Mavzu: demokratik bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallashtirish



Download 316,99 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2021
Hajmi316,99 Kb.
#69442
Bog'liq
YCWKmsHklNELEwvfN1Lw4ZyxxKy9TH9CBKutylnB



7- MAVZU: DEMOKRATIK BOZOR ISLOHOTLARI

VA IQTISODIYOTNI LIBERALLASHTIRISH

O’zbekistonda jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirishning maqsad va bosqichlari.

Bozor munosabatlarining qaror topishi va mulkdorlar sinfining shakllanishi

Moliya-kredit siyosati, narhlarni erkinlashtirish va bozor infrastrukturasini shakllantirish

Qishloq xo’jaligini isloh qilish siyosati


1.

Vatanimiz mustaqilikni qo’lga kiritgach, taraqqiyotning qaysi yo’lidan 

borish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda qanday tamoyillarga tayanish 

kabi bir qarashda jun ko’rinadigan, lekin xiyla murakkab va ziddiyatli, 

mamlakatning taqdiri bilan bog’liq o’ta muhim muammolarga duch keldi.

Mamlakat Prezidenti Islom Karimov bu iqtisodiy, ijtimoiy 

– siyosiy 

muammolarni hal etishga qaratilgan davlat qurilishi va iqtisodiyotni 

tubdan isloh qilishning besh asosiy tamoyili (qoidasi)ni ilgari surdi. 

Yurtboshimiz O’zbekistonning iqtisodiy siyosati, yangilanish va ijtimoiy 

taraqqiyot yo’lining umumiy prinstiplari va o’ziga xos xususiyatlari 

to’g’risida dastlab 1992 yilda «O’zbekistoning o’z istiqlol va taraqqiyot 

yo’li» deb nomlangan risolasida fikr yuritgan edi. So’ngra 1993 yilda 

e’lon qilingan «O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga 

xos yo’li» asarida tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning beshta 

prinstipi (tamoyili) ni chukur va atroflicha ilmiy asoslanadi.

Iqtisodiyotni mafkura akidalaridan xoli qilish, davlat boshi islohotchi 

ekani, bozor munosabatlariga bosqichma 

– bosqich o’tish zarurligi, 

hayotning barcha sohalarida qonun ustivorligini ta’minlash lozimlgi, 

kuchli ijtimoiy siyosat yurg’izish ana shu beshta asosiy tamoyillarni 

tashqil etadi.




Bozor munosabatlariga o’tish bo’yicha qabul qilingan xujjatlarning aksariyati 

ushbu tamoyillarga asoslangan yoki ularni rivojlantirishga, yoxud ularni hayota 

tatbiq etishga bag’ishlangan. Bu qoidalarning naqadar to’g’ri ekanini hayot to’la 

tasdiqlanadi, shu bois, ular ho’zir ham, bundan keyin ham o’z ahamiyanini 

yo’qotmaydi. Zotan, besh tamoyil bozor munosabatlariga tayangan mustaqil, 

milliy iqtisodiyotning asosiy shakl va shamoyillarini tarkib toptirish va uni 

iqtisodiy yuksalish sari izchil harakatlantarish imkonini berdi. Chunki ular 

mamlakatimizda yangi, oldingisidan tubdan farq qiladigan ijtimoiy-iqtisodiy 

tizimni qaror toptirishning o’ziga xos dasturi edi. Bu qoidalar istiqlol va 

taraqqiyot yo’lni tanlagan jamiyatimizning bu yo’ldan og’ishmay ilgarilab borishi 

uchun asos etib qabul qilindi. Bu qoidalarning rivojlantirilishi va hayotga tobora 

dadilroq joriy etilishi ijtimoiy 

– siyosiy barqarorlikni yanada mustahkamladi.

Mana masalan, birinchi qoida 

– iqtisodiyotni siyosiy qobiqlardan xolos qilishni 

tahlil qilib ko’raylik. Bu tamoyil mamlakatimizda demokratik bozor o’zgarishlarini 

amalga oshirishning asosi deb e’tirof etildi. Iqtisodiyotni yana siyosatga, 

mafkuraviy akidalarga qurbon qilmaslik uchun siyosiy maqsadlarga erishish 

vositasi deb qaralmadi.



Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining o’zi ijtimoiy ustqurmaning 

poydevorida butun jamiyat miqyosida demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish 

uchun asos, shart 

– sharoit hozirlaydi. Bozor iqtisodiyotining o’zi barchaga bir 

xil imkoniyat (imtiyoz) berish bilan iqtisodiy demokratiyadir. Shu bois, endi 

mamlakat ichkarisida ham, uning tashqarisida ham, ishlab chiqarish 

munosabatlarni bozor, bozor bo’lganda ham tartibli asosga qurilgan bozor 

belgilaydigan bo’ldi. Endi kim bilan savdo – iqtisodiy aloqalarni o’rnatish va 

rivojlantirish, aksincha, kim bilan esa bunday munosabatlarga kirimaslik 

yuqoridan belgilanmaydi. Shuning uchun ham hozirgi iqtisodiy hamkorlarimiz 

orasida nafaqat hamdo’stlik mamlakatlari, balki yangi va eski dunyo ham, 

rivojlangan Evropa va rivojlanayotan Afrika ham, demokratik Amerika va 

totalitar Xitoy ham, o’zaro nizoli arab dunyosi va Isroil ham bor. Lekin, ular 

o’rtasidagi nisbat o’rni almashgan bo’lishi mumkin. Agar ilgari mamlakatimiz 

asosan sobiq ittifoq respublikalari bilan tovar ayirboshlagan bo’lsa, bugungi 

kunda 70 foiz savdo 

– sotiqni yuksak taraqqiy etgan – AQSh, Angliya, Belgiya, 

Niderlandiya, Janubiy Koreya, Shveystariya, Finlandiya kabi davlatlar bilan 

amalga oshiryapti. Endi sheriklarni bozorni o’zi tanlamoqda. Bu jarayonlar 

eksport va import tarkibida jiddiy o’zgarishlar bilan sodir bo’lmoqda eksport 

tarkibida paxta tolasining xissasi jiddiy qisqardi. Mashina va asbob uskunalar 

energiya tarqatgichlar, transport vositalarning xissasi esa ortmoqda. Importda 

oziq- ovqat maxsulotlarning hajmi kamayib bormoqda.



Ikkinchi tamoyilga muvofiq bozor munosabatlariga o’tish davrida davlat bosh islohotchi, 

islohot taqdiri uchun javob beradigan asosiy qu 

– kudrat, kafolat bo’lishini ko’zda tutar 

edi. Bu borada boshqa yo’l ham bo’lishi mumkinmidi? Yo’q bozor munosabatlariga o’tish 

davrida davlatdan boshqa qudratli iqtisodiy kuch yo’q. Yirik korxonalar eski kooperativ 

aloqalarning o’zilgan, bozor sharoitiga hali moslashmaganligi tufayli kerakli mablag’ga 

ega emasdi. Chet el banklarida katta mablag’larimiz yo’q, okean ortida puldor «tog’a» 

larimiz ham deyarli yo’q, aholining esa start imkoniyatlari aytarli bir xil, kichik va o’rta 

biznesni, oilaviy tadbirkorlikni moliyalashtirish uchun etarli emasdi. Davlat esa ilgaridan 

mustaqillikacha katta iqtisodiy mavqe va  qudratga ega, barcha ishlab chiqarish 

vositalarining 90 foizini birlashtirgan edi. Bunday uyushgan, bir joyda jamlangan o’lkan 

salohiyatdan oqilona foydalanmaslik xato bo’lar edi, albatta. Buning ustiga ijtimoiy 

yo’naltirilgan bugungi zamon bozor iqtisodiyotining asosiy unsurlarini tez va izchil qaror 

toptirish uchun, bozorga o’tish tus – tupolonidan iqtisodiy, moliyaviy tizginlarni qo’ldan 

chiqarib yubormaslik, aholi manfaatlari yo’lida milliy daromadni taqsimlashni iloji boricha 

odilona va oqilona amalga oshirish uchun ham davlat mexanizimidan foydalanish zarur 

edi. Bozor munosabatlariga o’tishda, ayniksa, uning dastlabki baosqichida davlat 

islohotlarda faol ishtirok etdi, islohotlarni kat’iylik va izchillik bilan amalga oshirdi, 

ishbilarmon va tadbirkor kadrlarni tayyorlashga bosh 

– qosh ham bo’ldi. Bo’lardan 

tashqari halq xo’jaligida amalga oshirilgan bugungi tub tarkibiy qayta qurishni, kuchli va 

ko’p tarmoqli ishlab chiqarish infrato’zilmasini vujudga keltirilishni faqat davlatning kuchi 

bilan uddalash mumkin edi. O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tishni yo’lga ko’yishda 

davlat o’zining tarixiy vazifasini bajardi. Endi bundan keyin bozor munosabatari 

mustaxkamlanib borgani sari davlatning iqtisodiy roli susayib boradi. Iqtisodiy 

vazifalarning aksariyati yirik milliy korporastiyalar, korxonalar, chet el ishbilarmonlari va 

xususiy tadbirkorlik zimmasiga o’tadi. Tarixiy taraqqiyot tendenstiyasining o’zi shuni 

taqozo etadi. 




D

avlatning iqtisodiy qudrati naqadar bo’lmasin, bu qudratdan qanchalik oqilona 

foydalanmaylik, baribir uchinchi tamoyil 

– bozor iqtisodiyotiga bosqichma –

bosqich o’tishi zarur edi. U asosiy qoidalardan biri sifatida ilgari surildi bu borada 

shoshma 


– shosharlikka berilmaslik, «yangisini qurmay, eskisini buzmaslik» 

tarzida ish to’tish yo’lidan borildi. Chunki luqmani birdaniga yutaman deb tiqilib 

qolish ham hech gap emasdi.

Bozor munosabatlari kishilarning yangicha dunyoqarashi, psixologiyasi, 

ko’nikma va xulq – atvori, ta’bir joiz bo’lsa, hayot tarzi hamdir. Ularning qaror 

topishi va rivojlanishi uchun esa ma’lum vaqt, sabr – toqat, izchillik darkor. 

Shuning uchun dastlab mulkni tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish, 

mulkchilikning davlatga qarashli bo’lmagan shakllari – xususy, oila, xissadorlik, 

jamoa va boshqa turlariga asoslanib yangidan tashqil etilayotgan xo’jalik yuritish 

usullarini qo’llab – quvvatlash yo’li bilan aralash, ko’p qirrali (ukladi) iqtisodiyotni 

shakllantirish yo’lidan borildi.

Bu qadar zalvorli yumushlarni bir hamla bilan hal etilmaydi. Buning o’zi bir 

jarayonidir, jarayonni esa, ma’lumki, sun’iy ravishda tezlashtirib bo’lmaydi. Bizda 

davlat tassarufidan chiqarish va xususiylashtirish savdo, umumiy ovqatlanish, 

xizmat ko’rsatish shahobchalaridan boshlandi. Binobarin, avvalambor, kichik 

xususiylashtirish amalga oshirilib, 1994 yil ohiriga kelib amalda iqtisodiy 

islohotlarning birinchi bosqichi yakunlandi, keyini xiyla ko’lami va murakkab 

bosqich sari yo’l ochildi.




Ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishning huquqiy negizini shakllantirish, 

hayotning barcha jabhalarida qonun ustuvorligiga erishish muhim vazifalardan 

bo’lib, munosabatlariga o’tish jarayonida tanlangan to’rtichi tamoyil edi. 

Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida amalda yangi huquqiy tizim yaratildi. Bozor 

munosabatlari o’zini – o’zi boshqaradigan demokratik tizimdir. Bu jarayonga 

bilib 


– bilmay aralashish, ma’muriyatchilikka, ayniqsa, ortiqcha 

markazlashtirishga urinish uning imkoniyatlarini cheklashi, ohir 

– oqibatda esa 

obro’sizlantirishi mumkin. Bozor iqtisodiyotining o’z qonuniyatlari bor, unga 

aralashish valyutarizimga yo’l qo’yish, mensimaslik ko’ngilsiz oqibatlar keltirishi 

mumkin. Shu bois qonunga bo’ysinish bozor munosabatlariga o’tishning etakchi 

tamoyillaridan biridir, huquqiy davlatning o’ziga xos xususiyatidir.

Prezidentimiz kuchli ijtimoiy siyosat yuritishni iqtisodiy o’zgarishlarni amalga 

oshirishning ishonchli kafolati, O’zbekistonning yangilanish va taraqqiyot yo’lini 

namoyon etuvchi eng muhim tamoyillardan biri deb bildilar. Bozor 

munosabatlariga o’tish jarayonida aholini ijtimoiy ximoyalashning butun bir 

tizimi yaratildi. Kishilarning ijtimoiy ximoyalash va kafolatlashlarning kuchli 

mexanizimi jamiyatda yaratilgan milliy daromadni taqsimlash va qayta 

taqsimlashdangina iborat bo’lib qolmadi. Bu vazifani hal etishda davlat 

manbalaridan tashqari mehnat jamoalari, jamoat tashqilotlari va xayriya 

jam


g’armalarining imkoniyatlaridan keng foydalanildi.


Bozor munosabatlariga o’tish davri O’zbekistonda siliq, qil sug’urgandek 

kechadi, desak xato bo’lar edi, albatta. Bu jarayonning murakkabligi shundan 

iborat bo’ldiki, bozor ta’siridan iloji boricha xoli bo’lgan mustaqil milliy 

iqtisodiyotni barpo etish va bozor munosabatlariga o’tish ham, makroiqtisodiy 

barqarorlashtirish va bozor qayta qurishlari ham bir vaqtning o’ziga to’g’ri keldi. 

Natijada, makroiqtisodiy barqarorlashtirish bilan bo

g’liq tadbirlar tizim bozor 

o’zgarishlariga ijobiyo ta’sir etibgina qolmay, shu bilan birga ba’i bir halatlarda 

bu jarayon sur’atini pasaytirdi. Pul massasining cheklangan, ayniqsa naqd 

pulning, xom ashyo bozori hali etarlicha muvozanatlashmagan bir sharoitda 

kichik biznisning ishlab chiqarish imkoniyatlarini toraytirib qo’ydi. Tijorat banklari 

kredit imkoniyatlari cheklangani esa, korxonalarga aylanma mabla

g’larni 

to’ldirish uchun qisqa muddatli qarz berish imkoniyatini kamaytirdi. Pul 

massasining etarli bo’lmagani halq xo’jaligida korxonalar to’lov qobilyatining 

pasayib ketishiga ham sabab bo’ldi. Bu jarayonlar bozorga o’tish va 

mikroiqtisodiy barqarorlashtirish jarayonlariga biroz salbiy ta’sir ko’rsatsadi, 

ammo ularni to’htatib qola olmadi. Bozor munosabatlariga o’tishning ikkinchi 

bosqichida har ikki yo’nalishda ham keskin ijobiy siljishlar yuz berdi.

Yuqorida bayon qilingan muloh

azalardan ko’rinib turibdiki, ushbu besh 

tamoyil yurtimizda barqarorlikni mustaxkamlabgina qolmasdan, io’tisodiy 

yuksalishimiz yo’lida muhim omil ham bo’ldi, o’zbekona taraqqiyot yo’lining 

o’ziga xos xususiyatlarini ham belgiladi.




2. Bozor munosabatlarining qaror topishi va mulkdorlar sinfining shakllanishi 

davlat mulkini xususiylashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, erkin 

sohibkorlik va raqobatni rivojlantirish kabi muammolarga bog’liq. Bu 

muammolarni hal etmasdan turib bozor iqtisodiyotiga o’tishni ta’minlash 

mumkin emas. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida 

xususiylashtirishni amalga oshirish raqobat va tadbirkorlikni rivojlantirishning 

huquqiy va iqtisodiy negizlari yaratildi. Bu urinda qabul qilingan «O’zbekiston 

Respublikasida mulkchilik to’g’risida» (13.10.1990), «O’zbekiston 

Respublikasida tadbirkorlik to’g’risida» (15.02.1991), «Davlat tasarrufidan 

chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida» (19.11.1991), «Kichik va xususiy 

tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish to’g’risida» (21.12.1995), «Tovar 

bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida» 

(27.12.1996), «Akstiyadorlik jamiyatlar va akstiyadorlarning huquqlarini ximoya 

qilish to’g’risida» (25.04.1996) kabi boshqa  o’nlab qonunlar, O’zbekiston 

Respublikasi Prezidenti Farmonlari, xukumat qarorlari hamda farmoyishlarini 

eslab o’tishning o’zi kifoya.

Amalga oshirilgan tadbirlarning natijasi o’larok mamlakatimizda davlat 

tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni ancha chukurlashib 

bormokda. Mulkchilikning turli shakllari paydo bo’lib, ko’p ukladli iqtisodiyot 

asoslari yaratilmokda, nodavlat sektori rivojlanib, iqtisodiyotning barcha asosiy 

tarmoklarida uning xissasi ortib bormoqda.



Bozor munosabatlariga o’tish shuning uchun ham zarurki, u insonlarning 

mehnat va ijodiy imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro’yobga chiqarishga, 

boqimandalik kayfiyatiga barham berishga, egalik xissini tiklash va 

rivojlantirishga olib keladi. insoniyat bozor munosabatlaridan takomillashganroq 

boshqa mexanizmni hali yaratgan emas. Sostializm insonlarda joylashgan 

cheksiz imkoniyatlarni ochishga qodir emas edi. Ishlab chiqarishda, taqsimotda 

tekischilik xukm surgan joyda taraqqiyotga erishib bo’lmaydi. Mamlakatda 

chinikam o’rta mulkdorlar sinfi shakllangan taqdirdagina islohotlar sezilarli 

samara  beradi, mulkchilik masalalari hal bo’ladi – deb yozadi mamlakatimiz 

Prezidenti Islom Karimov o’zining «O’zbekiston XXI asr busagasida: xavfsizlikka 

tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida 

(196 bet).

Iqtisodiy jihatdan sobitqadam va barqaror jamiyatni shakllantirish, eng avvalo 

tadbirkorlik va mulkdorlar sinfi davlat va jamoat qurilishida, ijtimoiy-siyosiy 

barqarorlikni saqlab turish va mustaxkamlashda muhim rol o’ynaydi. Ayni o’rta 

mulkdorlar sinfi shakllantirilayotgan fuqarolik jamiyatining tayanchidir.

Agar mulk shakllari xilma-xilligi va birinchi navbatda xususiy mulk har qanday 

davlatning demokratik negizlari barqarorligining iqtisodiy asosi hisoblansa, real 

ishlab chiqarish vasitalarining o’rta mulkdorlaridan iborat kuchli katlamning 

mavjud bo’lishi uning siyosiy asosi ekanligini bildiradi. Aholi orasida haqiqiy 

mulkdorlar o’rta qatlamining ko’pchilikni tashqil etishi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni 

orqaga qaytarish imkoniyatlarini bartaraf etishning kafoloti hisoblanadi, deb 

yozadi Prezidentimiz.



Kichik biznes 

– jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni mu’tadillashtirishga 

yordam beradigan o’rta tadbirkorlar sinfining paydo bo’lishi demakdir. Bu –

respublika bozorini zarur iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan boyitishdir. Bu-yangi ish 

o’rinlaridir. Faqat kichik va xususiy tadbirkorlikni keng, hamma joyda rivojlantirishgina 

g’oyat keskin muammoni – aholining (ayniqsa ortiqcha mehnat zahiralari mavjud 

bo’lgan qishloq joylar va mintaqalarda) ish bilan bandligini ta’minlash vazifasini hal 

qilishga qodir.

Biz uchun ahamiyatga ega bo’lgan ushbu siyosatni ruyobga chiqarishda aholining 

shaxsiy yordamchi xo’jaliklari samaradorligi va maxsuldorligini yanada oshirish, 

ularga davlat yordamini ko’rsatish muhimdir.

Bunda kichik va o’rta korxonalar ibtidoiy, eskirgan asosda emas, balki sifatli va 

zamonaviy texnika negizida barpo etilishi kerakligi barchaga ma’lum. Buning uchun 

ularni rivojlantirishning yangi manbalari ham chet el investistiyalarini keng jalb qilish 

hisobiga, ham kichik manbalar, bank kreditlar hisobiga doimo rivojlantirilib borishi 

darkor.


O’zbekistonda islohot yillarida kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga yordam 

beradigan huquqiy shart-

sharoitlar va institustional to’zilmalar vujudga keltirildi. 

Bo’lar – tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Biznes-fond, «Madad» 

sug’urta agentligidir. Shuningdek, konsalting, injiniring hamda lizing firma va 

kompaniyalar, biznes-

inkubatorlar tarmog’i mavjud.

Eng asosiysi, kichik va o’rta korxonalar hozirning o’zidayok katta iqtisodiy kuchga 

aylandi. Muhimi 

– kichik va o’rta korxonalar iqtisodiyotning hamma sohalarida tashqil 

etilmokda. Qishloq xo’jaligi sohasiga ham uning keng kirib borayotganligi diqqatga 

sazovordir. 20 mingdan ortik dehkon (fermer) xo’jaligi  tashqil etilganini aytib 

o’tishning o’zi kifoya.



Qimmatli qog’ozlar bozorini shakllantirish hisobiga aholining bo’sh turgan 

mablag’lari aylanishga jalb etiladi. Bu ayni chog’da iqtisodiyotni hal qilishga 

barqarorlashtirish sohasidagi muhim vazifani hal qilishga pul muomalasini, milliy 

valyutani mustahkamlashga yordam beradi.

Eng asosiysi 

– akstiyalashtirish, fond bozorida qatnashish orqali aholida qimmatli 

qog’ozlarning egasi bo’lishiga kizikish, ular bilan muomala qilish ko’nikmalari va 

madaniyati paydo bo’ladi.

Muhimi, ular shunchaki akstiyalarning egasi bo’lganlik uchungina emas, balki mol-

mulk bir qismining real mulkdorlari hisoblanganliklari hamda mulkdorlar sifatida 

korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatiga ta’sir ko’rsatish huquqiga ega 

bo’lganliklari uchun ham akstiyadorlar deb atalishi darkor. Odamlar qimmatli 

qog’ozlarni sotib olishga qodir bo’lganlaridagina mulkdorlar sinfi amalda vujudga 

keladi.


Respublikada qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish buyicha qo’yilgan 

maqsadlarga qimmatli qog’ozlar ikqilamchi bozorini jadal shakllantirgan, bizning 

bozorimiz halqaro fond va valyuta bozorlariga chiqqan hamda qo’shilib ketgan 

taqdirdagina chinakamiga erishish mumkin.

Mulkdorlar qatlamini shakllantirishning ijtimoiy ahamiyati ham bekiyosdir. 

Ma’lumki, iqtisodiy o’sish bozor munosabatlariga o’tishning muhim tamoyillaridan 

biri -

kuchli ijtimoiy siyosat yurg’izish imkoniyatini berdi. Natijada mamlakatimizda 



ommaviy lyumpenlashuvning,  ko’pchilikning pauperizm botkog’iga botib 

ketishining oldi olindi. 




3. Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar 

mamlakatning moliya tizimini tashkil qiladi. Davlat pul mablag’larining asosiy 

bugini xizmat qiladi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida 

iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat mikyosidagi ijtimoiy vazifalarni 

hal qilish uchun sharoit yaratishdir. Moliya-kredit siyosati, narhlarni, umuman 

iqtisodiyotni erkinlashtirish hamda bozor infrastrukturasini shakllantirish 

muammolari Islom Karimovning qator asarlarida o’z ifodasini topgan.

Mamlakat Markaziy banki pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi 

va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi. U barcha banklarning 

faoliyatini 

o’zaro muvofiqlashtiradi, jumladan ular o’rtasidagi hisob-kitoblarni 

tashqil etadi, qimmatli qog’ozlarni chiqaradi, pul muomalasini tartibga soladi, 

davlat byudjetining kassa ijrosini nazorat etadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyulda e’lon qilingan 

«O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to’g’risida»gi 

Farmoniga muvofiq

1994 yil 1 iyuldan boshlab O’zbekiston Respublikasining 

milliy valyutasi 

– so’m muomalaga kiritildi. So’m O’zbekiston Respublikasining 

valyuta birligi hisoblanadi.

Respublikada byudjet munosabatlari O’zbekiston Respublikasining 

Konstitustiyasi va respublikaning boshqa qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi.




O’zbekiston Respublikasining hozirgi byudjet tizimi davlat byudjeti, 

Qoraqalpo

g’iston Respublikasi byudjeti, shuningdek, viloyat, tuman, shahar, 

byudjetlarini 

o’z ichiga oladigan mahalliy byudjetlarning majmuidan iborat. O’zb. 

Res byudjeti Oliy Majlisi tomonidan, Qoraqalpo

g’iston Respublikasi byudjeti 

Jukorgi Kengesi tomonidan, qonun tarzida tasdiklanadi, mahalliy byudjetlar 

halq deputatlari mahalliy Kengashlari qarori bilan tasdiklanadi. Soliqlar va 

boshqa majburiy t

o’lovlar bo’yicha byudjet daromadlari qismining ijrosini 

nazorat qilishni davlat soliq organlari ta’minlaydilar.Byudjetni bajarish 

jarayonida O’zb.Res. Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi 

Vazirlar Kengashi, xokimliklar 

o’zlariga berilgan vakolatlar doirasida respublika 

va tegishli mahalliy byudjetlarning daromadlar va harajatlar qismlariga 

o’zgartirishlar kiritishlari mumkin. Barcha darajadagi byudjetlarning 

muvozanatlangan bo’lishi byudjet-moliya siyosatining zarur sharti hisoblanadi. 

Mamlakatda hamma darajadagi byudjetlarning kassa ijrosini O’zbekiston 

Respublikasi Markaziy banki muassasalari va tijorat banklari orqali amalga 

oshiradi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 13 dekabrdagi 

qaroriga k

o’ra 1995 yildan respublikaning umumiy byudjetiga amaldagi 

qonunlarga muvofiq tashqil etiladigan byudjetdan tashqari jam

g’armalar: ijtimoiy 

su

g’urta jamg’armasi, bandlikka yordam jamg’armasi, kasaba uyushmalari 



Federastiyasi Kengashi jam

g’armasi, yo’l jamg’armasi, O’zbekiston Davlat 

jamgarmasi, mahalliy 

o’z-o’zini boshqarish organlarining maxsus jamg’armalari 

ham q

o’shiladi




O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida sug’urta ishi muhim ahamiyat 

kasb etdi. 1993 yil 6 mayda O’zbekiston Respublikasining «Sug’urta to’g’risida» 

Qonuni qabul qilindi. Sug’urta ishini monopoliyadan chiqarish buyicha faol 

ishlar boshlandi. 1992 yildan boshlab Respublikada sug’urta kompaniyalari, 

firmalari, akstiyadorlik jamiyatlari, 

qo’shma korxonalari taklif etadigan sug’urta 

xizmati bozori shakllandi va rivojlanmoqda. Bu bozorda ixtisoslashgan davlat-

akstiyadorlik kompaniyalari etakchi mavqeni egallaydi

H

ozir sug’urta tashqilotlari aholiga, korxonalar va tashqilotlarga 40 dan ortiq



turdagi sug’urta xizmati ko’rsatadi.

Mamlakatimizda sug’urtaning majburiy va ihtiyoriy turlari bor. Respublikada 

majburiy sug’urta bilan faqat davlat-akstiyadorlik sug’urta tashqilotlari 

shu


g’ullanadi va ular majburiy sug’urtaning qishloq xo’jaligi korxonalari mol-

mulki; fukarolarning mol-

mulki; yo’lovchilar; harbiy xizmatchilar; soliq xizmati 

xizmatchilari; uchuvchilar tarkibi; xavfli kasblar; fuq

arolik mas’uliyati sug’urtasi 

turlarini amalga oshiradi.

Eng yirik sug’urta kompaniyalari: «O’zagrosugurta» davlat-akstiyadorlik 

sug’urta kompaniyasi, «O’zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta 

kompaniyasi, «Kafolot» davlat-akstiyadorlik sug’urta kompaniyasi 1997 yil 

tashqil etilgan. Bo’lardan tashqari «Banksug’urta», «Birjasavdosug’urta», 

«Madad», shuningdek 80 dan ortiq nodavlat sug’urta kompaniyalari bor.



1991 yil 15 fevralda 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Soveti sessiyada respublika 

xududidagi banklar faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berilgan O’zbekiston 

Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonuni qabul qilindi 

va shu vaqtdan boshlab mamlakatning haqiqiy, mustaqil bank tizimi shakllana 

boshladi.

O’zbekiston Respublikasi bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish 

strategiyasi iqtisodiyotni xo’jalik yuritishning bozor sharoitlariga bosqichma-

bosqich utkazish dasturiga mos keladi va mazkur islohotlarni 

o’tkazish 

dasturining beshta asosiy tamoyillariga asoslanadi. 

O’tgan davrda bank 

islohotlarining rivojlanishida q

uyidagi muhim yutuklar qo’lga kiritildi: milliy bank 

tizimining ikki bosqichli strukturasi (yuqori bosqichda - Markaziy bank, kuyi 

bosqichda-tijorat banklari) huquqiy jihatdan mustahkamlandi; tijorat 

banklarining soni va ular k

o’rsatadigan xizmat turlari ko’paydi, banklar faoliyatini 

ta’minlaydigan tizim (muassasa)lar yaratildi.

1995-19


96 yillarda bank qonunchiligi yanada takomillashdi. «O’zbekiston 

Respublikasining Markaziy banki to’g’risida» 1995 yil 21 dekabrdagi Qonun 

bank tizimining huquqiy asoslarini t

o’ldiribgina qolmasdan, O’zbekiston 

Respublikasi Markaziy bankining alohida maqomi, maqsadlari, vazifalari hamda 

vakolatlarini ham aniq

belgilab berdi. O’zbekiston  Respublikasining «Banklar 

va bank faoliyati to’g’risida» 1996 yil 25 apreldagi Qonuni esa tijorat banklari 

faoliyatining barcha huquqiy asoslarini anik belgilab berdi.



O’zbekistonning barcha mintaqalarida 790dan ortiq filiallarga ega bo’lgan 40 

akstiyadorlik-tijorat, shuningdek xususiy kapital asosida tashqil etilgan banklar 

faoliyat k

o’rsatadi.

Respublikada xususiy banklar ham paydo bo’ldi. Ularning faoliyati uchun 

huquqiy bazani rivojlantirishda Respublika Prezidentining 1997 yil 24 apreldagi 

«Xususiy tijorat binklarini tashqil qilishni ragbatlantirish chora-tadbirlari 

to’g’risida» Farmoni muhim ahamiyatga ega bo’ldi.  1998 yilda «Umarbank», 

«Olimbank», «Alp Jamol», «Turkiston», «Istiqlol», «O’ktambank» xususiy 

banklari ishladi.

Chet el banklari, ularning shu’ba banklari va filiallarini ochish O’zbekiston moliya 

tizimini rivojlantirishda juda muhim y

o’nalish hisoblanadi. Hozir Respublikada 

O’zbekiston – Gollandiya «O’zprivatbank», O’zbekiston – Turkiya «O’Tbank», 

O’zbekiston-Koreya «O’zDEUbank» va boshqa qo’shma banklar faoliyat 

k

o’rsatadi. 11 ta chet el banki Toshkentda o’z vakolatxonalarini ochgan. Bo’lar 



qatorida Hindiston Davlat banki, Doyche Bank, Berliner Bank, Meybank, Kredit 

Suiss (Shveystariya), «Rossiyskiy kredit» va «Sakurabank LTD» (Yaponiya) 

banklari bor.

O’zbekistonda milliy moliya bozorining shakllanishi iqtisodiyotning bozor 

munosabatlarisha o’tish zarurati bilan belgilanadi. Moliyaviy mablag’larni 

tarmoklariaro yo’naltiruvchi tijorat banklari va boshqa moliyaviy vositalarni o’z 

ichiga oluvchi moliya institutlari majmuasi respublika moliya bozorini tashqil 

etadi.  Sh

u munosabat bilan turli sug’urta kompaniyalari, fond birjalari va boshqa 

moliyaviy vositachilar tashqil etilmoq

da, tijorat banklarining soni ko’paymoqda.



4.

Halq xo’jaligida band bo’lganlarning 40 foizi yaqini qishloq xo’jaligida mehnat 

qilmoqda. Mamlakat aholisining qariyib 65 foizi qishloq joylarida istiqomat qiladi. 

Shuning uchun ham qishloq xo’jaligida islohotlar chuqurlashmas ekan, 

iqtisodiyotning boshqa sohalarida ham bu masalani hal etish oson kechmaydi.

Qishloqda islohotlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator tadbirlar 

belgilanmoqda. Farmonlar, qarorlar qabul qilinib, qishloq xo’jaligini moddiy va 

moliyaviy, texnikaviy jihatlardan qo’llab - quvvatlash choralari ko’rilayapti.

Bu jarayonda «Fermer xo’jaliklari to’g’risida», «Dexqon xo’jaliklari to’g’risida», 

«Qishloq xo’jaligi kooperativlari to’g’risida» qonuniy aktlarning qabul qilinishi 

katta ahamiyatga ega bo’ldi. Natijada qishloqda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 

doirasi yanada kengaydi.

Nima uchun bugungi kunga kelib islohotlar markazi qishloq xo’jaligiga 

ko’chirilmoqda?

Yo’lboshchimiz «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlika tahdid, barqarorlik 

shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida ta’kidlaganlaridek: «Hozirgi vaqtda 

aynan iqtisodiyotning agrar sektorida katta 

– katta zaxiralar mavjud. Ularni ishga 

solish yaqin vaqt ichidayoq sezilarli natijalar berilishi mumkin. Butun iqtisodiy 

o’zgarishlarning yakuni, barqarorlikva halq faravonligi ko’p jihatdan tub 

o’zgarishlar jarayonlari agrar sektorni qanchalik keng qamrab olishiga, qishloqda 

islohotlar qanchalik chuqur borishiga bog’liq bo’lmaydi».




1990 

– yillari O’zbekistonda halq xo’jaligini, uning muhim bugini sanoatni rivojlantirishda 

ijtimoiy ishlab chiqarish to’zilmalarini takomillashtirishda alohida muhim bosqich 

hisoblanadi. Bu davrda bir vaqtning o’zida ikki yirik tarixiy vazifa ilgari surildi va 

muvaffiqiyatli echilmoqda. 1) Ular bozor iqtisodiyotiga o’tish. 2) Milliy iqtisodiyotni barpo 

etishdir. Chunonchi, Andijonda, Buxoroda, Qo’qonda, Xorazmda, Navoiyda, Toshkentda 

yirik zavod va fabrikalar ishga tushirildi. Ular bugun mahsulot bera boshladi, milliy 

iqtisodiyotga, mustaqillikni iqtisodiy va moltyaviy mustaxkamlashga, yalpi ichki maxsulot 

va milliy daromadning ko’payishiga xizmat qilmoqda. Bu borada amalga oshirilgan keng 

qo’lamli ishlarning ahamiyati faqat shulardagina iborat emas. Halq xo’jaligi, sanoat 

strukturasi takomillashmoqda, mamlakat borgan sari  industrial  qiyofa kasb etmoqda, 

minglab kishilarimiz ish bilan ta’minlandi. Mustamlakachilik yillarida qaror topgan sanoat 

taraqqiyotidagi nomunosibliklarga, ziddiyatlarga barham berila boshlandi. Mamlakatimiz 

sanoat ishlab chiqarishi notekist, asosan Toshkent, Samarqard va Farg’ona viloyatlarida 

to’plagan edi. Mustaqillik yillarida qurib ishga tushirilgan korxona hisobiga, sanoat ishlab 

chiqarish geografiyasi ancha kengaygandi.

Jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, 

sanoatsiz xo’jaligini rivojlantirib bo’lmaydi. Qishloq xo’jaligi barcha halq xo’jaligi majmui 

tarmoqlari, eng avvalo, sanoat bilan chambarchas bouliq, u hozir sanoatdan boshlanib 

(ishlab chiqarish vositalari, ma’danli o’uitlar ishlab chiqarish), sanoat bilan tugallandi 

(etishtirilgan xomashyo va maxsulotlarni qayta ishlash, tayyor maxsulotga aylantirish). Bu 

ikki tarmoq ustidagi aloqa vertikal integrastiya yoki agrosanoat integrastiyasi jarayoni 

bo’lib, borgan sari chuqurlashib boraveradi. Go’sht, sut, sabzavot va boshqa maxsulotlar 

iste’molchi dasturxoniga tushishdan oldin sanoatga qayta ishlovdan o’tadi. Bu ob’ektiv 

jarayon.



Mustaqillik yillarida O’zbekistonda agrar munosabatlarning yangi tipi 

yaratildi. Agar munosabatlar davlatning erga mulkchilik munosabatlar va erda 

xo’jalik yuritish usullarini takomillashtirishga qaratilgan chora – tadbirlari 

majmuidir.

O’zbekistonda bozor tizimini yaratishga qaratilgan yangi agrar 

munosabatlar davlat va jamoat xo’jalik erining bir qismi (jami 500 ming) aholiga 

tomorqa tarzida foydalanish uchun berildi. Natijada 1998 yilda aholining tomorq 

xo’jaligida er 640 mingdan oshib ketdi. Yangi agrar munosabatlarning ikkichi  

yo’nalish – bu qishloqni fermerlashtirish, ya’ni davlat va jamoa xo’jalikdari 

o’rniga dexqon va fermer xo’jaliklarini tashqil etishdan iborat. Erga davlat mulki 

saqlangan holda er xo’jalik yuritish merosga o’tish sharti bilan dexqonlarga 

berildi. 1998 yilda jami 20 mingdan ziyod dexqon va ferer xo’jaligi ishladi. Agrar 

munosabatlarning uchinchi yo’nalishi saqlanib qolgan davlat va jamoa 

xo’jaliklarda.

Birinchidan, inson huquqlari sohasida Milliy harakat dasturini ishlab chiqish, 

inson huquqlarini ximoya qiladigan muassasalarning yaxlit tizimini barpo etish.

Ikkinchidan inson huquqlari sohasidagi asosiy halqaro shartnomalarga 

qo’shilishga doir ishlarni davom ettirish kerak.

Uchinchidan, fuqarolarning ijroiya organlariga murojaatlarining huquqiy 

asoslarini takomillashtirish, fuqarolarning shikoyatlarini o’z vaqtida va odilona 

qurib chiqish uchun, davlat organlari mas’uliyatini oshirish maqsadida «Davlat 

organlari tomonidan fuqarolarning shikoyatlari va arizalarini ko’rib chiqish tartibi 



to’g’risida» qonun qabul qilish zarur

Download 316,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish