Mavzu: Dori-darmonlarini organizmga kiritish usullari.
REJA
Tashqi - dori moddalarni teri qoplamlari, shilliq pardalar yoki
nafas yo’llari orqali kiritish:
Ichki (enteral) usul-og’iz yoki to’g’ri ichak orqali dorilarni
kiritish.
Parenteral usul-dori moddalarni in’yeksiya qilish yo’l bilan
teri orasiga, teri ostiga, muskul orasiga, vena ichiga va orqa miya kanaliga yuborishdir.
Nazariy tushuncha. Dori moddalarni og’iz orqali, to’g’ri ichak orqaliva til tagiga qo’yib organizmga kiritish usuliga ichki (enteral) usul deb ataladi.
Dorilarni ichki (enteral) usulda yuborish eng ko’p qo’llaniladi. Bu usulning afzalligi shundaki, u sodda dorilarni turli shakllarda har qanday sharoitda nosteril xolda kiritish mumkin. Kamchiliqlariga esa dorining sekin surilishi, dorining me’da va ichak ta’sirida qisman parchalanib ketishi, surilish tezligi va suriladigan dori dozasining ma’lum ekanligi kabilar kiradi.
Og’iz orqali dorilarni tabletkalar, draje, kukun dori, pilyulalar, damlamalar, ekstraktlar va boshqalar ko’rinishida kiritiladi.
Dorilarni tug’ri ichak orqali kiritishning afzalligi shundaki ular tez so’riladi va dozasi aniq bo’ladi. Dori fermentlar ta’siriga uchramaydi. Bu usul og’iz orqali qabul qilmaydigan (qusadigan, qizilo’ngachga ovqat tutilib qolganda, yuta olmaganda, xushsiz yotganda, ruxiy xastaliklarda) qo’l keladi.
To’g’ri ichakka yuborish uchun shamchalardan va dorili xuknalardan foydalaniladi.
Til ostiga qo’yiladigan dori tez suriladi, hazm fermentlari ta’sirida parchalanmaydi, jigarni chetlab o’tib, umumiy qon o’zaniga to’shadi. Nitrogletsirin, validol va boshqa dorilar shunday qabul qilinadi.
Dori — kasalliklarni davolash yoki oldini olish uchun ishlatiladigan modda. Har qanday Dori ni odamlarga qoʻllashdan oldin hayvonlarda sinab koʻriladi va klinikalarda kuzatiladi. Dori lar kimyo-farmatsevtika zavodlarida sintetik moddalardan, oʻsimlik, hayvon yoki mikrobiologik mahsulotlardan, tez buziladigan ayrim Dori lar esa dorixonalarda tayyorlanadi. Dori lar turli xilda, mas, suyuq (qaynatma, tindirma, eritma, suspenziya va boshqalar), yumshoq (surtma, liniment, krem, pasta va boshqalar), qattiq (sochma, tabletka, draje, granula va boshqalar) hamda alohida inʼyeksiya maqsadlari uchun ampula holida chiqariladi.
Taʼsiriga koʻra, yurak Dori lari, surgi, siydik haydaydigan, ogʻriq qoldiradigan, issiq tushiradigan, narkotik, uyqu keltiradigan va boshqa Dori lar boʻladi. Bevosita kasallikning qoʻzgʻatuvchisiga taʼsir qiladigan Dori lar alohida guruhni tashkil etadi, bularga bezgak, zaxm, silga qarshi va boshqa Dori lar kiradi. Ular kimyoviy terapevtik vositalar deb ataladi. Dori larning shifobaxsh taʼsiri bemorning yoshi, ahvoli va dozata bogʻliq. Katta doza organizmni zaharlashi, kam doza esa kasallik qoʻzgʻatuvchisini oʻsha Dori ga chidamli qilib qoʻyishi mumkin. Shuning uchun Dori ni faqat vrach buyurgan dozada qabul qilish kerak.
Dorilar sirtga ishlatiladi, ichiriladi, nafas yoʻli orqali yuboriladi va inʼyeksiya qilinadi. Ularning kuchi, taʼsiri organizmga qay yoʻl bilan va qanchalik tez kiritilishiga bogʻliq. Baʼzi Dori lar takror yuborilganda organizmda toʻplanib taʼsir etadi (qarang Kumulyasiya). Dorini koʻrkoʻrona qabul qilish yaramaydi, chunki koʻp kasalliklar belgisi bir-biriga oʻxshaydi, uning uchun keraksiz Dorilarni qabul qilish sogʻliqqa zarar yetkazadi. Organizmga kirgan Dorilar qisman parchalanadi va oʻzgaradi, keyin buyrak, hazm va nafas yoʻllari, ter va boshqa orqali chiqib ketadi.
Dorilar uyda bolalarning boʻyi yetmaydigan joyda saqlanishi kerak. Har bir Dorini yaroklilik muddati yorligʻida qayd qilinadi, belgilangan mudsatdan uzoq saqpanganda taʼsirini yoʻqotadi. Keyingi yillarda xorijdan keltirilgan Dorilar xili bir kadar ortdi, shu bois uni faqat vrach maslahati bilan qabul qilish zarur.
DORI MODDALARNI PARENTERAL YUBORISH
Do'stlaringiz bilan baham: |