Faqatgina eng oddiy gipermatnli hujjatlar о‘zida bog‘lanish bо‘yicha boshqa hujjatlarga о‘tuvchi buyruqlar biriktirilgan gipermatnli fragmentlarni birlashtiradi. Ammo kо‘pchilik zamonaviy HTML sahifalari multimedialashib bormoqda. YA’ni ularning tarkibiga quyidagi tashqi obyektlar kiradi: multimediali fayllar, ijro etish vositalari, kartinkalar, animatsiya fayllari va boshqalar.
Objects (Palitra obyektov) palitrasi ana shunday tashqi obyektlarni yaratish va qо‘yish uchun xizmat qiladi. Bu palitrani ekranga chiqarish uchun Window > Objects (Okno > Obyekti) buyrug‘ini bajarish kerak. Xuddi shu buyruqni klaviaturadan CTRL +F2 tugmalar kombinatsiyasini bosish bilan ham berish mumkin. Bu buyruqni takror berish palitrani ekrandan olib tashlaydi.
6-rasm. Obyektlar palitrasi
Palitra yettita nomdagi qismlardan iborat. Bular Characters, Common, Forms, Frames, Head, Invisibles, Special.
Do'stlaringiz bilan baham: |