Sinashlarning umumiy metodikasi
Sinash. Dvigatelni sinashdan oldin tormoz qurilmasi tekshiriladi, o’lchash apparaturalari tanyorlab qo’yiladi. Dvigatel ishlatib chiniqtiriladi. Dvigatelning texnikaviy holati va rostlash ko’rsatkichlari sinchiklab tekshiriladi. Dvigatelni yurgizib va tekshirib ko’rilganidan keyin xarakteristikaning bir necha tekshiriladigan nuqtalari qiymatlari olinadi.
Har bir tajriba oldidan dvigatel o’zgarmas aylanishlar chastotasi va normal temperaturali rejim bilan turg’un ishlashi kerak. Ishonchli natijalar olish uchun har bir tajriba bir necha marta qaytariladi. Dvigatelning ishlash rejimlari bitta tajribadan ikkinchisiga o’tishda belgilangan chegarada olinadigan xarakteristikalar turiga bog’liq holda yo katta tomonga, yoki kichik tomonga o’zgaradi.
Tajriba vaqtida olingan ma’lumotlar sinash jurnaliga yozib boriladi va sinash prosessida bevosita hisoblab chiqiladi. Jurnalda dvigatelning rusumi, nomeri, sinash vaqti va joyi yozib qo’yiladi. Bundan tashqari, qanday xarakteristika olinganligi va qanday tormozda olinganligi, dvigatel tirsakli validan tormoz valiga beriladigan uzatmalar soni va uzatmaning f. i. k. belgilanadi. Sinash vaqtida dvigatelga ishlatilgan yoqilg’i va karter moyining nomi va standarti hamda barometrik bosimi ko’rsatiladi. Jurnalda dvigatel ishlashidagi barcha o’zgarishlar (tutash boshlanishi va xarakteri, vibrasiya.taqillagan tovushlar va h. k.) qayd qilinadi.
Har bir tajriba vaqtida tajribaning qancha davom etganligi, tormozning kuchi, tormoz valining aylanishlari chastotasi, yoqilg’i sarfi hamda atrof havo temperaturasi, sovitish suvi, karter moyi, ish bajargan gaz temperaturalari va moylash sistemasidagi moy bosimi, ta’minlash sistemasidagi yoqilg’i bosimi, dvigatel karteridagi gaz bosimi o’lchanadi.
Har bir tajriba uchun dvigatelning tirsakli vali aylanishlari chastotasi, burovchi moment, quvvat, yonilg’i sarfi aniqlanadi. Dvigatelning burovchi momenti, effektiv quvvati formula bilan hisoblab chiqariladi.
Dvigatelnining burovchi momenti:
; N m
bu yerda -dvigatelning effektiv quvvati,kVt;
n-dvigatel (tormoz) valining aylanishlari chastotasi, min-1.
Yoqilg’i sarfi, :
; kg/soat
bu yerda m— tajriba davomida sarflangan yoqilg’n miqdori, gramm
t-tajribani davom etish vaqti, sek.
Nisbiy yoqig’i (yoqilg’ining solishtirma) sarfi, ge;
; gr/(kVt soat)
Burovchi momentnining zahira koeffisiyenti,
100;
bu yerda, Mmaks-burovchi momentning maksimal qiymati, N m;
MN- tirsakli valning nominal aylanish chastotasidagi burovchi
Moment, N m
Quvvat va solishtirma yoqilg’i sarfiga atrof havo temperaturasi va barometrik bosim ta’sir qiladi. Shu sababli dvigatel sinalgandan keyin quvvat va yoqilg’i sarfi nomogramma yoki hisoblash formulasi (GOST 18509-73) bilan standart atmosfera sharoitiga o’tkaziladi.
Standart atmosfera sharoitn uchun barometrik bosim — 101,3 kPa; havo temperaturasi — 20° S; havoning nisbiy namligi — 50% qilib olingan.
Dizel yoqilg’isi uchun standart temperatura 200 S va zichlik 0,83 t/m3 ga teng. Sinash tugaganidan so’ng xarakteristikalar quriladi va asosiy ko’rsatkichlarning jadvali tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |