Polimerizatsiyalangan polimerlar (polistirol, polietilen, poliizobutilen, polimetilmetakrilat va h.k.) molekulalari bir necha bor bog‘langan monomerlardan olinadi. Polimerizatsiya jarayonida monomerdagi bog‘langan kichik molekula tugunchalari echiladi va moddaning boyashang‘ich molekulalarida erkin valentlar hosil bo‘lib yirik molekulalar bilan birikadi. Reaksiya jarayonida monomerdagi atom ajralib chiqib ketmaydi. SHu sababli, monomer bilan polimerlarning kimyoviy tarkibi bir xildir.
Polikondensatsiyalangan polimerlar (fenol-aldegid, epoksid, mochevina-formaldegid, poliefir vah.k.) asosiy moddadagi funksional guruxlar orasidagi kimyoviy birikish natijasida hosil bo‘ladi. Birikish jarayonida molekulalar parchalanadi va erkin holatda suv, xlorli vodorod, ammiak va boshqa qo‘shimcha moddalar ajraladi. SHu sababli, siyrak molekulali boshlang‘ich modda bilan zich molekulali polimerning kimyoviy tarkibi har xil bo‘ladi.
Polimerlardagi bu ikki xususiyat ularni ikki guruhga bo‘ladi: termoplastik va termoreaktiv polimerlar.
CHiziqli polimerlarni – termoplastik, fazoviy tuzilishdagilarni esa termoreaktiv polimerlar deb ataladi. Fazoviy pishiq sinchli polimerlarning molekulalararo kovalent bog‘lanish mustahkamligi, ularning ichki qismidagi molekulalarning birikish mustaxkamligiga teng. Bunday bog‘lanishlarni o‘zaro buzish uchun yuqori harorat kerak bo‘ladi.
Plastmassalarning asosiy xossalari
Plastmassalarning hajmiy og‘irligi 8 dan 2200 kg/m3 gacha bo‘ladi, ya’ni oshrligi alyumindan 2 marta, po‘lat, mis va qo‘rg‘oshindan 5–10 marta engil, mustahkamligi esa yuqori. To‘ldirgichlar qo‘shib ishlangan murakkab plastmassa listlaridan tekstolitning cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi 150 MPa gacha bo‘lsa, yog‘och tolasi qo‘shib ishlangan plastmassaniki 350 MPa gacha, SVAM niki (tolali shishasimon anizotron ashyolar) esa 470–950 MPa gacha bo‘ladi. Agar taqqoslansa, markasi St-3 bo‘lgan po‘latning cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi 450–480 MPa ga teng, xolos.
Ilmiy izlanishlar natijasida hozir magnit xususiyatiga ega bo‘lgan, shuningdek, tok o‘tkazuvchan hamda yarim o‘tkazuvchan plastmassalar ham olinmoqsa. YUqori mustahkam hamda zararli muhitga chidamli bo‘lgan polimer-sement va plast-betonlar qurilishda ko‘plab ishlatilmoqsa. Ularni olishda bog‘lovchi modda o‘rniga smola bilan qorishtirilgan sement ishlatiladi. Organik smolalar sanoatda loklar, chidamli bo‘yoqlar, gidrofob suyukliklar va sintetik elimlar olishda qimmatli hisoblanadi.
Plastmassaning Qurilish materiallari sifatidagi kamchiligi ularning issiqqa uncha chidamli emasligi (60–400°S gacha), issiqdan kengayish koeffitsientining kattaligi va yonuvchanligidir. Ko‘p plastmassalar past haroratda egiluvchanlik xususiyatini yo‘qotib, mo‘rt bo‘lib qoladi. Bulardan tashqari, plastmassalar oddiy haroratda ham egiladi. Bu xususiyat ulardan konstruksiyalar ishlashga imkon bermaydi. Ko‘pgina termoplastik plastmassalarning mustahkamligi harorat ta’sirida kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |