Mavzu: Diktant yozish, tinglab aniqlash



Download 26,15 Kb.
bet1/3
Sana11.03.2022
Hajmi26,15 Kb.
#490891
  1   2   3
Bog'liq
diktant


Mavzu:Diktant yozish, tinglab aniqlash
Diktant (lot. dicto — aytib turib yozdiraman) — oʻquvchilarga imlo va tinish belgilariga doyr qoidalarni oʻrgatishda hamda bu qoidalar yuzasidan hosil qilingan malakani tekshirishda qoʻllaniladigan yozma ish. Taʼlimiy va nazorat turlari bor. Taʼlimiy D. qanday oʻtkazilishiga qarab ogohlantiriladigan, izohli va tushuntiriladigan D.larga boʻlinadi. Ogohlantiriladigan D.da imlo va tinish belgilari matn yozishdan oldin, izohli D.da matnni yozish jarayonida, tushuntiriladigan D.da notanish soʻzlar matnni oʻquvchilar yozib boʻlganiga qadar, imloviy belgilar esa matn yozib boʻlingach tushuntiriladi. Taʼlimiy D.ning tanlab olinadigan, ijodiy, erkin va oʻz-oʻziga D. turlari bor. Nazorat D. oʻquvchilar bilimini tekshirishga xizmat qilib, katta taʼlimiy ahamiyatga ega, chunki bunda oʻquvchilar mavjud bilim va koʻnikmalarini ishga soladilar. Nazorat D.da oʻquvchilarning savodxonliklari ham baholanadi.
Diktant eshitib idrok qilingan so’z, gap, matnni yozishdir. O’quvchilarning og’zaki yozma nutqini o’stirishda, savodxonligini oshirishda diktantning ahamiyati katta. O’quvchi diktant yozish jarayonida xato qilmaslikka harakat qiladi. Xato qilmaslikularningfonetik, leksik va grammatik bilimlarni qay darajada o’zlashtirganliklariga bog’liq bo’ladi. Imlo qoidalari grammatik hodisalar bilan bog’liq bo’ladi. Demak, savodli diktant yozish uchun o’z navbatida grammatik qoidalarni ham bilish zarur.
Diktantlar maqsadiga ko’ra ikki xil bo’ladi:
1. Ta’limiy diktantlar – bilim berishga yo’naltirilgan diktantlar.
2. Tekshiruv diktantlari – o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishga qaratilgan diktantlar.
Ta’limiy diktantlarni o’tkazish vaqtini, o’rnini, turini o’qituvchining o’zi belgilaydi. Ta’limiy diktantlar uchun darsning ma’lum bir qismi (5-10 daqiqasi), ba’zan bir dars ajratiladi. Bu diktant o’quvchilar bilimini mustahkamlash maqsadida o’tkaziladi. Ta’limiy diktantda o’qituvchi o’quvchilarga o’rgatilayotgan hodisaning imlosini bir necha tahlil usullaridan foydalanib tushuntiradi, o’quvchilar so’zlarni to’g’ri yozishlariga ishonch hosil qilgach, uni yozishga ruxsat beradi. Har qanday yo’l bilan xatoning oldini olish chorasi ko’riladi. Masalan, 1-sinfda a va o unlilari o’rganilayotgan darsda bo’g’in-tovush, tovush-harf tahlili o’tkaziladi. Baho, bahor so’zlarining birinchi bo’g’inida a harfi yozilishini o’quvchilar bilib olgach, o’quvchilardan biri shu so’zlarni xattaxtaga yozadi. So’ng so’z o’chirib tashlanadi, shundan keyin aytib turib yozdiriladi. Tekshiruv diktantida yaqinda yoki ilgari o’rganilib, mashqlar bilan mustahkamlangan qoidalarni o’quvchilar qay darajada o’zlashtirganliklari aniqlanadi. Tekshiruv diktanti biror bo’lim o’rganilgandan so’ng yoki chorak oxirida o’tkaziladi. Tekshiruv diktanti o’quv yili davomida 5-6 marta o’tkaziladi. Diktantning bu turida yo’l qo’yilgan xatolar chuqur tahlil qilinadi, ularni bartaraf qilish usullari belgilanadi. SHu jihatdan tekshiruv diktantining ta’limiy ahamiyati katta. Imloviy mashq sifatida diktantning xilma-xil turlaridan foydalaniladi.

Download 26,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish