Bola nutqini rivojlantirish bu eng avvalo, egallash uchun til qobilyatini shakllantirishni talab qiluvchi muloqat shakllarini rivojlantiruvchi demakdir. (A.A.Leont’ev)
V.I.Loginova, Y.S.Lyaxovskaya, V.V.Gerbova, YE.M.Strunina va boshqalarning tadqiqotlarida bolalar ona tili leksikasini о‘zlashtirib olishlarining о‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarning lug‘atni о‘zlashtirishlarida ikki jihat ajratib kо‘rsatilgan:
lug‘atni til birligi sifatida о‘zlashtirish. Ular predmetli aloqalar va munosabatlar mantig‘ida ham, til mantig‘i borasida ham sо‘z ustida ishlash zarurligini isbotlab berishgan.
Insonning yana bir о‘ziga xos xususiyati, о‘ziga xos insoniy ehtiyoji mavjud, bu – boshqa odamlar bilan muloqotga ehtiyojmandlik, «emotsional muloqotga ehtiyojmandlik»dir (K.Obuxovskiy). Aynan shu ehtiyoj tufayli dastlab til paydo bо‘lgan. Muloqotga ehtiyojmandlik doimo tilni egallashga olib keladi. Bolaning sо‘zlashni о‘rganishining sababi shuki, unga kattalar bilan birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishga tо‘g‘ri keladi, buning uchun esa bolaning unga nimalar deyishayotganliklarini tushunishi va о‘zi ham sо‘zlashi lozim. Bu о‘rinda «tilning uch sifati» (tajribani jamlash va sintez qilish – fikrga jamlash – muloqotni amalga oshirish) haqida sо‘z yuritish mumkin (V.A.Zveginsev). Tilni tadqiq qilish mustaqil, umumilmiy qiziqishdan tashqari kо‘plab dolzarb amaliy vazifalarni hal etishda ulkan ahamiyatga egadir.
• Turli yosh bosqichlarida bо‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish xususiyatlarini kо‘ra olish va tushunish qobiliyatini shakllantirish;
• Nafaqat bola yoshini, balki uning о‘ziga xos xususiyatlarini ham hisobga olgan holda uning nutqiga ta’sir kо‘rsatish va u bilan hamkorlik qilishning eng samarali yо‘lini tо‘g‘ri tanlashni о‘rgatish hamda olingan natijalarni tahlil qilish;
• Bolalar nutqining turli qirralarini rivojlantirishning aniq metodlari va usullariga doir bilimlar hamda ularning didaktik nutqiy muloqot vaziyatlarida qо‘llash о‘zlashtirilishini ta’minlash;
• Metodik qо‘llanmalarni tanqidiy tahlil qilishga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalar nutqiga ta’sir kо‘rsatish borasida о‘zining orginal usullari va yо‘llarini
yaratishga intilishni rag‘batlantirish.
Nutqiy rivojlanishning ilk xilida bolaning maxsus о‘qitilmasidan turib hikoya qilishi 4-5 yoshlarda paydo bо‘ladi. Bolalar sehrli ertaklarni bir-birlariga aytib beradilar, о‘yinchoqlar yordamida о‘zlari ham original voqelarni tо‘qiydilar. Agarda bola yetti yoshda an’anaviy tanish ertakni mustaqil aytib bera olsa, о‘yinchoqlar, suratlarga qarab kichik og‘zaki hikoya tuza olsa – bu normal holat hisoblanadi.
Badiy adabiyot va xalq og‘zaki ijodiyotiga oid asarlar, shu jumladan kichik folklor janrlari (maqollar, matallar, topishmoqlar, tez ytishlar, sanoq she’rlar va boshq) bolalar nutqining ifodaliligini rivojlantirishning eng muhim manbalari hisoblanadi.Badiiy adabiyot va xalq og‘zaki ijodiyoti – bu inson hayotining birinchi yilidan boshlab unga hamroh bо‘ladigan san’at turlaridir.
Nutqning barcha jihatlarini rivojlantirish bolaning turli janrlarda – ertaklar, hikoyalar tuzish, she’r tо‘qishda namoyon bо‘ladigan mustaqil sо‘z ijodkorligi rivojlanishiga katta ta’sir kо‘rsatadi.