Mavzu: diversifikatsiyalangan portfelni matrisa taxlilidan foydalanib baholash uslubiyoti



Download 140,46 Kb.
bet1/7
Sana27.05.2022
Hajmi140,46 Kb.
#612022
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
diversifikatsiya 2



MAVZU: DIVERSIFIKATSIYALANGAN PORTFELNI MATRISA TAXLILIDAN FOYDALANIB BAHOLASH USLUBIYOTI

MUNDARIJA


KIRISh.......................................................................................................... 2


ASOSIY QISM
1. Strategik menejmentda diversifikatsiya tushunchasi…………………………………......................................................4
2. Diversifikatsiyaning umumiy xususiyatlari.....................................................8
3. Diversifikatsiyalangan korxonaning strategiyasini aniqlash….............................................................................................................12
4. Matritsali tahlil yordamida diversifikatsiyalangan portfelni baholash……………………………………………....................................14
5. “Qirol - Savdo” korxonasini savdo strategiyasi parametrlari bo‘yicha diversifikatsiyalash........................................................................................32
Xulosa............................................................................................................34
Foydalanilgan adabiyotlar..............................................................................36
Ilovalar............................................................................................................39

KIRISh
Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish,


erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asoslangan va chuqur o‘ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli to‘siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi. Integratsiyalashgan global iqtisodiy makonning uzviy bir qismi sifatida O‘zbekiston jahon iqtisodiy inqirozining tobora kuchayib borayotgan salbiy oqibatlarini his etayotgani va bundan keyin ham his etishini yaxshi tasavvur qilish mumkin.
Hozirgi vujudga kelgan vaziyatda butun dunyoda firmalarni xalqaro
boshqarish bo‘yicha menejerlarga talab oshib bormoqda. Shuningdek, agar bir
necha yil ilgari tashqi iqtisodiy faoliyat bilan faqat yirik kompaniyalargina
shug’ullanadi degan fikr mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda hatto kichikroq
firmaning zamonaviy rahbar-menejeri uchun ham uning milliy ko‘lamdagi
faoliyatining predmetlarini bilish endi yetarli emas. Jahon iqtisodiyoti jadal
rivojlanib borayotgan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning globallashuvi (jahon
iqtisodiyotining bir butun yagona o‘zaro bog’liq tizim sifatida amal qilish
jarayoni) va erkinlashtirilishi ta’siriga bog’liq bo‘lgan zamonaviy sharoitda
xo‘jalik faoliyatining baynalmillashuvi butun jahonda har bir menejerning kasbiy tayyorgarligiga yangi talablar qo‘ymoqda. Ishlab chiqarish, sotish va ta’minlash bozorlari davlat chegaralaridan hatlab o‘tmoqda. Iste’molchi uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi aniq firma, u joylashgan mamlakatga qaraganda ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Firmaning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun rahbar o‘z firmasining bevosita iqtisodiy muhitini bilish bilan bir qatorda jahon bozoridagi ahvoldan ham xabardor bo‘lishi zarur. Informatika, axborot
texnologiyalari va transport vositalari sohasidagi yutuqlar davlatlar o‘rtasidagi
masofalarni qisqartirmoqda. Shuning uchun menejer firmaning ichki va tashqi
iqtisodiy aloqalarining zamonaviy shakllari, ularning birlashuvi haqidagi
bilimlarga ega bo‘lishi va o‘z firmasi faoliyatining samaradorligini oshirish
uchun ulardan to‘g’ri foydalana olishi kerak.
Global ko‘lamli mutaxassislar tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi bilan
shug’ullanayotgan firmalar uchun ham zarur hisoblanadi. O‘zbekistonda xo‘jalik sub’yektlari tashqi iqtisodiy faoliyatining kengayishi va MDH mamlakatlari kompaniyalari bilan qo‘shma korxonalar tashkil qilishga qiziqishning kuchayishi natijasida global menejer mentalitetiga ega rahbarlarga ko‘proq ehtiyoj vujudga kelmoqda. Bunday rahbar firmaning faoliyati qiyinlashganda xalqaro aloqalarni kengaytirish orqali muammolarni hal qilish yo‘llarini izlaydi va quyidagilarni maqsadga muvofiq deb topishi mumkin:
- raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish maqsadida (marketing konsepsiyasidan kelib chiqib) texnologik va uskunalarni zamonaviylashtirishni
jadallashtirish uchun xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilish;
- iste’molchilar doirasini kengaytirish va jahon bozoriga o‘z mahsuloti bilan
chiqish uchun xususiy va davlat kompaniyalari bilan firmalararo kooperatsiyani
amalga oshirish;
- mintaqaviy ma’muriyat yordamida sarmoyadorlar uchun jozibali sharoitlar
yaratish;
- korxona ishiga milliy va xorijiy sheriklar bilan to‘g’ri kontraktlar tuza
oluvchi huquqshunoslarni jalb qilish;
- korxona ixtisoslashuvi sohasida ilmiy-texnik taraqqiyot haqidagi axborotni muntazam olish va o‘zining ilmiy-texnik va konstruktorlik bazasini rivojlantirish
uchun milliy va xorijiy tadqiqot markazlari va universitetlarini jalb qilish;
- qiziqish bildirgan xalqaro iqtisodiy va ilmiy-texnik tashkilotlar bilan ishbilarmonlik munosabatlarini o‘rnatish.
«Xalqaro menejment» fanining vazifasi — jahon bozorida milliy va xalqaro
kompaniyalar strategiyasini, integral (birikma) xalqaro texnologiyalarni qo‘llash
orqali ishlab chiqarishni baynalmilallashtirish imkoniyatlarini, xorijiy an’analar,
madaniy xususiyatlar va qabul qilingan standartlarga moslashish usullarini o‘rganishdan iboratdir. Natija sifatida esa global ko‘lamdagi tafakkur, falsafa va
psixologiyani hamda chet elda tadbirkorlik faoliyati sharoitlariga tez moslashish
ko‘nikmalarini egallash qabul qilinadi.


  1. Download 140,46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish