2.Diqqatning fiziologik asoslari.
Miya po‘stlog‘ida diqqatning ko‘chib yurishi xuddi katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi ikki jara yon qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonini esla tadi. Agar odam ning diqqati biron-bir narsaga qaratilsa, demak bu ham unda, miya po‘slog‘ida qo‘zg‘alish o‘chog‘i maydonga kelganidan dalolat beradi. Bu paytda miyaning boshqa uchastkalari tormozlangan holatda bo‘ladi. Shu sababli odam ishga qattiq be rilib ketganda boshqa narsani payqamasligi mumkin. I.P. Pavlov aytganidek, katta yarimsharlarning optimal qo‘zg‘alish sodir bo‘lib turgan uchast kasida yangi shartli bog‘lanishlar osonlik bilan yuzaga keladi. Ayni chog‘da miyadagi boshqa uchastkalarning faoliyati esa odamning odatda ongsiz, avtomatlashgan deb ataluvchi faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi.Diqqatning paydo bo‘lishida oriyentirovka ref leksi katta rol o‘ynaydi. Bu ref leks organizmning tevarak-atrofdagi har qanday o‘zgarishiga tug‘ma reaksiyadan iboratdir. Bu ref leks odamlarda ham, hayvonlarda ham bor. Xona ichidagi eshitilayotgan tovushga odam ham, mushuk ham qaraydi. Dars paytida sinf eshigining taqillashi. Bu ref leksni Pavlov obraz li qilib «Bu nima?» deb ataydi. Diqqatning fiziologik asosi hisoblanmish oriyentirovka ref lek sining paydo bo‘lishiga retikular formatsiya, analizatorlar (sezgi organlari) shart-sharoit yaratadi. Boshqacha qilib aytganda, har daqiqada organizmda turli narsalarning ta’siridan hosil bo‘lgan qo‘zg‘alishlarga nis batan oriyentirovka yoki tekshirish ref leksini hosil qilgan narsaning ta’siridan yuzaga kelgan qo‘zg‘alish kuchli bo‘ladi. Demak, oriyentirovka ref leksi ayni chog‘da kuchli (ya’ni optimal) qo‘zg‘alish manbaini keltiradi.Bosh miya yarimsharlarining po‘stida yuzaga keladigan kuchli, ya’ni optimal qo‘zg‘alish manbai uzoqroq saqlanib turadigan, mustahkam qo‘zg‘alish bo‘ladi. Optimal qo‘zg‘alish manbai hosil bo‘lganda induksiya qonuniga ko‘ra, bosh miya po‘stining boshqa joylarida tormozlanish vujudga keladi. Natijada optimal qo‘zg‘alish manbaining roli yana ham ortib ketadi. Ana shu nuq tayi nazardan akademik I.P. Pavlov diqqatning fiziologik asosini bosh miya po‘sti qismidagi optimal qo‘zg‘alish manbai tashkil qiladi, deb juda to‘g‘ri aytgan. «Miya yarimsharlarining optimal qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan qismida,– deydi I.P. Pavlov, – yangi shartli ref lekslar yengillik bilan hosil bo‘ladi… Shunday qilib, optimal qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan joyni ayni chog‘da bosh miya yarimsharlarining ijodga layoqatli qismi desa bo‘ladi. Miya yarimsharlarining sust qo‘zg‘algan boshqa qismlari bunday xususiyatga qobil emas. Ularning ayni chog‘dagi funksiyasi, juda nari borganda, tegishli qo‘zg‘ovchilar asosida ilgari hosil qilingan ref lekslarni bir tartibda qayta tiklashdan iboratdir».A.A. Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantalik prinsipi ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantalik prinsipiga muvofiq miyada qo‘zg‘alishning har doim ustun turadigan hukmron o‘chog‘i ayni shu damda miyaga ta’sir etib, unda yuzaga kеlayotgan hamma qo‘zg‘alishlarni qandaydir ravishda o‘ziga tortib oladi va bu ning natijasida boshqa qo‘zg‘alishlarga nisbatan uninghukmronligi yanada oshadi. Odatda dominanta subdominantaga, subdominanta esa dominantaga o‘tib turadi. Bu esa diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga ko‘chib turishining nеrv-fiziologik mеxanizmini tashkil etadi. Ko‘rinib turibdiki, I.P. Pavlov bilan A.A. Uxtomskiy ta’limotlari bir-biriga qarama-qarshi emas, balki mazmun jihatidan o‘xshashdir. Demak, oriyentirovka yoki tekshirish ref leksi miya yarimsharlarining po‘stlog‘ida optimal qo‘zg‘alishni yuzaga keltiruvchi omillardan biridir. Oriyentirovka ref leksi esa odam uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ya’ni odamning ehtiyojlari va qiziqishlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan narsalar ning ta’siri tufayli yuzaga keladi. Bu ref leksini yuzaga keltirishda bevosita qo‘zg‘atuvchilardan tashqari so‘zning, nutqning ham roli g‘oyat kattadir. Bolalarning diqqati katta odamlar tomonidan aytilgan so‘zlar orqali jalb qilinadi. Demak, optimal qo‘zg‘alish manbaini so‘zlar orqali ta’sir etib ham yuzaga keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |