekspertiza, asosan, loyihalanayotgan muhandislik inshootining atrof-muhitga ta’sirini baholash yuzasidan o‘tkaziladi. Ekspertizalar geografik va ekologik ekspertizaga bo‘linadi.
Geografik ekspertiza deb, loyihalashtirilayotgan muhandislik inshootining atrof-muhit talablariga mos kelish-kelmasligini aniqlashga aytiladi.
Ekologik ekspertiza deb, inson faoliyatining atrof-muhit biologik (o‘simlik, hayvonot dunyosi va mikroorganizmlar) qismiga ta’sirini baholashga aytiladi.
Geografik va ekologik ekspertiza bir-biriga barcha jihatdan yaqin va bir-birini taqozo qilishini e’tiborga olib, geograf k-ekologik ekspertiza deb ataladi. Geograf k-ekologik ekspertiza ekspertiza jarayonida muhandislik inshootining atrof-muhitga, aholi salomatligiga qanday ta’sir qilishi e’tiborga olinadi.
Ekspertiza turli darajalarda amalga oshiriladi. Davlat ekspertizasi, Vazirlik ekspertizasi, Davlat fan va texnika qo‘mitasi ekpertizasi, ilmiy va jamoatchilik ekspertizasi va boshqalar. Atrof-muhit bo‘yicha ekspertiza Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Ushbu tashkilotda ekologik-geografik ekspertiza boshqarmasi mavjud.
O‘zbekistonda geografik-ekologik ekspertiza o‘tkazish. O‘zbekistonda o‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab yirik inshoot va obyektlarning loyihalari geografik-ekologik ekspertizadan o‘tkazila boshlandi. Hozirgi paytda O‘zbekistonda yangi sanoat korxonalarini ekologik talablarga mos holda joylashtirish, mavjud korxonalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, atrof-muhitga chiqarayotgan chiqindilar masalasi atroflicha tahlil qilinib, texnologik jarayonlarni mukammallashtirish, gaz va changni tutib qoluvchi, ularni tozalovchi zamonaviy moslamalarni o‘rnatishga katta ahamiyat berilmoqda. Mamlakatimizda qurilayotgan yirik va o‘rtacha korxonalar ekologik tartib-qoida, belgilangan me’yorlar asosida qurilish bilan birga ishlash jarayonida atrof-muhitga zararli chiqindilarni chiqarishi me’yorda bo‘lishi kafolatlangan. Masalan, Asaka shahridagi yengil avtomobil zavodi, Qorovulbozordagi neftni qayta ishlash zavodi va boshqa korxonalar ekologik ekspertizadan chuqur va har tomonlama o‘tkazilgan.
XULOSA
Men bu mavzudan ya’ni ekalogik monitoring va ekalogik ekspertiza mavzusidan juda ko’p ma’lumotlar oldim. Inson va tabiat o'rtasidamuta-nosiblikning buzilishi to'g'ridan to'g'ri biohilma hillikningbuzilishiga olib keladi. Insonga tabiattomonidan, tabiatga insontomonidan xavftug'diradi va biosfera zahiralaridan o'zboshimchalik vanazoratsiz foy-dalanish natijasida biz yashab turgan jamiyatimizgaekologik xavf keltiramiz. Shuning uchun kishilik jamiyati oldida turganasosiy vazifa tabiat bilan insoniyat o'rtasida bog'lanishni saqlab qolibtabiat haqidagi oldingi fikrlardan voz kechib uni avaylashimiz lozim.Endilikda yashab turgan har bir inson ongiga «Ekologiya, iqlimo'zgarishi» degan so'zni singdirishimiz va o'rgatishimiz zarur.Ekologik fikrlash uslubimizni o'zgartirishimiz yoki oldingiday«Tabiatdagi barcha narsalar biz uchun xizmat qiladi» degan fikrni «Ona tabiat bizning uyimiz» degan shiorga aylantirishimiz doimo dilimizda va tilimizda takrorlab unga amal qilishimiz kerak. Oldinlari odam o'zimaqsadlari uchun tabiatni bo'ysundiraman deb o'ylagan, endilikda inson o'zini tabiatning bir bo'lagi va unga hamoxang deb hisoblasin. Tabiy jarayonlarga aralashmasligi va tabiat qonunlarini, atrof-muhit himoyasini qatiy prinsiplar asosida olib borsin. Jamiyat doimo tabiat qonuniy rivojlanishining mahsuli ekanligini aniq bilishi, agarda bu qonunlar buzilsa misli ko'rilmagan og'ir oqibatlarga olib kelishini tushunib yetdim. Ekologik bilimlar va tushunchalar har bir inson faqatgina uning turmush tarzi yaxshilanishi uchun emas, balki uning tabiat bilanhamohang bo'lishi uchun ham kerakdir. Ekologik ma'lumotga ega insonhech qachon tabiatga nisbatan o'gay ko'z bilan qaramaydi. Ekologik qoida va qonunlarni uzluksiz ekologik tarbiya, ma'lumot va ekologikmadaniyatni qo'shib olib borilsa atrof muhitdagi ekologik tizim qonunlari buzilmaydi. Ushbu «Ekologiya» kitobidan ijtimoiy-gumanitar, texnik, iqtisodchiva boshqa soha YO'nalishlari yoki keng YO'nalishda darslik sifatida foydalanish mumkin.Darslikda atrof muhit himoyasi va insonning tabiat bilan bog'liqligi barcha yo'nalish talabalari uchun olib borilgan
ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.O'zbekiston respublikasida atrof tabiiy muhitni muhofazasi va tabiiyresurslardan foydalanishning holati to'g'risida. Milliy ma'ruza. 2006.
2. Alixanov B. O'zbekistonning ekologik sharhi. Toshkent, 2008.
3.Ashixminoy T.Ya. Ekologicheskiy monitoring. Moskva. Alma Matyer, 2008.
4. D. Yormatova. Sanoat ekologiyasi. Toshkent 2008.
5. D. Yormatova. Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi.Toshkent 2008.
6.D.Yormatova. Ekologiya. Toshkent. 2009.
7.D.Yormatova. Ekologik monitoring. Toshkent 2011:
8.D.Yormatova. Ekologiya fanidan seminar mashg'ulotiari uchun qo'llanma. Toshkent. 2011.9.Zvyereva R.Yu., Safaev B. Agrometeorologiyadan qo'llanma.Toshkent. 1996
9.Ibragimov R. Ekologik ta'lim tarbiya. 2010 y. 9-11- bet.
INTERNET SAYTLARI.
www.google.uz
www.ziyonet.uz
www.arxiv.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |