Mavzu: Demokratik jamiyatda o`qituvchilik kasbi va unga qo`yiladigan talablar Reja: 1.Mustaqil O’zbekiston Respublikasida ta’lim muassasalari xodimlarining ijtimoiy himoyalanishi. 2.O’qituvchilik kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o’rni. O’qituvchi Oʻqituvchi, muallim — turli yoʻnalishdagi oʻrta umumiy taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻquvchilar bilan taʼlimtarbiya ishlarini amalga oshiradigan mutaxassis. Oʻqituvchi pedagog, oʻrta va oliy ta`lim tizimi xodimi boʻlib, o`quvchi va talabalarni oʻqitish bilan shugʻullanadi. “Dunyo imoratlari ichida eng ulug`i maktab bo`lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o`qituvchilik va murabbiylikdir”. - “Dunyo imoratlari ichida eng ulug`i maktab bo`lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o`qituvchilik va murabbiylikdir”.
Islom Abdug’aniyevich Karimov Bu bayram avvalo o`zining bilim va tajribasi, iste`dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko`z nuri va qalb qo`ri, butun borlig`ini ayamasdan, ma`rifat yo`lida betinim xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol na`munasidir” - Bu bayram avvalo o`zining bilim va tajribasi, iste`dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko`z nuri va qalb qo`ri, butun borlig`ini ayamasdan, ma`rifat yo`lida betinim xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol na`munasidir”
I.A.Karimov
“Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch” asaridan
O‘qituvchi pedagogik faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardir: O‘qituvchi pedagogik faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardir: - o‘quv va ta'limning insonparvarlik xarakter kasb etganligi, ta'lim oluvchining huquq va erkinliklariga, milliy madaniy an'analarga hurmat bilan qarash;
- qonun talablarining ustuvorligi;
- o‘quvchilarni tayyorlash, o‘qitish, tarbiyalashga shaxsan yo‘naltirilgan yondashuv;
- umuminsoniy va axloqiy qadriyatlarga rioya qilish;
- vatanga muhabbat, yuqori fuqarolik pozitsiyasi, xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar ruhida o‘quvchilarni tarbiyalash;
- ta'limning uzluksizligi;
- ta'lim prinsiplarining yagonaligi;
- ilm-fan, texnika va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida o‘z bilimlarini takomillashtirib borish;
O`qituvchilar haqida ta`riflar - O`qituvchilar haqida ta`riflar
Y.A.Komenskiy o’qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shaxsida quyidagi fazilatlar namoyon bo’lishi maqsadga muvofiqpigini ta’kidlaydi: vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o’z ishini sevuvchi, o’quvchilarga mexr bilan muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg’otuvchi, o’quvchilarni o’z ortidan ergashtiruvchi va diniy e’tiqodni shakllantiruvchi.
I.G.Pestalossi o’qituvchining kasbiy sifatlariga ba\o berish bilan birga, asosan, uning xalq ta’limi tarmog’ini takomillashtirishdagi roli hamda fan asoslarini egallashdagi ahamiyati va vazifapariga to’xtalib o’tadi.
“O'qituvchi muntazam ravishda fan bilan shug'ullanmog'i lozim. Aks holda u qurigan daraxt va toshga o'xshab qoladi. Qurigan daraxt va tosh meva bera olmaganidek, kelajakda bunday о 'qituvchidan hech qanday natija kutib bo‘Imaydi ”
Adolf Disterbeg
O`qituvchilar haqida ta`riflar
O'qituvchi kasbining xususiyatlaridan biri uning jamiyatda o'rgatuvchi, ustoz deb belgilanishidir. O'qituvchi jamiyat o'sib kelayotgan shaxs o'rtasidagi vositachisidir. Shuning uchun ham o'qituvchi jamiyatda eng qiyin jarayonni boshqaradi-bu shaxsni shaqllanishi jarayonidir. Bu jarayonni qiyinligi tarbiyalanuvchi shaxsning o'zgaruvchanligidadir. Mustaqillikka erishilgan kundan boshlab, maktablarga o'qituvchi murabbiylarga ularni moddiy ma'naviy rag'batlantirish, yordam berish masalalariga e'tibor kuchaytirildi. Chunki o'qituvchi mehnatini hech narsaga tenglashtirib bo'lmaydi. Har kim ham bu kasbning egasi bo'la olmaydi, o'qituvchi bo'lib faqat shu kasbning fidoyisi bo'lganlargagina ishlay olishi mumkin va shundaylarni hamma e'zozlab xurmat bilan boshiga ko'tarishi mumkin.
-
Pedagog Pedagogika (gr. 'παῖς', paіda — bola, gr. 'ἄγω', gogos — yetaklovchi) atamasi qadimiy bo‘lib, „bola yetaklovchi“ degan maʼnoni bildiruvchi grekcha „paydogogos“ so‘zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarning ko‘rsatishicha, qadimgi Yunonistonda o‘z xo‘jayinining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan, harbiy mahoratni oʻrgatgan tarbiyachini, yaʼni qullarni „pedagog“ (bola yetaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik esa, maxsus o‘qitilgan va pedagoglikni o‘ziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan.
Oʻqituvchi alohida ijtimoiy hodisa boʻlib, jamiyat aʼzolarining shakllanishiga taʼsir koʻrsatgani uchun ham uning shaxslik sifatlari kasbiy fazilatlaridan muhimroq hisoblanadi. Chunki u jamiyatning buguni va ertangi kuni qiyofasini shakllantiradi. Shuning uchun ham Oʻqituvchining professional jihatdangina yetuk boʻlishi kifoya qilmaydi. Uning maʼnaviy olami oʻquvchilarga singdirilishi koʻzda tutilgan ezgu insoniy sifatlarga toʻyingan boʻlishi kerak. Oʻqituvchilar tayyorlanadigan oʻquv yurtlarida ayni shu jihatga alohida eʼtibor qaratiladi.
Hozirgi pedagogika fani Oʻqituvchining amaliyotchilik, tadqiqotchilik, tashkilotchilik, vositachilik, ijrochilik singari vazifalari borligini qayd etadi. Ana shu vazifalarni toʻla uddalaydigan Oʻqituvchigina bugungi yosh avlodning barkamol shaxslar sifatida shakllanishiga taʼsir koʻrsata oladi. Istiqlol davri Oʻqituvchilarida ana shunday xususiyatlarni qaror toptirish mamlakat taraqqiyotini taʼminlash omilidir.
E’tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |