Po‘latni qolipda qotish xususiyati bo‘yicha. Tinch, qaynovchi va yarim tinch po‘latlar farqlanadi. Metallni qolipda kristilizatsiyalanishi uning kisloroddan tozalanish darajasiga bog‘liq. Po‘lat kisloroddan qancha to‘liq tozalansa, quyma kristalizatsiyasi shuncha tinch bo‘ladi. Kisloroddan tozalanish darajasiga qarab po‘lat A,B,V guruhlarga ajratiladi. Marka nomeri 1,2,3 bo‘lsa qaynovchi, yarim tinch va tinch po‘lat tayyorlanadi. 5 va 6 nomerli markalar – yarim tinch vat inch hisoblanadi. Kisloroddan tozalash darajasini belgilash uchun po‘latning marka nomeridan so‘ng indeks qo‘shiladi: кп – qaynovchi, yarim tinch сп – tinch, masalan: Ст3пс: БСТ3кп2:
Po‘lat ishlab chiqarish usuli bo‘yicha klasifikatsiyalanadi:
Agregat turiga asosan – konvertorli (shu jumladan kislorod konvertorli, Bessemerov, Tomasov), marten, elektro po‘lat elektro shlak quyish va hokazo.
Texnologiyaga asosan – asosiy va nordon martenli, asosiy va nordon elektro po‘lat, vakuumda ishlov berilgan, sintetik shlaklar bilan inert gazlar bilan puflab tozalash va boshqalar.
Xolatiga binoan qattiq holatda (shimuvchan temir to‘g‘ridan to‘g‘ri tiklash mahsuloti), elektrolitik kukunsimon, xamirsimon, suyuq, quyma.
1.2. Po‘lat ishlab chiqarish tarixi va zamonaviy ahvoli
Elektrda po‘lat eritish sexi. 1978 – yilda foydalanishga topshirilgan ba uning tarkibida EYPE - 100 UMK turdagi 3ta yoyli po‘lat eritish pechlari mavjud, ularning hajmi 100 tonna bo‘lib, 80MVA transformator quvvatiga ega, shuningdek, 60 MVA trasformatori bo‘lgan 2 ta pechi mavjud. Po‘latga pechdan tashqari ishlov berish, pech kovsh turdagi po‘latga majmuaviy ishlov berish agregatida amalga oshiriladi.
Barcha metallni va radial turdagi uzluksiz tayyorlamalarni quyish uchta 4 oqimli mashinalarda amalga oshiriladi. Tayyorlanmalarning kesimi 250x320 mm. Sexda uglerodga boy va pas legirlangan po‘lat quyiladi. Po‘lat quyilishi bir shaklli jarayonda amalga oshiriladi. Metall ko‘pikli kranning ilmoqlariga osilgan po‘lat quyish kovshlariga chiqariladi. Po‘lat quyish kovshlari periklazo - uglerodga boy buyumlar bilan futerovka qilinadi. Sexdagi shlaklar temir yo‘l lafet vagonetkalarida hajmi 11m3 bo‘lgan shlakovnyalarda amalga oshiriladi.Sex tarkibiga shixta, pechi, quyish yo‘lakchalari, va bezak berish yo‘lakchalari kiradi. Sexda yuk ko‘tarish qobiliyati 30 /15,50/20,180/63/20 tonna bo‘lgan ko‘prik kranlari o‘rnatilgan [3].
MDH davlatlaridan Rossiya, Ukraina, Qozoqiston, Gruziya, O‘zbekistonda po‘lat quyiladi. Umuman olganda MDH davlatlari dunyo bo‘yicha eng ko‘p po‘lat quyuvchi davlat hisoblanadi. Po‘latning asosiy miqdori Rossiyada quyiladi – 1 yilda taxminan 80 mln tonna.
Po‘lat ishlab chiqarish bo‘yicha Rassiyadan keyin Ukraina – yilliga 40 mln tonna, Qozog‘iston – 12 mln tonna, O‘zbekiston – yilliga 1.2 mln tonna. Rassiyadagi eng yirik po‘lat quyuvchi korxonalar – Magnitogorsk, Kuznetsk, kombinatlaridir, O‘zbekiston da – Bekobod kombinati. Boshqa Orta Osiyo Respublikalarida po‘lat ishlab chiqarilmaydi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda 1 yilda har bir aholi boshiga 400 – 600 kg dan ko‘pro po‘lat togri keladi. MDH da har bir aholiga 1 yilda 600 kg dan tog‘ri keladi. 1994 – yilda O‘zbekistonda 400 ming tonna po‘lat quyib olingan bu Respublikamizning har bir aholisiga 20 kgdan tog‘ri keladi. Hozirgi kunda mahsulotni hajmini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash masalasi ko‘rilmoqda. Legirlangan po‘lat ishlab chiqarish takomillashtirilmoqda.
O‘zbekistonda faqat 1 ta kombinat – Bekobod metallurgiya qorametall ishlab chiqarish uchun iqtisoslashtirilgan [4]
Qora metallurgiyani rivojlantirish uchun mini zavodlarda po‘latni rudadan bevosita ajratib olishni yo‘lga qoyish kerak. Bunday usul XXI da ayniqsa O‘zbekiston uchun xarakterlidir. Chunki Toshkent viloyatining Parkent tumanida Temir rudalarining uncha ko‘p bo‘lmagan zaxiralari mavjud, temir tersak va chiqindilari zahiralari chegaralangan va nisbatan arzon yoqilg‘i tiklovchi bor. Bizning Respublikamiz uchun bunday sxemaning aktualligi shundaki, Bekobod shahrida bundey elektro pech anchadan beri ishlab turibdi.
Sexga metall chiqindilarini uzatish konteynerlarda ko‘ndalang uzatuvchi aravachalarda amalga oshiriladi. Bundan tashqari metall chiqindilarini konteyner va bostirmalarda temir yo‘l platformalar orqali uzatish uchun shixta prolyotida temir yo‘l yotqizilgan. Yo‘lakchalarda metall chiqindilarini qayta yuklanishi va bostirma savatlariga yuklanishi amalga oshiriladi. Shlakni hosil qiluvchi va ferroqotishmalar pech prolyot boylamasida joylashgan bunker estakadalariga sochiluvchan materiallar bo‘limidan konveyerlar yordamida uzatiladi.
Elektr yoyda po‘lat eritish sexi quyidagi uchatkalardan tashkil topgan.
Shixta bo‘limi.
Pechka bo‘limi.
Po‘latni qayta tayyorlash agregati bo‘limi
Po‘latni quyish jarayoni
Adyustaj bo‘limi
Shlak bo‘limi
Ohaktosh kuydirish bo‘limi
Issiq o‘tkazmas va ferrosplav ombori.
Mayda yo‘qoluvchan qo‘shimchalar ombori
10. Gaz tozalagich bo‘limi
11. Mexanika ta’mirlash bo‘limi
1. Shixta bo‘limi 3 ta yuk ko‘tarishi 10 va 25 tonnali kran, 3 ta peredatochnaya uzatuvchi aravasi, 1 ta temir yo‘lagi bilan jihozlangan. Shixta bo‘limi EYPE – 100 pechlariga zavalka va podvalkaga tayyorlash uchun mo‘jallangan. Metallom shixta bo‘limiga kaproviy sexning 4 estakadasida temir yo‘l platformalardan konteynerlarda keladi, uzatuvchi telechkalarda 3 estakadasida keladi. Badya shixta bilan yuklanib, uzatuvchi telechkalarda pech bo‘limiga jo‘natiladi.
2. 2002 – yilda o‘zbek metallurgik kombinatining (yoyli) – 100 tonnali kamonsimon po‘lat eritish pechi keyin esa EYPE – 100 UMK ishlatishga kiritilgan. EYPE – 100 UMK ning rejalashtirilgan ishlab chiqarishi yilliga 600000 ming tonna ga teng. Hozirgi kunda AKOS bilan 1 ta pech ishlatiladi. 2 ta EYPE – 100 NZA pechi to‘xtatilgan. EYPE – 100 UMK proyekti chilyabnik gipromezda tuzilgan, metallo konstruksiyalari sibemik trotermda (Novosibirsk sh) tayyorlangan, kalta to‘ri “FUKS” kompaniyasidan (Germaniya) keltirilgan, avtomatik nazorat sistemasi “ABB” kompaniyasida “Shvetsiya” tayyorlangan. Pech quvvati 96 MBA trasformator bilan jihozlangan va pech atrofiga gastorlik qurilmasi yonik sharoitda to‘liq gaz qoldiqlarini to‘la tayyorlab olish uchun mo‘jallangan. Elektr po‘lat eritish pechi EYPE – 100 UMK jami 4 dan iborat gazokislorod garelkasi bilan jihozlangan. “Langa” firmasi tomonidan tayyorlangan. Avtomatika boshqarilish yo‘li bilan to‘g’ridan to‘g‘ri gaz va kislorodni kompiyuterga ishchi kontrolyorlar (intensifikatsiyasi) eritmasida ko‘rsatiladi. Intensifikatsiya eritish bo‘yicha bergan ko‘rsatkich:
1. Eritish vaqtini qisqartirishda 90 minutdan 60 minutgacha.
2. Tok orqali elektr yo‘lagi eritish pechi ish davomi qisqartirilishi 60 minutdan 46 minutgacha.
Pech ishini ta’minkorligini yaxshilashni ko‘rsatadi. Elektr yo‘lagi eritish futerovksi yuqori toifali issiq o‘tkazmasa materiallari “Mayerten” firmasi tomonidan va shuningdek markali MTDMS – 13 A, MTDMS – 8, MTDMT – 8E, pechi futerovkassi 600 marta quyish uchun javob beradi. Inert gazi, N2 yoki Ar bilan qozonni pastki tomondan puflash yo‘li bilan jihozlangan. Yangi texnologiya po‘lat eritish EYPE – 100 UMK yaxshi ko‘rsatgich bilan eritish vaqtini tejash yo‘li bilan yaxshi ko‘rsatkich beradi. Tejash ko‘rsatkichlari: elektr tehamkorligi 380 kvt /tn gaz – 49 m3 tn. Ishllash jarayoni 1 yil davomida 600000 tonnani po‘lat eritilishini beradi. Po‘lat eritmasini quyib bo‘lgandan so‘ng. Qozonni AKOS ga yuborishadi. Po‘lat markasiga qarab qo‘shimchalar qo‘shiladi.
3. Pechdan tashqari po‘latni qayta tayyorlash (AKOS) da qozonda inert gazi bilan (azot yoki argon) orqali sifatli har hil markali po‘lat qayta tayyorlashga eritishda mahsus ko‘rsatilgan tavsiyanomasi.
Suyuq po‘latni qozondan qayta pechkaga quyishni qaytarmaslikni oldini olish uchun suyuq po‘lat xarorati 1520 0C ga to‘lib ketadi.
Suyuq po‘latni tayyor holiga keltirish va kimyoviy qo‘shilmasi bilan vaqtni tejash.
Elektro energiya ferrosplav va okakni tejash.
Po‘lat eritmasi tayyorlashda qozon pastki tomondan puflash natijasida po‘latni aralashib turishiga imkoniyati bordir.
Jizzah viloyatidan (Qaytash) joyidan keltirilgan futerovka uchun suvoq (kvarsit) yaxshi natija ko‘rsatmadi, xarorati paslashdi. Xar 1 yoki 2 po‘latni tayyorlashda 80 – 90 daqiqa ketadi. Respublikamizning tashqarisidan keltirilayotgan suyuq (kvarsit) 5 yoki 6 marta qozonga quyish natijasida 80 – 90 xaroratda chidamliligini ko‘rsatdi. EYPE – 100 UMK ishga tushirilayotganda shu suvoq orqali po‘lat eritmasini 60 martagacha qozonda 160 – 180 daqiqagacha turishi uchun imkoniyat berdi.
4. Po‘atni quyish bo‘limida MNLZ – 1,2,3 barcha uskunalar mavjud
- Qayta qozonni ta’mirlash uskunasi
- 2 ta arava qozonlar orasida
- 2 ta quritish va qizdiish futerovka jarayonida
- kristalizatorlarni ta’mirlash uskunasi
- 2 chi marotaba sovitish bo‘limi (ZBO)
- to‘gri tortish uskunasi (TPU)
Uskunalarni saqlash va qayta tekshirish, tozalash va so‘ngra pech kontorasiga sartiroprokatniy sexiga jo‘natiladi. Gaz orqali kesish uskunasi ishchi vaqtiga qaratib po‘latni kesish gaz uskunasi o‘rami 0.2 dan 1.2 min. Gaz uskunasi joydan joyga ko‘chirish mexanizm orqali bajariladi.
5. Tinimsiz quyilayotgan tayyor mahsulot 50 tonna itaruvchi uskuna devolga yuboriladi. 16 tonna kran yordamida tayyor mahsulot sex ko‘rigidan o‘tish uchun nazoratchilarga yuboriladi tekshirilgan mahsulot markirorkadan so‘ng kran orqali taxlanadi.
6. Suyuq shlak po‘lat eritmasi ishlab chiqarishda quyish bo‘limida temiryo‘l transporti orqali kontobkaga yuboriladi. Shlak artilgan aravadan elektroprivod yordami bilan qozon egilib chuqurga quyiladi. 42 x24x6 undan keyin shlak sovigach mayda bo‘laklarga parchalanib ketadi. Gretfor krani t/p 15 tonna yordamida dumkaraga yuklanib ayvonga jonatiladi. Texnik tavsiya nomasi bilan m/ k t/p 50 tonna ko‘rsatilgan.
7. Ohaktosh kuydirish bo‘limi (IOU).
Ohaktosh temiyol transport orqali (IOU) bo‘limiga chuqurga greyfer krani orqali t/p 10 tonna to‘kilib, qabul bunkeriga tushadi va ohaktosh kuydirish shixtasi pechkasiga to‘kiladi. Sutkasiga 90, 110, 120 tonnagacha ohak tayyorlab chiqariladi. Bo‘limda 2 ta pech bo‘lib tayyor mahsulot EYPE – 100 UMK pechining bunkeriga jo‘natiladi. Ohak po‘lat eritish jarayonida aloxida o‘rin ko‘rsatadi. Ohak po‘lat aralashmasida shlakni po‘latdan tozalashga yordam beradi. Ishlatish og‘irligi 50kg/tn.
8.Issiq o‘tkazmas va ferrosplav ombori 2 ta temir yo‘l va 2 ta 10 tn li kran mavjud
9. Omborda 6 ta yoki undan ortiq saqlash uchun mo‘jallangan quvurlar bor va 5 ta temir yo‘li tashkil etadi. Ularda shuningdek magnezit, kokos maydasi, kokos yong‘og‘i va omorf grafit
10. Po‘lat eritish jarayonida Gaz kamerali orqali muzlatgich bo‘limigacha yondirilib filtr orqali osmonga chiqib ketadi. Chiqib ketadigan gaz xarorati kameralardan 1700 C osmonga chiqib ketayotgan da 60 C tushib ketadi.
11. Mexanika ta’mirlash bo‘limi EPES sexiga kerakli detal ishlab uskunalarga ta’mirlash paytida qayta axamiyatga ega bo‘ladi.
Bo‘limda po‘lat bilan ishlashda stanoklar bor.
Payvandlovchi stanok
Silliqlovchi stanok
Randalovchi stanok
Teshuvchi stanok
O‘yuvchi stanok
Vallarni quyish va o‘rnatish
Kesuvchi stanok
Shuningdek bo‘limda chilangarchilik va payvand qiluvchi uskunalar bilan ta’minlangan.
Bu sexda biz quyidagi GOST lardan foydalanamiz.
1. Ferroqotishmalar.
- GOST 1415-93 bo‘yicha Fs 45, Fs 65, Fs 75 ferrosilitsiy
- GOST 4756-91 bo‘yicha ferrosilikomarganes
- GOST 295-98 bo‘yicha ikkilamchi alyuminiy
2. Shlak hosil qiluvchi materiallar.
-GOST 14-16-165-85 bo‘yicha metallurgik ohak (2-shaxtalik pechlarda ohak kuydirish usuli bilan ishlab chiqiladi.)
-GOST 29219-91 bo‘yicha plavkalovchi shpat
-prokat ishlab chiqarilgan temirli topon.
3. Tarkibida uglerod bo‘lgan materiallar
- TU-0763-199-00190437-04 bo‘yicha metalli koks
Do'stlaringiz bilan baham: |