Mavzu: Dunyoviylik daxriylik emas. Reja



Download 41,38 Kb.
bet3/5
Sana01.08.2021
Hajmi41,38 Kb.
#135161
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dunyoviylik daxriylik emas.

Din va davlat munosabati.

«Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi».

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasi

Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi ijtimoiy hayotda har doim muhim va murakkab masala bo’lib kelgan. Binobarin, uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi. Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog’lom va barkamolligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shu bois bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o’rni va bajaradigan vazifalari g’oyat muhim. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi o’z ifodasini topgan. 1948 yilda qabul qilingan inson huquqlari umumijahon Deklaratsiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o’z dini yoki e’tiqodini o’zgartirish erkinligini, o’z dini yoki e’tiqodiga o’zicha, shuningdek, boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda yoki odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o’z ichiga oladi.

Bundan tashqari bu masala yana bir murakkab hodisa – turli dunyoqarash, e’tiqodda bo’lgan kishilar o’rtasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy ta’minlanishini ham nazarda tutadi. Zero, odamlar doim turli dunyoqarash va e’tiqod bilan yashaganlar va yashaydilar. Har kimning o’z ichki dunyosi, o’z e’tiqodi bo’ladi.

Vijdon erkinligi qandaydir bir mavhum tushuncha emas, u ma’lum ijtimoiy vaziyatda albatta namoyon bo’ladi. Shuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy sharoitsiz, ob’ektiv va sub’ektiv omillarsiz tasavvur qilish qiyin. Bundan tashqari «vijdon erkinligi» tushunchasini ilmiy talqin qilishda milliy, mafkuraviy va madaniy omillarni ham albatta nazarda tutish kerak.

Shu jihatdan 1992 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 31-moddasida har bir fuqaro uchun vijdon erkinligi huquqining kafolatlanishi tabiiy holdir. Yana bir muhim tomoni – keyingi yillarda davlat bilan diniy tashkilotlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda salmoqli o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Dinning jamiyatdagi o’rni tiklanmoqda. Diniy uyushma va tashkilotlarning faoliyat ko’rsatishlariga imkoniyat yaratilmoqda. Qator tarixiy obidalar diniy tashkilotlar ixtiyoriga o’tkazildi, yangi masjidlar ochilmoqda. Diniy tashkilotlarning xalqaro aloqalari kun sayin kengayib bormoqda.

Mamlakatimiz xududida yashayotgan har bir fuqoro va har qaysi diniy konfessiya a`zolari tengligiga asosiy e`tibor qaratildi. Dunyoviy davlat diyilganda, din davlatdan ajratilganligi nazarda tutiladi, ammo din xalqdan ajratilgan emas. SHu bilan birga barcha dinlarga bag`rikenglik ruhida yondashuv zarurdir. Zero, kishilik jamiyati uzoq davlarlar davomida shakllanib kelgan. Ko`plab mamlakatlarda turli diniy e`tiqodga mansub kishilar ahil, ittifoq bo`lib yashaganlar. Hususan, 1004 – 1005 yillarda Xorazmda yaratilgan Ma`mun akademiyasida faoliyat olib borgan allomalar ham turli din vakillari edilar. Xususan, Abu Sahl Masixiy diniy e`tiqodi bo`yicha xristian bo`lgan. Bunda ajdodlarimiz dunyoqarashida juda qadimdan boshlab tolerantlik namoyon bo`lganligini ko`rishimiz mumkin. Dinimiz islomning muqaddas kitobi bo`lmish Qur`oni Karimning oltita surasida ham bu mazmundagi oyatlarga duch kelamiz. Misol tariqasida ayrimlari xususida tuxtalib o`taylik, “Dinga zo`rlab (kiritish) yo`qldir. (Zero) haq yo`l zalolatdan ajrab bo`ldi. Bas, Kim shaytondan yuz o`girib, Allohga iymon keltirsa, u hech ajrab ketmaydigan mustahkam halqani ushlabdi. Ollah eshituvchi, bilguvchidir”. (2:256).

“(Ey Muxammad), agar mushriklardan birontasi sizdan ximoya so`rasa, bas, uni ximoya qiling, toki u Allohning kalomini eshitsin. So`ng uni o`zi uchun tinch bo`lgan joyga etkazib qo`ying. Bu (hukm) ularninig bilmaydigan qavm bo`lganlari uchundir.” (9:6 ). Ma`lumki, islom dini targ`ib etilib, mushriklar (ya`ni Allohga shirk keltirib, turli narsalarni ilohiylashtirib sig`inuvchilar)ga qarshi jangu –jadallar bo`lgan. Bu oyatda islom dinini tushunmaganligi uchun mushrik bo`lganlarga nisbatan kechirimli bo`lish haqida aytiladi. Mushriklar Ka`ba atrofiga xilma-xil butlarini qo`yib, har safar Ka`bani tavof etganlaridan kiyin haligi butlarga sajda qilar edilar. Mushriklar o`zlari yasab olgan butlarini yagona Allohga sherik deb bilar ekanlar, ularning qilgan ibodat – tavoflari ham behuda hisoblangan.

Islomda inson e`tqodini zo`rlik bilan o`zgartirish mumkin emasligiga urg`u beriladi. Zero, «Agar Parvardigoringiz xohlasa edi, butun Er yuzidagi barcha kishilar iymon keltirgan bo`lur edilar. Axir siz odamlarni mo`min bo`lishga majbur qilurmisiz?» (10:99). Bu oyatdan hulosa shuki, inson o`z ixtiyori bilan keltirgan iymongina haqiqiy, maqbul iymondir.

Diniy bag`rikenglik ayni vaqtda kishilar e`tiqodi ustidan doimiy nazorat qilib yurishni inkor qiladi. «Ayting: «Ey insonlar, sizlarga Parvardigoringizdan Xaq – Qur`on keldi. Bas, kim hidoyat yo`liga yursa, faqat o`z foydasiga yurgan bo`lur. Kim (bu hidoyat yo`lidan) ozsa, faqat o`zining ziyoniga adashgan bo`lur. Men sizlarni ustingizda qo`riqchi emasman» (10:108).

Har qanday inson o`zgalar e`tiqodi faqat aynan shu inson ixtiyoriga emas, balki Alloh ixtiyoriga ham bog`liq ekanligini anglab etsagina, boshqalar diniy tuyg`ulariga ham hurmat bilan munosabatda bo`ladi . Zero, e`tiqodli musulmon kishi har bir ish Allohdan ekanligiga ham iymon keltirgan bo`lishi kerak. “Agar bir Qur`on bo`lib, uning yordami bilan tog`lar joyidan jildirilsa, yo uning yordami bilan er yorilib (daryolar paydo qilinsa), yoki uning yordami bilan o`liklar tilga kiritilsa ham (kofir bo`lgan kimsalar iymon keltirmaydilar). Yo`q, barcha ish yolg`iz Allohning (qo`lidadir. YA`ni, Alloh hohlasa iymon keltiradilar).

(13 : 31).

Allohning irodasi va qudrati shu darajadaki, agar O`zi xohlasa har qanday insonni tug`ri yo`ldan yurishga majbur qilar edi. Lekin u insonga aql-idrok berdi, haq bilan botilning nima ekanligini tushuntirib “Kitob”ini nozil qildi va ixtiyorni odamlarning o`ziga berdi. endi, Allohning e`tiqod erkinligini odamlar qo`liga bergani holda, qandaydir o`zini “daho” sanovchi kimsa zo`rlik bilan dinga kiritishga harakat qilsa, bu islomga xilofdir. “To`g`ri yo`lga (hidoyat qilish) yolg`iz Alloh izmidadir, (zotan, yo`llar) orasida egrisi ham bordir. Agar (Alloh) hohlaganida sizlarning barchangizni (to`g`ri yo`lga) hidoyat qilgan bo`lur edi. (Lekin U zot sizlarga qaysi yo`l tug`ri va qaysi yo`llar egri ekanini ko`rsatib, qay bir yo`lni tanlash ixtiyorini o`zlaringizga qo`yib berdi va aql-idrok bilan To`g`ri yo`lni tanlab olgan baxtli bandalarini O`z xohish-irodasi bilan O`sha Haq yo`lga hidoyat etishni va`da qildi, egri yo`llarni tanlagan kimsalar esa har ikki dunyoda baxtsiz bo`lib, o`zlariga ziyon qilishlari to`g`risida habar berdi). (16:9).

E`tiqod va bag`rikenglik masalasida na mutaassiblik, na murosasizlik naf keltirmaydi. Vaziyatga qarab, bugun dindor, ertaga dahriy, boshqa vaqt ateist bo`lish inson fazilati emas. Iymonli kishi amaliyotida kufrga o`rin bo`lmaydi. Kufr bilan ko`ngli yoziladigan inson esa musulmon emas. Qalbi iymon nuridan bebahra insonlar din nomidan gapirsalarda, asli qilmishlari g`ayriinsoniydir.

O`z oldiga dunyoviy davlat kurishni maqsad qilib qo`ygan O`zbekiston respublikasining Konstitutsiyasi 61 - moddasida shunday deyiladi: “Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi.” Mamlakatimizda barcha diniy konfessiyalar vakillari teng huquqqa egadirlar va ulardan hech biriga alohida imtiyoz berilmaydi va e`tiqodiga ko`ra taziyq ham o`tkazilmaydi. Hozirgi kunda Vatanimizda 16 diniy konfessiya erkin faoliyat olib bormoqda.



Download 41,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish