Palitra va tez yuklanadigan panel
Tez ishga tushirish palitrasi (Launcher) – bu asosiy muloqot oynalari va dasturlar panellarini ekranga chiqarish uchun mо‘ljallangan yordamchi, xizmatchi palitra. Palitrani aks ettirish uchun Windows > Launcher (Okno > Tez ishga tushirish palitrasi) buyrug‘ini bajarish kerak. Bu buyruqning takroran bajarilishi palitrani ekrandan olib tashlaydi.
Palitraning Launcher (tez ishga tushirish) tugmasini bosish natijasida ekranga shu nomdagi muloqot oynasi chiqadi. Buyruq tugmasini takroran bosish agar ochilgan palitra ekranning oldingi qavatida joylashgan bо‘lsa, uni yopadi. Agar faol palitra hech bо‘lmaganda qisman boshqa obyektlar bilan tо‘silgan bо‘lsa, u oldingi qavatga о‘tadi.
Palitra yettita eng kо‘p talab qilinadigan dastur komponentlarining tez ishga tushirish tugmalarini birlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |