Mavzu: dengiz va okeanlarning geologik faoliyati



Download 321,9 Kb.
bet1/11
Sana15.07.2022
Hajmi321,9 Kb.
#802562
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Dengiz va okianlarning geologik faoliyati


MAVZU: DENGIZ VA OKEANLARNING GEOLOGIK FAOLIYATI
REJA:
Kirish

  1. Okean va dengizlar tubi tuzulishi

  2. Dеngiz va okеanlarda cho`kindilarning to`planishi va tarqalishi

  3. Okеan illarining xaraktеristikasi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Dengiz geologiyasi - dengiz va okeanlar tubining geologik tuzilishi va rivojlanish tarixini oʻrganuvchi fanlar majmui. D. g . asosiy vazifasi okean va dengizlar tubi relyefining paydo boʻlishi, tarkibi va rivojlanishini oʻrganadi, ularda foydali qazilmalarning hosil boʻlish sharoitlari va joylashish holatini aniqlaydi. Dengiz tubi relyefining hrsil boʻlish sharoiti, taraqqiyoti, tarkibi, choʻkindilar, magmatik va metamorfik togʻ jinslarini dengiz tubida joylashishi, okean osti Yer pusti tektonikasi, geodinamikasi, yer chuqurlik qismining tuzilishi, undagi vulkan jarayonlari, seysmikligi, yonuvchi (neft va gaz), rudali konlarning hosil boʻlishi va tarqalishini oʻrga-nadi. D.g . okeanologiya va geol.ning sohalari, shuningdek, tabiiy geografiya, iqlimshunoslik, biol. va b. tabiiy fanlar bilan yaqindan bogʻliq holda taraniy qildi. D.g .ni oʻrganish shotland geologi J. Gettonning 1788-yilda "Yer nazariyasi" asarining nashr etilishidan boshlangan. Dengiz litologiyasi soxasida dastlabki i.t.lar inglizlarning "Chellenjer" kemasida (1872—76) olib borildi. 19-asr oxiri —20-asr boshlarida dengiz va okeanlar tubining relyefi, geokimyosi, yotqiziklari, okean chekkalari magmatizmi atroflicha oʻrganildi.
20-asr oʻrtalariga kelib D.g .ni oʻrganishda maxsus kemalardan foydalanish, dengiz geofizikasi metodlari taraqqiyoti, suv ostini rasmga olish va sh.k. D.g .ning mustaqil fanga aylanishiga sabab boʻldi.
60-y.larda bajarilgan i.t. ishlari natijasida okean osti Yer poʻstining nisbatan yosh ekani va uning tubi siljib turishi aniklandi. 1968-yilda AQShda "Glomar Chellenjer" kemasida chuqur suv osti burgʻilashning boshlanishi D.g .da muhim bosqich boʻldi, ke-yinchalik bunday burgʻilashlar xalqaro qamkorlikda bajarildi. Okean tubi tektonikasi prinsiplari va Dunyo okeani tubining rayonlashtirish sxemasi ishlab chiqildi. Yer poʻstining chuqur gorizontlarida, ehtimol mantiyada ham shiddatli tektonik deformatsiyalar boʻlib, bular boʻyicha massalar siljib tangachasimon strukturalar hosil qilishi maʼlum boʻldi.
Okeanlar geomagnit maydonini oʻrganish asosida litosfera plitalarining yoshi aniqlandi, paleomagnit maʼlumotlaridan foydalanib okean qaʼri va boʻsh jinslar boʻlimlarga ajratildi.
Dengiz va okeanlardagi foydali qazilmalar aksari neft, gaz, temir rudalari, oltingugurt, fosforit, glau-konitli qum, nodir metalli temir-marganets gʻuddalari va turli sochmalar, shu jumladan oltin, tuz va b.dan tashkil topgan. Dengiz osti konlari hozirgi rivojlangan dengiz atrofi davlatlari tomonidan intensiv ravishda oʻzlashtirilmoqda. D.g . boʻyicha muhim ilmiy markazlar RF (Okeanologiya instituti, Yer pusti instituti), Ukraina (Geologiya fanlari instituti), AQSH (Vudsxol Okeanografiya instituti va b.), Fransiya (Pyer va Mariya Kyuri nomli universitet)da bor. Shuningdek, D.g . boʻyicha i.t. ishlari, Germaniya, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya va b. geol. muassasalarida olib borilmoqda.


Download 321,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish