Dasturni ishga tushirish. Paket о‘rnatilgandan keyin Windows bosh menyusiga Dreamweaver ni yuklash va unga tegishli fayllar maxsus bо‘limi qо‘shiladi. Har qanday holatda ham dasturni yuklash buyrug‘i: Pusk > Programmi > Macromedia Dreamweaver MX > Dreamweaver MX kо‘rinishida bо‘ladi.
Dasturni yuklashni bir nechta universal usullari mavjud. Bu bizga oddiy Microsoft office paketi dasturlaridan ham ma’lum.
3. Interfeys. Dastur oynasi qismlari
Interfeys deganda informatikada dasturdagi turli komponentlar va foydalanuvchi о‘rtasidagi о‘zaro aloqani ta’minlovchi vositalar va qoidalar yig‘indisi tushuniladi. Dreamweaver paketi taklif etadigan muomala usuli zamonaviy foydalanuvchi uchun odatiy bо‘lib qolgan grafik oynali interfeys prinsiplariga asoslanadi. Dreamweaver paketi о‘sha sinfdagi boshqa dasturlar bilan taqqoslaganda ancha aniq, moslashuvchan va shu bilan bir paytda kuchli interfeys hisoblanadi. Palitralar, kо‘p sonli klaviatura kombinatsiyalari va menyu qatori uning asosiy «tashuvchi loyihalari» hisoblanadi. Barcha operatsiyalar tо‘xtatilgach ekranda qoladigan oynalarni palitralari (Palette) yoki panellar (panel) deb atash qabul qilingan. Ekranning maxsus ajratilgan pozitsiyalarida emas, balki ixtiyoriy joyida joylasha oladigan oynalar kо‘chib yuruvchi palitralar (floating plette) deb ataladi. Dreamweaver dasturi muloqot oynalarining kо‘pchiligi kо‘chib yuruvchi palitralar kо‘rinishida ishlaydi.
Palitralar va panellar orasidagi kichik farqlar dasturni tavsiflash uchun sezilarli ahamiyatga ega emas. Shuning uchun kelgusida bu atamalarni sinonimlar sifatida qо‘llaymiz.
1-rasmda tо‘rtta ochiq muloqot oynali dasturning tashqi kо‘rinishi kо‘rsatilgan. Boshqaruvning eng talab qilinuvchi vositasi sо‘zsiz, Properties inspector (xossalar inspektori) palitrasi hisoblanadi. Uning yordamida HTML sahifalarida obyektlarni formatlash va HTML sahifasidagi obyektlarni tahrirlash bо‘yicha kо‘plab amallar bajariladi. Behavieros (rejimlar) palitrasi – bu moduli kо‘chib yuruvchi palitraga misol bо‘ladi. Dreamweaver dasturi turli loyiha masalalarini hal qilishga mо‘ljallangan unga yaqin shunga о‘xshash obyektlarga ega.
1-rasm. Dastur oynasining tashqi kо‘rinishi
Rasmda ikkita oddiy modulli Layers va History palitralardan iborat bо‘lgan terma palitraga misol keltirilgan. Objekts palitrasi tashqi obyektlar: rasmlar, jadvallar, qatlamlar freymlar va boshqa obyektlarni qо‘yish uchun mо‘ljallangan. Rasmda kо‘rsatilgan boshqa barcha boshqaruv elementlari hujjat oynasining ajralmas tashkil etuvchi qismi hisoblanadi. Texnik tizimlarning ishonchli ishlashi, dasturiy mahsulotlari interfeyslarining qulayligi asosida tо‘g‘ri tashkil qilingan. Dreamweaver paketi formatlash va tahrirlashning deyarli barcha asosiy buyruqlari uchun amalga oshirishning bir necha xil usullarini taklif etadi. Keng formatli ekranlarning omadli egalari ularni palitralar va panellar yordamida bajarishlari mumkin. Bundan mahrum foydalanuvchilarga esa dastur menyu qatori buyruqlarini va klaviatura tugmalari kombinatsiyalaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |