Mustahkamlash:
1. Hinduiylik dini qayerda va qachon paydo bo’lgan?
2. Hinduiylik dinini tarqalishi qanday kechgan?
Dars yakuni: baholarni e’lon qilish
Uyga vazifa: mavzuni o`qib savollarga javob yozish.
Fan: Din tarixi 9- sinf
Mavzu: Sinkhiylik dini tarixi
Maqsad:
Ta`limiy : O`quvchilarga Sinkhiylik dini tarixi haqida ma’lumot berish
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni diniy ta`limotlarni taqqoslay olish, tahlil qilsh qobiliyatlarini rivojlantirish
Tarbiyaviy: O`quvchilarni diniy bag`rikenglik ruhida tarbiyalash
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Suhbat, baxs-munozara
Dars jihozi: elektron darslik, chizma, tarqatmalar,
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
Navbatchi axboroti
O`tilgan mavzuni so`rash
Yangi mavzuning bayoni:
Hinduiylikning muqaddas yozuvlari sifatida «Mahobxorat» va «Ramayana» dostonlari ham qabul qilingan.
Hinduiylikda bosh xudolar sifatida Braxma, Vishnu va Shiva qabul qilingan. Ular turli sohalarga ixtisoslashgan va bir-birini to‘ldiradi. Bosh xudolarning birinchisi – yaratuvchi xudo Braxma. U oliy ibtidoiy borliq va abadiylikning birligidan o‘tkinchi va rang-barang dunyo, ya’ni olam va undagi mavjudotlarni yaratgan. Hinduiylik ta’limotida dindorlar Braxma yaratgan dunyodan chiqib ketib, nirvanaga erishishga intiladi, ya’ni u hinduiylarning maqsadiga qarama-qarshi bo‘lgan vazifani bajargan.Hinduiylikning bosh xudolari qatorida ikkinchi xudo Shiva hisoblanadi. Shiva – vayron qiluvchi xudo, san’at va bilim, aysh-ishrat va ishqiy sarguzashtlar homiysi; hayotiy kuchlar, erkaklik ibtidosi va tabiat stixiyasining timsoli. U tabiat kuchlari kabi ziddiyatli xudo. Shiva odamlarga yomonlik qilib, uning oqibatlarini o‘zi bartaraf etadi, chorvaga homiylik qiladi yoki ularga ziyon yetkazadi.Xaloskor xudo Vishnu bosh xudolarning uchinchisi hisoblanadi. U Shiva kabi ziddiyatli ilohiy mavjudot emas. Vishnu odamlarga ilohiy haqiqatni yetkazadi va adolatning g‘alaba qozonishiga yordam beradi. Vishnu odamlarni zulmdan xalos qilishi bilan birga xavf-xatardan ham saqlaydi. O‘z vazifalarini bajarish uchun turli qiyofa (avatar)larda dunyoga keladi. Diniy manbalarda uning necha bor dunyoga kelishi to‘g‘risida har xil ma’lumotlar berilgan.
Boshqa diniy tizimlardagi kabi hinduizmda ham dindorlarning axloq qoidalariga qat’iy amal qilishlari talab qilinadi. Bu qoidalar quyidagi ta’limotlarda ifodalanadi:
1) dxarma (sanskrit tilida – qonun, majburiyat degan ma’nolarni
anglatadi) – odamlarning burchi va majburiyatlarini belgilaydi. Dxarma
qoidalari turli kastalarning burchlari va majburiyatlarini tartibga soladi,
dindorlardan ushbu qoidalarning bajarilishini talab qiladi;
2) artxa – dindorlar xulq-atvor qoidalarining majmuidan iborat;
3) kama (braxmanizm va hinduizmda sevgi xudosi) – hissiy istak va
mayllar qondirilishining ahamiyatini belgilaydi;
4) moksha (sanskrit tilida – joydan-joyga ko‘chish, darbadarlik degan
ma’nolarni anglatadi) – sansaradan xalos bo‘lish haqidagi ta’limot.
Hinduiylik ta’limotida jannat va do‘zax to‘g‘risidagi g‘oya mavjud. Bu g‘oya hinduiylikning sansara ta’limotiga zid keladi. Shunday bo‘lsa-da, jannat va do‘zax to‘g‘risidagi g‘oya qabul qilingan va uning mazmuni tarixiy taraqqiyot ta’sirida o‘zgarib borgan. Dastlab narigi dunyoda faqat jannat mavjud deb tasavvur qilingan. Jannatga tushish uchun ruhning sinovlardan o‘tishi talab qilinmagan. Ma’lumki, Hindistonda qadimdan vafot etgan odamning jasadi o‘tda kuydirilgan. Mayitni kuydirish marosimi olov xudosi – Agniga sig‘inish bilan bog‘liq. Olov xudosi marhumning savobi va gunohlarini aniqlab, keyingi taqdirini hal qilgan. Bu jarayon dastlab juda sodda tasavvur qilingan. Unga binoan, olovda insonning tanasi kuydirilib gunohlaridan tozalangan, kishining gunohi va qusurlari kulda qolgan. Olov bilan soflangan ruh narigi dunyoda tana vazifasini bajaradigan yupqa qobiq hosil qilib jannatga tushgan.
Hinduiylikda ko‘pdan-ko‘p diniy marosimlarni bajarish ishlariga braxmanlar rahbarlik qiladilar. Ruhoniy braxmanlar qadimgi davrdagi braxmanlar kastasining vorislaridir. Hinduiylikda ham ular asosan imtiyozlarini saqlab qolganlar. Ular davlat tashkilotlari, xususiy firma va boshqarmalarda yuqori lavozimlarda xizmat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |