Plastmassalarning kamchiliklari
Plastmassa yonuvchanligi, mo‘rtligi, ayrimlarining tez eskirishi, yoqimsiz hidi, ba’zan esa fenol yoki shunga o‘xshash zaharli moddalar ajratib chiqarishi ularning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Plastmassalar ishlab chiqarishda monomerlar va polimerlarning birikmay qolishi – destruksiyasi (eskirishi davrida erkin ajralib chiqadigan plastifikatorlar) odam organizmi uchun zararlidir. Odatda, plastmassa olish jarayonida uning qotish reaksiyasi ko‘pincha nihoyasiga etmaydi va ashyoda hamma vaqt erkin holatda monomerlar saqyaanib qoladi. Bular esa o‘z navbatida zararli bo‘lib, inson organizmiga salbiy ta’sir etadi.
Plastik massalar va ulardan detallar tayyorlash. Plastik massalar tabiiy yoki sun’iy polimerlar asosida olingan materiallar bo‘lib, ularni olish yoki qayta ishlashning ma’lum bosqichida yuqori plastiklikka ega bo‘ladi. Plastik massalar oddiy va murakkab xillarga ajratiladi. Oddiy plastik massalar yolg‘iz polimerlardan iborat bo‘lib, ularga polietilen, polistirol, kapron, organik shisha va boshqalar kiradi.
Murakkab plastik massalarda bog‘lovchi polimerlardan tashqari toldiruvchilar, plastifikatorlar, stabilizatorlar, katalizatorlar, moylovchi va bo‘yovchi moddalar ham bo‘ladi. Ba’zan bog‘lovchilar sifatida polimerlar o‘rniga bitum, asfalt, sementlardan ham foydalaniladi. To‘ldirgichlar plastmassalarni fizika-mexanik, kimyoviy va texnologik xossalarini yaxshilash bilan kam yeyiladigan qiladi. Ularning narxini arzonlashtirish maqsadida tarkibiga zaruriyatiga ko‘ra 40–80% gacha to‘ldirgichlar sifatida yog‘och uni, paxta, qog‘oz, asbest, to‘qima va shisha tolalari, bo‘r, gips, grafit, kaolin, talk kukunlari va boshqa
materiallar qo‘shiladi. Plastik massalarning plastikligi, elastikligi va oquvchanligini oshirish maqsadida plastifikatorlar kiritiladi va plastifikatorlar sifatida kamfara, kana-kunjut moyi, glitserin, dibutilftolat va boshqalar. Stabilizatorlar plastik massalarga issiqlik, nur va boshqa faktorlar ta’sirida turg‘unligini oshirish maqsadida oltingugurtli birikmalar, fenollar va boshqalar ma’lum nisbatda qo‘shiladi. Katalizatorlar sifatida magneziya, urotropin, ohak va boshqa materiallardan foydalaniladi. Ular polimer materiallarning qotish jarayonini tezlatadi. Moylovchi moddalar plastmassalarni presslash jarayonini osonlashtirish uchun qo‘shiladi. Ularga mum, steorin, transformator moyi va boshqalar kiradi. Bo‘yoqlar plastmassaga kerakli rang beradi. Bo‘yoq sifatida oxra, rodanin, nigrozin va boshqalardan foydalaniladi. Plastik massalar xossalariga (molekulalararo bog‘lanish xarakteriga) ko‘ra termoplastik va termo-reaktiv xillarga ajratiladi.
Xulosa
Plastmassalar shaklini qayta tiklanishi bo‘yicha termoplast va reaktoplast turlariga bo‘linadi. Termoplast plastmassalarning (masalan, polietilen, polivinilxlorid, polistirollarning) molekulalari bo‘ylama joylashganligi sababli issiqlik ta’sirida shaklini o‘zgartiradi. Ya’ni ulardan qilingan buyumlar chiqindilarini qayta ishlash mumkin. Reaktoplastlarning (masaian, aminoplast va ftoroplastlarning) molekulalari to‘rsimon joylashganligi sababli ularni qayta ishlab bo‘lmaydi.
Plastmassalar arzonligi va ba’zi xususiyatlari bo‘yicha boshqa materiaUardan qolishmasligi sababli, ishlab chiqarishda ko‘p qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan materiallarning 20%ini plastmassa tashkil qiladi. Lekin ular parchalanmasligi tufayli atrof-imihitni ifloslaydi, o‘simliklartomirlarini oziqlanishiga to‘sqinlik qiladi va gidrofobligi (suv shimmasligi) uchun organizmga zarari bor.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Болховитинов Н.Ф. Металловедение и термическая обработка. «Машиностроение», Москва, 1965 г.
2. Долматовский Т.А. Справочник технолога по обработке резанием. Машгиз, 1962 г.
3. Дубинин М.П. и др. Технология металлов. «Высшая школа», Москва, 1964 г.
4. Далский А.М. Технология конструкционных материалов. Машст, 1990 г.
5. Иванова Г.А. Основа теории резания, инструмента, станка. Москва, 1963 г.
6. Kнорозов Б.В. и др. Технология металлов. «Металлургия», Москва, 1974 г.
Do'stlaringiz bilan baham: |