Mavzu: dsp turdagi pechda Cт2cп markali instrumental po‘lat eritish jarayonini va asosiy dastgohini hisoblash. Yillik ishlab chiqarish unumdorligi 650 ming tonna Kafedra mudiri: Berdiyarov B. T


Eritish pechlarni belgilash va ularning tuzilish konstruksiyasi



Download 0,8 Mb.
bet7/20
Sana01.06.2023
Hajmi0,8 Mb.
#947457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
Yoyli po\'lat eritish pechi DSP nazariy va xulosa

Eritish pechlarni belgilash va ularning tuzilish konstruksiyasi
MDX da eritish pechlarning belgilashda quyidagi turi qabul qilingan. Birinchi harf pechning turi: D-yoyli; I-ind; C-qarshilik; P-xom ashyoning tiklanish pechi; X-elektron nurli; SH-eritish shlak pechi. Eritish pechlarga ikkinchi harf ishlab chiqarilgan metallni belgilaydi: A-alyuminiy va ularning; B-bronza; V-Mg; D-Mo; K-Zr; L-latun; M-mis va ularning quymalari; H-Nb; O-qalay, qo‘rg‘oshin babbit; P-W; C-po‘lat va qiyin eriydigan eritmalar; T-Ti va shlaklar; X-Ta; U-rux; CH-cho‘yan. Uchinchi harf pechning asosiy konstruktiv ajralib turadigan xususiyat belgilab po‘lat erituvchi yoyli pechlar: P-pech (3) aylanuvchi quvvat; B-chiqadigan pechning kojuxi; induksion pechlarga: K-kanalli; T-tigelli.
Qarshilik pechlarga: T-tigelli; K-kamerli; B-doira shakldagi.
Vakuum, yoyli va induksion pechlarga:
B-vakuum; elektron nurli pechlarga: P-erituvchi.
Oxirgi harfdan keyingi raqamlar pechlarning tonnadagi hajmi belgilanadi. Qarshilik pechlari uni asosiy konstruktiv ajralib turadigan xususiyatlari ishlab chiqarishdagi hajmni xaroratlari, ularning tax ishchi τ0 ni va boshqa xususiyatini hisobiga olgan holda murakkab belgilash sistemasi qo‘llanadi.
Po‘lat va ferroqotishmalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bir qancha pechlarning keltiramiz:
EYPE-100 – hajmi 100 tonna bo‘lgan aylanuvchi quvvati EE Pech.
IST-1 – hajmi 1 tonna bo‘lgan induksion tigelli po‘lat erituvchi pech;
ICHT-6 – hajmi 1 tonna bo‘lgan induksion cho‘yan erituvchi tigelli pech.
Boshqa kerak bo‘lgan ma’lumotlari maxsus adabiyotda keltirilgan bo‘lgan.
II. Elektr pechlarda po‘lat ishlab chiqarish jarayonining nazariyasi
Ma’lumki, elektr yoy va induksion pechlarda olingan po‘latlarda oz bo‘lsa – da N2, O2, H2 gazlar hamda metallmas qo‘shimchalar bo‘ladi. Ular metallning mexanik xossalarini pasaytiradi. Shu sababli yuqori sifatli po‘latlar olishda metallni ana shu qo‘shimchalardan tozalash muhim ahamiytga ega. Amalda po‘latlarga qo‘yilgan talablarga ko‘ra ularni vakuum kamerada inert gazlar va sintetik shlak yordamida tozalanadi.
Po‘latlarni vakuum kamerada tozalash.
Bu usul bosim kamayishi bilan metallda erigan gazlarning keskin kamayishiga asoslangan. Bunda avval kameradagi havo 0,267 – 0,667 kPa bosimgacha so‘rib olinadi, so‘ngra kameraga kovshli metall kiritilib, 10 – 15 minut u yerda saqlanadi. Bunda metalldan pufakchalar tarzida ajralayotgan gazlar bilan birga metallmas qo‘shimchalar ham ergashib chiqadi. Natijada gazlar miqdori 3 – 5 marta, metallmas qo‘shimchalar 2 – 3 marta kamayib, po‘latning puxtaligi va plastikligi ortadi.
Po‘latlarni inert gazlar yordamida tozalash.
Qolipdagi suyuq metalldan birorta inert gaz, masalan argon gazi u qadar katta bo‘lmagan bosim ostida o‘tkaziladi. Natijada metall yaxshi aralashib gaz va metallmas qo‘shimchalardan tozalanadi.
Po‘latlarni sintetik shlak bilan tozalash.
Metallni kovshga chiqargunga qadar unga metall massasining 3 – 5% miqdorida 1700ºC li shlak (55% CaO, 40% Al2O3, va oz miqdorda SiO2, MnO, FeO) quyiladi. So‘ngra uning ustiga pechdan po‘lat quyiladi. Bunda po‘lat shlak bilan tez aralashib kontakt yuzalar ortib shiddat bilan boruvchi reaksiyalar hisobiga gaz va metallmas qo‘shimchalardan deyarli (50 – 70%) tozalanadi [6].
Po‘lat asosiy konstruksion material bo‘lib, u cho‘yanga nisbatan puhta, plastik, yuqori oquvchanlikka ega va qoliplarini ravon to‘ldiradi. Shuningdek yahshi payvandlanadi va kesib ishlanadi. Mashinasozlikda yuqorida qayd etilgan va etilmagan qator xossalarga ko‘ra unga talab borgan sari ortib bormoqda. Hozirgi kunda po‘latlar asosan konvertorlarga kislorod haydash yo‘li bilan marten va elektr pechlarda ishlab chiqarilmoqda. Bunda cho‘yan tarkibidagi S, Si, Mn, P elementlari oksidlanadi, oksidlar esa birikib shlak hosil qiladi. Bunda kimyoviy reaksiya tezligi qayta ishlanuvchi cho‘yanlarning tarkibiga, boyitmasiyasiga va temperaturasiga bog‘liq bo‘ladi. jadvalda misol sifatida qayta ishlanadigan cho‘yanlardan kam uglerodli po‘latlar olishda kimyoviy tarkibning o‘zgarishi % hisobida keltirilgan.

Material

C

Si

Mn

P

S

Qayta ishlanadigan cho‘yan
Kam uglerodli po‘lat

4 – 4,4
0,14 – 0,22



0,76 – 1,26


0,12 – 0,3

1,75 gacha


0,4 – 0,65



0,15 – 0,3


0,05

0,03 – 0,07


0,055

Ma’lumki, qayta ishlanadigan cho‘yanlarda Fe miqdori 90% dan ortiq bo‘ladi. Shuning uchun ularni eritishda pech muhitidagi kislorod bilan avvalo Fe reaksiyaga kirishadi.


[Fe] + 1/2O2 - [FeO] + Q (1)
Bunda kislorod hisobiga (pech temperaturasi pastligida Leshatelye prinsipiga ko‘ra) oksidlanganda issiqlikni ko‘proq ajratuvchi elementlar (Si, P, Mn) oksidlanadi. Pech temperaturasi ko‘tarila borishi bilan oksidlanganda issiqlik yutuvchi elementlar oksidlanadi.
Jarayonning boshlang‘ich davrida boruvchi reaksiyalarni shunday ifodalash mumkin:
[2FeO] + [Si] = [SiO2) + 2[Fe] + Q (2)
5[FeO] + 2[P] = (P2O5) + 5[Fe] + Q (3)
(FeO) + [Mn] = (MnO) + [Fe] + Q (4)
Hosil bo‘lgan oksidlar o‘zaro birikib shlak hosil bo‘la boshlaydi:
(MnO) + (SiO2) → (MnO ·SiO2)
[FeO] + (SiO2) → (FeO · SiO2)
(P2O5) + [3FeO] → (FeO)3 · P2O5.
Ko‘pincha reaksiyalarni tezlatish maqsadida pechga ma'lum miqdorda temir rudasi kiritiladi yoki kislorod haydaladi.
Pech temperaturasi ko‘tarilganda uglerod shiddatli oksidlana boshlaydi:
[FeO] + [C] = CO + [Fe] - Q kJ.
Pufak tarzida ajralayotgan uglerod (II) - oksid (CO) gazi metallni aralashtirib temperaturasini bir xil holga keltirish bilan birga uni zararli gazlardan (N2, H2, O2) va metallmas materiallardan tozalaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, bir - biri bilan kontaktda bo‘lib, o‘zaro aralashmaydigan suyuqliklar (metall va shlak) da eriydigan komponent va birikmalar ayni temperaturada ikkala suyuqlikka ham ma'lum nisbatda taqsimlanadi. Demak, jarayon davomida shlak tarkibini o‘zgartirsak metall tarkibi ham o‘zgaradi.
Po‘lat ishlab chiqarish jarayonini quyidagi davrlarga ajratish mumkin:
1) Shixtani suyultirish. Bu davrda avvalo Fe, so‘ngra Si, P, Mn elementlari oksidlanadi va bu oksidlar birikib shlak hosil bo‘ladi.
Shlakdagi (FeO)3 · P2O5 birikmani bu sharoitda barqaror saqlash uchun ohaktosh qo‘shiladi.
(FeO)3· P2O5 + 4CaO = (CaO)4· P2O5 + 3FeO + Q, (5)
aks holda u parchalanib, fosfor uglerod bilan qaytarilib metallga o‘tishi mumkin.
2) Uglerodning oksidlanishi. Metall vanna temperaturasining ko‘tarilishi bilan uglerod shiddatli oksidlana boshlaydi:
[FeO] + [C] = CO + [Fe] - Q.
Bunda metallda erigan [FeS] shlakdagi (CaO) bilan reaksiyaga kirishib, CaS tarzida shlakka o‘tadi:
[FeS] + (CaO) = ( CaS) + [FeO]. (6)
Demak, shlakda qancha kalsiy oksidi ko‘p bo‘lib, temir oksidi kam bo‘lsa, metall oltingugurtdan yaxshiroq tozalanadi.
Temir oksididan temirning qaytarilishi. Po‘lat ishlab chiqarishda kislorod cho‘yandagi begona jinslarni oksidlash uchun zarur bo‘lsa, po‘latlarda esa kislorodning bo‘lishi uning mexanik va texnologik xossalariga putur yetkazadi. Shuning uchun po‘lat ishlab chiqarishda undagi temir oksidlardan Fe ni qaytarish muhim davr hisoblanadi. Buning uchun temirga nisbatan kislorodga yaqinroq bo‘lgan birikmalar (ferromrganets, forrosilitsiy) va alyuminiy bo‘laklari yoki ularning kukunlari vannaga ma'lum miqdorda kiritiladi:
[Mn] + [O] = (MnO) + Q;
[Si] + 2[O] = (SiO2) + Q;
2[Al] + 3[O] = [Al2O3] + Q
Bunda hosil bo‘layotgan oksidlar po‘latda erimay, osongina n SiO2 · mFeO · KMnO birikma hosil qilib shlakka o‘tadi. Temir oksididan temirni qaytarilish darajasiga qarab quyidagi hillarga ajratish mumkin: to‘la qaytarilgan, qaytarilmagan va chala qaytarilgan [7].
To‘la qaytarilgan po‘lat quymalarni olishda metall avvalo pechda ferromarganes bilan, keyin esa kovshda ferrosilitsiy va alyuminiy bilan qaytariladi. Qaytarilmagan qaynaydigan po‘lat quymalarni olish uchun esa po‘lat avval pechda ferromarganes bilan chala qaytarilib, so‘ngra qolipda uglerod hisobiga qaytariladi. Bunda metalldan ajralayotgan SO gazi aralashtirilayotganda u qaynaydi va ajralayotgan gaz pufakchalarining ko‘pi quymada qoladi, kiritish bo‘shligi bo‘lmaydi. Bunday quymalarning sifati qaynamaydigan po‘lat quymalardan pastrok bo‘ladi. Chala qaytarilgan po‘latlar ferromarganes va qisman ferrosilitsiy, ba'zan alyuminiy bilangina qaytariladi, shu sababli ular chala qaytarilgan po‘latlar deyilati. Ishlab chiqarilayotgan quymalarning 55% to‘la qaytarilgan, 40% qaytarilmagan, qolgan 5% igina chala qaytarilgan po‘latlarga to‘g‘ri keladi.
Legirlangan po‘latlar olish uchun, suyuq metall vannasiga ma'lum miqdorda toza legirlovchi metallar yoki ularning ferroqotishmalari (masalan, ferrohrom, ferrotitan) qo‘shiladi. Bunda pechga Fe ga qaraganda kislorodga yaqin bo‘lgan elementlar (masalan, Si, Mn, Al, Cr, V, Ti va boshqalar) esa metall tarkibidagi FeO dan Fe qaytarilgach yoki qaytaruvchilar bilan bir vaqtda kiritiladi.
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan po‘latlarning 16 - 18% ini legirlangan po‘latlar tashkil qiladi. Uglerodli va legirlangan po‘latlarning 1500 dan ortiq markasi bor.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish