Mavzu: Doimiy xotiradagi ma’lumotlarni tartibga solish



Download 23,96 Kb.
Sana27.09.2021
Hajmi23,96 Kb.
#186609
Bog'liq
Компютер тезлигини оширишнинг 5 йўлини ўрганинг


Mavzu: SHK larni keraksiz dasturlardan tozalash

Mavzu: Doimiy xotiradagi ma’lumotlarni tartibga solish.

Mavzu: Defragmentatsiya qilish.

1,Defragment yoki kompyuterning qattiq diskini defragmentatsiya qilish

2. Sizga kerak bo‘lmagan fayllarni o‘chirib tashlang!

3. Programmalarning avtomatik ishga tushishi oldini oling!

4. Virus va zarar keltiradigan dasturlardan qutuling!

5. Veb-applikatsiyalardan foydalaning!

Kompyuter tezligini oshirishning 5 yo‘lini o‘rganing!

"Axir bu kompyuterni yaqindagina sotib oluvdim-ku! Nega bir programmani buncha uzoq vaqt ochadi bu?", deya xunob bo‘layapsizmi?

Aslida yaxshilab eslab ko‘ringchi, necha yil bo‘ldi yangi kompyuteringizni sotib olganingizga?

Agar siz axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis bo‘lmasangiz, lekin kompyuteringizni almashtirish niyatingiz bo‘lmasa, BBCUzbek sizga kompyuteringiz tezligini oshirishning bir necha sodda yo‘lini o‘rgatadi

Siz balki defragmentatsiya so‘zining ma’nosini bilmassiz, lekin defragmentatsiya degan amal kompyuterning faoliyat yuritishi uchun qanchalar muhim ekanini tushunsangiz hayratga tushishingiz tabiiy.

Agar mashinangizning sekinligi rosa jig‘ingizga tegayotgan bo‘lsa, keskin bir hatti-harakat qilishdan oldin ushbu besh qadamni qo‘yib ko‘ring!

Vaqt o‘tishi bilan har qanday zamonaviy qattiq diskning ishlash tezligi pasayib qoladi. Bunga disk ichida fayllar to‘planib qolgani sabab bo‘ladi. Odatda qattiq diskka fayllar yozib olinadi va o‘chirib tashlanadi. Buning natijasida har yil fayllarning har xil fragmentlari yoki bo‘laklari qattiq diskning har xil qismlarida saqlanib qolib ketadi. Bunday holat esa siz qidirgan faylni topish va uni ochishga sarflanadigan vaqt cho‘zilishiga olib keladi.

Disk to‘lib ketishi oldini olishning oson yo‘li - fayllarni turiga qarab turli qutilarda saqlashni odat qilish. Bunda siz qattiq disk xotirasidagi bo‘sh joyni ko‘paytirish bilan birga o‘zingizga kerakli faylni qidirib topishni ham osonlashtirasiz.

Defragmentatsiya qilish qiyin ish emas. Buni siz uchun maxsus programmalar bajarib berishadi. Misol uchun Smart Defrag 3 (Microsoft Windows 8.1 uchun) yoki iDefrag (Apple’s OS X uchun)

2. Sizga kerak bo‘lmagan fayllarni o‘chirib tashlang!

Bugungi kunda qattiq diskning 200 GB joyini bir zumda to‘ldirib qo‘yish mumkin. Va qattiq disk to‘lib borgan sari kompyuterning siz bergan "komanda"ni bajarishi ham mushkullashib boraveradi.

YAngi kompyuter sotib olishdan oldin uydagi eskining xotirasini defragmentatsiya qilib ko‘ring!

Balki sizning kompyuteringiz xotirasida juda ko‘p joyni egallab yotgan, ammo sizga zarur bo‘lmagan eski fayllar bordir.

Balki bu fayllarning borligi sizning yodingizdan ham chiqib ketgandir.

Hozir qaerda qanday eski fayl saqlanayotgani topib beradigan programmalar ham ko‘p.

Misol uchun SpaceSniffer yoki WinDirStat dasturlari xotirani eng ko‘p egallab turgan fayllarni osonlik bilan topib berishda yordamlashadi.

Agar siz OS X ga asoslangan Mac dan foydalanayotgan bo‘lsangiz, sizga yanada oson. Kompyuterning Finder(Topuvchi) funksiyasini ishga solib, qattiq diskdagi har qanday applikatsiya yoki programma, fayl, papka yoki DVD drayvlarini topish mumkin. Bu erdan siz o‘z fayllaringizni tartibga solishingiz, zarur bo‘lmagan har har narsani o‘chirib tashlashingiz mumkin.

3. Programmalarning avtomatik ishga tushishi oldini oling!

Balki kompyuteringiz ichida siz borligini esdan ham chiqargan ko‘p xotirani egallab yotgan fayllar bordir?

Bu kompyuteringizni endi qo‘shgan vaqtingizda tez ishlab ketishi uchun zarur amaldir.

CHunki kompyuterni ishga tushirishingiz bilan ko‘plab applikatsiya va dasturlar ham ishga tushib ketadi. Biroq ularning hammasi ham aynan hozir sizga kerak emas-ku, to‘g‘rimi?

Kompyuter qo‘shilishi bilan qaysi programmalar ishga tushib ketishini aniqlab olish qiyin emas.

OS X dasturida Activity Monitor va Windowsdagi Task Manager sizga hozir qaysi programmalar ishlab turganini ko‘rsatadi. Agar qo‘lingiz ostidagi Mac bo‘lsa, System Preferences yoki Sistemnыe nastroyki bo‘limiga boring, undan Users and Groups yoki Guruhlar va foydalanuvchilar papkasiga borib, qaysi protsessni to‘xtatmoqchi bo‘lsangiz, to‘xtating.

Agar PC dan foydalanayotgan bo‘lsangiz, undagi Autorunni ishga solib avtomatik ishlab ketadigan programmalarni nazorat qilishingiz mumkin.

4. Virus va 'malware' - zarar keltiradigan dasturlardan qutuling!

Ayrim odamlar kompyuteriga antivirus o‘rnatmaydi. Nega desab so‘rasangiz, "antivirus" ko‘p xotirani egallaydi, ayniqsa, eski kompyuterlarning ko‘p kuchini tortib oladi, deb javob beradilar.

Kompyuter bilimdoni bo‘lmaganning esa bexavotir bo‘lishi uchun antivirusni kompyuteriga o‘rnatgani yaxshi.

Antivirusni kompyuterdan nima maqsadda foydalanayotganingizga qarab tanlang!

Siz kompyuterdan qanday maqsadda foydalanishingizdan kelib chiqib antivirus dasturiy ta’minotini tanlashingiz mumkin. Kompyuterning kam xotirasini egallaydigan va kam quvvatini talab qiladigan antiviruslar sirasiga Microsoft Security Essentials, Panda Cloud y Aviralarni kiritish mumkin. PC lar uchun mo‘ljallangan antiviruslarning ro‘yxati esa rosa uzun.

Mac kompyuterlari virusni yuqtirmaydi, degan fikr tarqalganiga qaramasdan, agar Apple kompyuteringiz sekin ishlab qolgan bo‘lsa, ehtiyot bo‘ling. Bepul Avast yoki Sophos antiviruslari bilan kompyuterni tekshirib oling!

5. Veb-applikatsiyalardan foydalaning!

YAna bir maslahat, sizga nimaiki kerak bo‘lsa, hammasi Google Docs, Adobe’s Buzzword yoki Zoho yoki Peepel ichidan topilsa, siz o‘zingizning kompyuteringiz uchun Office ni sotib olib, kompyuteringizga o‘rnatishingiz shartmi?

Bugungi kundagi brauzerlar ichidagi veb-applikatsiyalar deyarli barcha ishni bajaradi.

Veb-applikatsiyalar ikki jihati bilan afzal: ham engil ishlaydi va ham qattiq diskda ko‘p joyni egallamaydi.



Mana shu besh maslahatni qilib ko‘ring va ana undan keyin kompyuteringiz tezligini tekshiring!

Ana shunda ham tezroq ishlamasa, mutaxassisni chaqirish yoki yangi kompyuterga chiqim qilish ustida bosh qotirishga to‘g‘ri kelar.
Download 23,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish