7- MAVZU: DEMOKRATIK BOZOR ISLOHOTLARI
VA IQTISODIYOTNI LIBERALLASHTIRISH
O’zbekistonda jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirishning maqsad va bosqichlari.
Bozor munosabatlarining qaror topishi va mulkdorlar sinfining shakllanishi
Moliya-kredit siyosati, narhlarni erkinlashtirish va bozor infrastrukturasini shakllantirish
Qishloq xo’jaligini isloh qilish siyosati
1.
Vatanimiz mustaqilikni qo’lga kiritgach, taraqqiyotning qaysi yo’lidan
borish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda qanday tamoyillarga tayanish
kabi bir qarashda jun ko’rinadigan, lekin xiyla murakkab va ziddiyatli,
mamlakatning taqdiri bilan bog’liq o’ta muhim muammolarga duch keldi.
Mamlakat Prezidenti Islom Karimov bu iqtisodiy, ijtimoiy
– siyosiy
muammolarni hal etishga qaratilgan davlat qurilishi va iqtisodiyotni
tubdan isloh qilishning besh asosiy tamoyili (qoidasi)ni ilgari surdi.
Yurtboshimiz O’zbekistonning iqtisodiy siyosati, yangilanish va ijtimoiy
taraqqiyot yo’lining umumiy prinstiplari va o’ziga xos xususiyatlari
to’g’risida dastlab 1992 yilda «O’zbekistoning o’z istiqlol va taraqqiyot
yo’li» deb nomlangan risolasida fikr yuritgan edi. So’ngra 1993 yilda
e’lon qilingan «O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga
xos yo’li» asarida tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning beshta
prinstipi (tamoyili) ni chukur va atroflicha ilmiy asoslanadi.
Iqtisodiyotni mafkura akidalaridan xoli qilish, davlat boshi islohotchi
ekani, bozor munosabatlariga bosqichma
– bosqich o’tish zarurligi,
hayotning barcha sohalarida qonun ustivorligini ta’minlash lozimlgi,
kuchli ijtimoiy siyosat yurg’izish ana shu beshta asosiy tamoyillarni
tashqil etadi.
Bozor munosabatlariga o’tish bo’yicha qabul qilingan xujjatlarning aksariyati
ushbu tamoyillarga asoslangan yoki ularni rivojlantirishga, yoxud ularni hayota
tatbiq etishga bag’ishlangan. Bu qoidalarning naqadar to’g’ri ekanini hayot to’la
tasdiqlanadi, shu bois, ular ho’zir ham, bundan keyin ham o’z ahamiyanini
yo’qotmaydi. Zotan, besh tamoyil bozor munosabatlariga tayangan mustaqil,
milliy iqtisodiyotning asosiy shakl va shamoyillarini tarkib toptirish va uni
iqtisodiy yuksalish sari izchil harakatlantarish imkonini berdi. Chunki ular
mamlakatimizda yangi, oldingisidan tubdan farq qiladigan ijtimoiy-iqtisodiy
tizimni qaror toptirishning o’ziga xos dasturi edi. Bu qoidalar istiqlol va
taraqqiyot yo’lni tanlagan jamiyatimizning bu yo’ldan og’ishmay ilgarilab borishi
uchun asos etib qabul qilindi. Bu qoidalarning rivojlantirilishi va hayotga tobora
dadilroq joriy etilishi ijtimoiy
– siyosiy barqarorlikni yanada mustahkamladi.
Mana masalan, birinchi qoida
– iqtisodiyotni siyosiy qobiqlardan xolos qilishni
tahlil qilib ko’raylik. Bu tamoyil mamlakatimizda demokratik bozor o’zgarishlarini
amalga oshirishning asosi deb e’tirof etildi. Iqtisodiyotni yana siyosatga,
mafkuraviy akidalarga qurbon qilmaslik uchun siyosiy maqsadlarga erishish
vositasi deb qaralmadi.
Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining o’zi ijtimoiy ustqurmaning
poydevorida butun jamiyat miqyosida demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish
uchun asos, shart
– sharoit hozirlaydi. Bozor iqtisodiyotining o’zi barchaga bir
xil imkoniyat (imtiyoz) berish bilan iqtisodiy demokratiyadir. Shu bois, endi
mamlakat ichkarisida ham, uning tashqarisida ham, ishlab chiqarish
munosabatlarni bozor, bozor bo’lganda ham tartibli asosga qurilgan bozor
belgilaydigan bo’ldi. Endi kim bilan savdo – iqtisodiy aloqalarni o’rnatish va
rivojlantirish, aksincha, kim bilan esa bunday munosabatlarga kirimaslik
yuqoridan belgilanmaydi. Shuning uchun ham hozirgi iqtisodiy hamkorlarimiz
orasida nafaqat hamdo’stlik mamlakatlari, balki yangi va eski dunyo ham,
rivojlangan Evropa va rivojlanayotan Afrika ham, demokratik Amerika va
totalitar Xitoy ham, o’zaro nizoli arab dunyosi va Isroil ham bor. Lekin, ular
o’rtasidagi nisbat o’rni almashgan bo’lishi mumkin. Agar ilgari mamlakatimiz
asosan sobiq ittifoq respublikalari bilan tovar ayirboshlagan bo’lsa, bugungi
kunda 70 foiz savdo
– sotiqni yuksak taraqqiy etgan – AQSh, Angliya, Belgiya,
Niderlandiya, Janubiy Koreya, Shveystariya, Finlandiya kabi davlatlar bilan
amalga oshiryapti. Endi sheriklarni bozorni o’zi tanlamoqda. Bu jarayonlar
eksport va import tarkibida jiddiy o’zgarishlar bilan sodir bo’lmoqda eksport
tarkibida paxta tolasining xissasi jiddiy qisqardi. Mashina va asbob uskunalar
energiya tarqatgichlar, transport vositalarning xissasi esa ortmoqda. Importda
oziq- ovqat maxsulotlarning hajmi kamayib bormoqda.
Ikkinchi tamoyilga muvofiq bozor munosabatlariga o’tish davrida davlat bosh islohotchi,
islohot taqdiri uchun javob beradigan asosiy qu
– kudrat, kafolat bo’lishini ko’zda tutar
edi. Bu borada boshqa yo’l ham bo’lishi mumkinmidi? Yo’q bozor munosabatlariga o’tish
davrida davlatdan boshqa qudratli iqtisodiy kuch yo’q. Yirik korxonalar eski kooperativ
aloqalarning o’zilgan, bozor sharoitiga hali moslashmaganligi tufayli kerakli mablag’ga
ega emasdi. Chet el banklarida katta mablag’larimiz yo’q, okean ortida puldor «tog’a»
larimiz ham deyarli yo’q, aholining esa start imkoniyatlari aytarli bir xil, kichik va o’rta
biznesni, oilaviy tadbirkorlikni moliyalashtirish uchun etarli emasdi. Davlat esa ilgaridan
mustaqillikacha katta iqtisodiy mavqe va qudratga ega, barcha ishlab chiqarish
vositalarining 90 foizini birlashtirgan edi. Bunday uyushgan, bir joyda jamlangan o’lkan
salohiyatdan oqilona foydalanmaslik xato bo’lar edi, albatta. Buning ustiga ijtimoiy
yo’naltirilgan bugungi zamon bozor iqtisodiyotining asosiy unsurlarini tez va izchil qaror
toptirish uchun, bozorga o’tish tus – tupolonidan iqtisodiy, moliyaviy tizginlarni qo’ldan
chiqarib yubormaslik, aholi manfaatlari yo’lida milliy daromadni taqsimlashni iloji boricha
odilona va oqilona amalga oshirish uchun ham davlat mexanizimidan foydalanish zarur
edi. Bozor munosabatlariga o’tishda, ayniksa, uning dastlabki baosqichida davlat
islohotlarda faol ishtirok etdi, islohotlarni kat’iylik va izchillik bilan amalga oshirdi,
ishbilarmon va tadbirkor kadrlarni tayyorlashga bosh
– qosh ham bo’ldi. Bo’lardan
tashqari halq xo’jaligida amalga oshirilgan bugungi tub tarkibiy qayta qurishni, kuchli va
ko’p tarmoqli ishlab chiqarish infrato’zilmasini vujudga keltirilishni faqat davlatning kuchi
bilan uddalash mumkin edi. O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tishni yo’lga ko’yishda
davlat o’zining tarixiy vazifasini bajardi. Endi bundan keyin bozor munosabatari
mustaxkamlanib borgani sari davlatning iqtisodiy roli susayib boradi. Iqtisodiy
vazifalarning aksariyati yirik milliy korporastiyalar, korxonalar, chet el ishbilarmonlari va
xususiy tadbirkorlik zimmasiga o’tadi. Tarixiy taraqqiyot tendenstiyasining o’zi shuni
taqozo etadi.
D
avlatning iqtisodiy qudrati naqadar bo’lmasin, bu qudratdan qanchalik oqilona
foydalanmaylik, baribir uchinchi tamoyil
– bozor iqtisodiyotiga bosqichma –
bosqich o’tishi zarur edi. U asosiy qoidalardan biri sifatida ilgari surildi bu borada
shoshma
– shosharlikka berilmaslik, «yangisini qurmay, eskisini buzmaslik»
tarzida ish to’tish yo’lidan borildi. Chunki luqmani birdaniga yutaman deb tiqilib
qolish ham hech gap emasdi.
Bozor munosabatlari kishilarning yangicha dunyoqarashi, psixologiyasi,
ko’nikma va xulq – atvori, ta’bir joiz bo’lsa, hayot tarzi hamdir. Ularning qaror
topishi va rivojlanishi uchun esa ma’lum vaqt, sabr – toqat, izchillik darkor.
Shuning uchun dastlab mulkni tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish,
mulkchilikning davlatga qarashli bo’lmagan shakllari – xususy, oila, xissadorlik,
jamoa va boshqa turlariga asoslanib yangidan tashqil etilayotgan xo’jalik yuritish
usullarini qo’llab – quvvatlash yo’li bilan aralash, ko’p qirrali (ukladi) iqtisodiyotni
shakllantirish yo’lidan borildi.
Bu qadar zalvorli yumushlarni bir hamla bilan hal etilmaydi. Buning o’zi bir
jarayonidir, jarayonni esa, ma’lumki, sun’iy ravishda tezlashtirib bo’lmaydi. Bizda
davlat tassarufidan chiqarish va xususiylashtirish savdo, umumiy ovqatlanish,
xizmat ko’rsatish shahobchalaridan boshlandi. Binobarin, avvalambor, kichik
xususiylashtirish amalga oshirilib, 1994 yil ohiriga kelib amalda iqtisodiy
islohotlarning birinchi bosqichi yakunlandi, keyini xiyla ko’lami va murakkab
bosqich sari yo’l ochildi.
Ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishning huquqiy negizini shakllantirish,
hayotning barcha jabhalarida qonun ustuvorligiga erishish muhim vazifalardan
bo’lib, munosabatlariga o’tish jarayonida tanlangan to’rtichi tamoyil edi.
Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida amalda yangi huquqiy tizim yaratildi. Bozor
munosabatlari o’zini – o’zi boshqaradigan demokratik tizimdir. Bu jarayonga
bilib
– bilmay aralashish, ma’muriyatchilikka, ayniqsa, ortiqcha
markazlashtirishga urinish uning imkoniyatlarini cheklashi, ohir
– oqibatda esa
obro’sizlantirishi mumkin. Bozor iqtisodiyotining o’z qonuniyatlari bor, unga
aralashish valyutarizimga yo’l qo’yish, mensimaslik ko’ngilsiz oqibatlar keltirishi
mumkin. Shu bois qonunga bo’ysinish bozor munosabatlariga o’tishning etakchi
tamoyillaridan biridir, huquqiy davlatning o’ziga xos xususiyatidir.
Prezidentimiz kuchli ijtimoiy siyosat yuritishni iqtisodiy o’zgarishlarni amalga
oshirishning ishonchli kafolati, O’zbekistonning yangilanish va taraqqiyot yo’lini
namoyon etuvchi eng muhim tamoyillardan biri deb bildilar. Bozor
munosabatlariga o’tish jarayonida aholini ijtimoiy ximoyalashning butun bir
tizimi yaratildi. Kishilarning ijtimoiy ximoyalash va kafolatlashlarning kuchli
mexanizimi jamiyatda yaratilgan milliy daromadni taqsimlash va qayta
taqsimlashdangina iborat bo’lib qolmadi. Bu vazifani hal etishda davlat
manbalaridan tashqari mehnat jamoalari, jamoat tashqilotlari va xayriya
jam
g’armalarining imkoniyatlaridan keng foydalanildi.
Bozor munosabatlariga o’tish davri O’zbekistonda siliq, qil sug’urgandek
kechadi, desak xato bo’lar edi, albatta. Bu jarayonning murakkabligi shundan
iborat bo’ldiki, bozor ta’siridan iloji boricha xoli bo’lgan mustaqil milliy
iqtisodiyotni barpo etish va bozor munosabatlariga o’tish ham, makroiqtisodiy
barqarorlashtirish va bozor qayta qurishlari ham bir vaqtning o’ziga to’g’ri keldi.
Natijada, makroiqtisodiy barqarorlashtirish bilan bo
g’liq tadbirlar tizim bozor
o’zgarishlariga ijobiyo ta’sir etibgina qolmay, shu bilan birga ba’i bir halatlarda
bu jarayon sur’atini pasaytirdi. Pul massasining cheklangan, ayniqsa naqd
pulning, xom ashyo bozori hali etarlicha muvozanatlashmagan bir sharoitda
kichik biznisning ishlab chiqarish imkoniyatlarini toraytirib qo’ydi. Tijorat banklari
kredit imkoniyatlari cheklangani esa, korxonalarga aylanma mabla
g’larni
to’ldirish uchun qisqa muddatli qarz berish imkoniyatini kamaytirdi. Pul
massasining etarli bo’lmagani halq xo’jaligida korxonalar to’lov qobilyatining
pasayib ketishiga ham sabab bo’ldi. Bu jarayonlar bozorga o’tish va
mikroiqtisodiy barqarorlashtirish jarayonlariga biroz salbiy ta’sir ko’rsatsadi,
ammo ularni to’htatib qola olmadi. Bozor munosabatlariga o’tishning ikkinchi
bosqichida har ikki yo’nalishda ham keskin ijobiy siljishlar yuz berdi.
Yuqorida bayon qilingan muloh
azalardan ko’rinib turibdiki, ushbu besh
tamoyil yurtimizda barqarorlikni mustaxkamlabgina qolmasdan, io’tisodiy
yuksalishimiz yo’lida muhim omil ham bo’ldi, o’zbekona taraqqiyot yo’lining
o’ziga xos xususiyatlarini ham belgiladi.
2. Bozor munosabatlarining qaror topishi va mulkdorlar sinfining shakllanishi
davlat mulkini xususiylashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, erkin
sohibkorlik va raqobatni rivojlantirish kabi muammolarga bog’liq. Bu
muammolarni hal etmasdan turib bozor iqtisodiyotiga o’tishni ta’minlash
mumkin emas. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida
xususiylashtirishni amalga oshirish raqobat va tadbirkorlikni rivojlantirishning
huquqiy va iqtisodiy negizlari yaratildi. Bu urinda qabul qilingan «O’zbekiston
Respublikasida mulkchilik to’g’risida» (13.10.1990), «O’zbekiston
Respublikasida tadbirkorlik to’g’risida» (15.02.1991), «Davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida» (19.11.1991), «Kichik va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish to’g’risida» (21.12.1995), «Tovar
bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida»
(27.12.1996), «Akstiyadorlik jamiyatlar va akstiyadorlarning huquqlarini ximoya
qilish to’g’risida» (25.04.1996) kabi boshqa o’nlab qonunlar, O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti Farmonlari, xukumat qarorlari hamda farmoyishlarini
eslab o’tishning o’zi kifoya.
Amalga oshirilgan tadbirlarning natijasi o’larok mamlakatimizda davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni ancha chukurlashib
bormokda. Mulkchilikning turli shakllari paydo bo’lib, ko’p ukladli iqtisodiyot
asoslari yaratilmokda, nodavlat sektori rivojlanib, iqtisodiyotning barcha asosiy
tarmoklarida uning xissasi ortib bormoqda.
Bozor munosabatlariga o’tish shuning uchun ham zarurki, u insonlarning
mehnat va ijodiy imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro’yobga chiqarishga,
boqimandalik kayfiyatiga barham berishga, egalik xissini tiklash va
rivojlantirishga olib keladi. insoniyat bozor munosabatlaridan takomillashganroq
boshqa mexanizmni hali yaratgan emas. Sostializm insonlarda joylashgan
cheksiz imkoniyatlarni ochishga qodir emas edi. Ishlab chiqarishda, taqsimotda
tekischilik xukm surgan joyda taraqqiyotga erishib bo’lmaydi. Mamlakatda
chinikam o’rta mulkdorlar sinfi shakllangan taqdirdagina islohotlar sezilarli
samara beradi, mulkchilik masalalari hal bo’ladi – deb yozadi mamlakatimiz
Prezidenti Islom Karimov o’zining «O’zbekiston XXI asr busagasida: xavfsizlikka
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida
(196 bet).
Iqtisodiy jihatdan sobitqadam va barqaror jamiyatni shakllantirish, eng avvalo
tadbirkorlik va mulkdorlar sinfi davlat va jamoat qurilishida, ijtimoiy-siyosiy
barqarorlikni saqlab turish va mustaxkamlashda muhim rol o’ynaydi. Ayni o’rta
mulkdorlar sinfi shakllantirilayotgan fuqarolik jamiyatining tayanchidir.
Agar mulk shakllari xilma-xilligi va birinchi navbatda xususiy mulk har qanday
davlatning demokratik negizlari barqarorligining iqtisodiy asosi hisoblansa, real
ishlab chiqarish vasitalarining o’rta mulkdorlaridan iborat kuchli katlamning
mavjud bo’lishi uning siyosiy asosi ekanligini bildiradi. Aholi orasida haqiqiy
mulkdorlar o’rta qatlamining ko’pchilikni tashqil etishi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni
orqaga qaytarish imkoniyatlarini bartaraf etishning kafoloti hisoblanadi, deb
yozadi Prezidentimiz.
Kichik biznes
– jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni mu’tadillashtirishga
yordam beradigan o’rta tadbirkorlar sinfining paydo bo’lishi demakdir. Bu –
respublika bozorini zarur iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan boyitishdir. Bu-yangi ish
o’rinlaridir. Faqat kichik va xususiy tadbirkorlikni keng, hamma joyda rivojlantirishgina
g’oyat keskin muammoni – aholining (ayniqsa ortiqcha mehnat zahiralari mavjud
bo’lgan qishloq joylar va mintaqalarda) ish bilan bandligini ta’minlash vazifasini hal
qilishga qodir.
Biz uchun ahamiyatga ega bo’lgan ushbu siyosatni ruyobga chiqarishda aholining
shaxsiy yordamchi xo’jaliklari samaradorligi va maxsuldorligini yanada oshirish,
ularga davlat yordamini ko’rsatish muhimdir.
Bunda kichik va o’rta korxonalar ibtidoiy, eskirgan asosda emas, balki sifatli va
zamonaviy texnika negizida barpo etilishi kerakligi barchaga ma’lum. Buning uchun
ularni rivojlantirishning yangi manbalari ham chet el investistiyalarini keng jalb qilish
hisobiga, ham kichik manbalar, bank kreditlar hisobiga doimo rivojlantirilib borishi
darkor.
O’zbekistonda islohot yillarida kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga yordam
beradigan huquqiy shart-
sharoitlar va institustional to’zilmalar vujudga keltirildi.
Bo’lar – tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Biznes-fond, «Madad»
sug’urta agentligidir. Shuningdek, konsalting, injiniring hamda lizing firma va
kompaniyalar, biznes-
inkubatorlar tarmog’i mavjud.
Eng asosiysi, kichik va o’rta korxonalar hozirning o’zidayok katta iqtisodiy kuchga
aylandi. Muhimi
– kichik va o’rta korxonalar iqtisodiyotning hamma sohalarida tashqil
etilmokda. Qishloq xo’jaligi sohasiga ham uning keng kirib borayotganligi diqqatga
sazovordir. 20 mingdan ortik dehkon (fermer) xo’jaligi tashqil etilganini aytib
o’tishning o’zi kifoya.
Qimmatli qog’ozlar bozorini shakllantirish hisobiga aholining bo’sh turgan
mablag’lari aylanishga jalb etiladi. Bu ayni chog’da iqtisodiyotni hal qilishga
barqarorlashtirish sohasidagi muhim vazifani hal qilishga pul muomalasini, milliy
valyutani mustahkamlashga yordam beradi.
Eng asosiysi
– akstiyalashtirish, fond bozorida qatnashish orqali aholida qimmatli
qog’ozlarning egasi bo’lishiga kizikish, ular bilan muomala qilish ko’nikmalari va
madaniyati paydo bo’ladi.
Muhimi, ular shunchaki akstiyalarning egasi bo’lganlik uchungina emas, balki mol-
mulk bir qismining real mulkdorlari hisoblanganliklari hamda mulkdorlar sifatida
korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatiga ta’sir ko’rsatish huquqiga ega
bo’lganliklari uchun ham akstiyadorlar deb atalishi darkor. Odamlar qimmatli
qog’ozlarni sotib olishga qodir bo’lganlaridagina mulkdorlar sinfi amalda vujudga
keladi.
Respublikada qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish buyicha qo’yilgan
maqsadlarga qimmatli qog’ozlar ikqilamchi bozorini jadal shakllantirgan, bizning
bozorimiz halqaro fond va valyuta bozorlariga chiqqan hamda qo’shilib ketgan
taqdirdagina chinakamiga erishish mumkin.
Mulkdorlar qatlamini shakllantirishning ijtimoiy ahamiyati ham bekiyosdir.
Ma’lumki, iqtisodiy o’sish bozor munosabatlariga o’tishning muhim tamoyillaridan
biri -
kuchli ijtimoiy siyosat yurg’izish imkoniyatini berdi. Natijada mamlakatimizda
ommaviy lyumpenlashuvning, ko’pchilikning pauperizm botkog’iga botib
ketishining oldi olindi.
3. Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar
mamlakatning moliya tizimini tashkil qiladi. Davlat pul mablag’larining asosiy
bugini xizmat qiladi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida
iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat mikyosidagi ijtimoiy vazifalarni
hal qilish uchun sharoit yaratishdir. Moliya-kredit siyosati, narhlarni, umuman
iqtisodiyotni erkinlashtirish hamda bozor infrastrukturasini shakllantirish
muammolari Islom Karimovning qator asarlarida o’z ifodasini topgan.
Mamlakat Markaziy banki pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi
va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi. U barcha banklarning
faoliyatini
o’zaro muvofiqlashtiradi, jumladan ular o’rtasidagi hisob-kitoblarni
tashqil etadi, qimmatli qog’ozlarni chiqaradi, pul muomalasini tartibga soladi,
davlat byudjetining kassa ijrosini nazorat etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyulda e’lon qilingan
«O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to’g’risida»gi
Farmoniga muvofiq
1994 yil 1 iyuldan boshlab O’zbekiston Respublikasining
milliy valyutasi
– so’m muomalaga kiritildi. So’m O’zbekiston Respublikasining
valyuta birligi hisoblanadi.
Respublikada byudjet munosabatlari O’zbekiston Respublikasining
Konstitustiyasi va respublikaning boshqa qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi.
O’zbekiston Respublikasining hozirgi byudjet tizimi davlat byudjeti,
Qoraqalpo
g’iston Respublikasi byudjeti, shuningdek, viloyat, tuman, shahar,
byudjetlarini
o’z ichiga oladigan mahalliy byudjetlarning majmuidan iborat. O’zb.
Res byudjeti Oliy Majlisi tomonidan, Qoraqalpo
g’iston Respublikasi byudjeti
Jukorgi Kengesi tomonidan, qonun tarzida tasdiklanadi, mahalliy byudjetlar
halq deputatlari mahalliy Kengashlari qarori bilan tasdiklanadi. Soliqlar va
boshqa majburiy t
o’lovlar bo’yicha byudjet daromadlari qismining ijrosini
nazorat qilishni davlat soliq organlari ta’minlaydilar.Byudjetni bajarish
jarayonida O’zb.Res. Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, xokimliklar
o’zlariga berilgan vakolatlar doirasida respublika
va tegishli mahalliy byudjetlarning daromadlar va harajatlar qismlariga
o’zgartirishlar kiritishlari mumkin. Barcha darajadagi byudjetlarning
muvozanatlangan bo’lishi byudjet-moliya siyosatining zarur sharti hisoblanadi.
Mamlakatda hamma darajadagi byudjetlarning kassa ijrosini O’zbekiston
Respublikasi Markaziy banki muassasalari va tijorat banklari orqali amalga
oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 13 dekabrdagi
qaroriga k
o’ra 1995 yildan respublikaning umumiy byudjetiga amaldagi
qonunlarga muvofiq tashqil etiladigan byudjetdan tashqari jam
g’armalar: ijtimoiy
su
g’urta jamg’armasi, bandlikka yordam jamg’armasi, kasaba uyushmalari
Federastiyasi Kengashi jam
g’armasi, yo’l jamg’armasi, O’zbekiston Davlat
jamgarmasi, mahalliy
o’z-o’zini boshqarish organlarining maxsus jamg’armalari
ham q
o’shiladi
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida sug’urta ishi muhim ahamiyat
kasb etdi. 1993 yil 6 mayda O’zbekiston Respublikasining «Sug’urta to’g’risida»
Qonuni qabul qilindi. Sug’urta ishini monopoliyadan chiqarish buyicha faol
ishlar boshlandi. 1992 yildan boshlab Respublikada sug’urta kompaniyalari,
firmalari, akstiyadorlik jamiyatlari,
qo’shma korxonalari taklif etadigan sug’urta
xizmati bozori shakllandi va rivojlanmoqda. Bu bozorda ixtisoslashgan davlat-
akstiyadorlik kompaniyalari etakchi mavqeni egallaydi
H
ozir sug’urta tashqilotlari aholiga, korxonalar va tashqilotlarga 40 dan ortiq
turdagi sug’urta xizmati ko’rsatadi.
Mamlakatimizda sug’urtaning majburiy va ihtiyoriy turlari bor. Respublikada
majburiy sug’urta bilan faqat davlat-akstiyadorlik sug’urta tashqilotlari
shu
g’ullanadi va ular majburiy sug’urtaning qishloq xo’jaligi korxonalari mol-
mulki; fukarolarning mol-
mulki; yo’lovchilar; harbiy xizmatchilar; soliq xizmati
xizmatchilari; uchuvchilar tarkibi; xavfli kasblar; fuq
arolik mas’uliyati sug’urtasi
turlarini amalga oshiradi.
Eng yirik sug’urta kompaniyalari: «O’zagrosugurta» davlat-akstiyadorlik
sug’urta kompaniyasi, «O’zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta
kompaniyasi, «Kafolot» davlat-akstiyadorlik sug’urta kompaniyasi 1997 yil
tashqil etilgan. Bo’lardan tashqari «Banksug’urta», «Birjasavdosug’urta»,
«Madad», shuningdek 80 dan ortiq nodavlat sug’urta kompaniyalari bor.
1991 yil 15 fevralda
O’zbekiston Respublikasi Oliy Soveti sessiyada respublika
xududidagi banklar faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berilgan O’zbekiston
Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonuni qabul qilindi
va shu vaqtdan boshlab mamlakatning haqiqiy, mustaqil bank tizimi shakllana
boshladi.
O’zbekiston Respublikasi bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish
strategiyasi iqtisodiyotni xo’jalik yuritishning bozor sharoitlariga bosqichma-
bosqich utkazish dasturiga mos keladi va mazkur islohotlarni
o’tkazish
dasturining beshta asosiy tamoyillariga asoslanadi.
O’tgan davrda bank
islohotlarining rivojlanishida q
uyidagi muhim yutuklar qo’lga kiritildi: milliy bank
tizimining ikki bosqichli strukturasi (yuqori bosqichda - Markaziy bank, kuyi
bosqichda-tijorat banklari) huquqiy jihatdan mustahkamlandi; tijorat
banklarining soni va ular k
o’rsatadigan xizmat turlari ko’paydi, banklar faoliyatini
ta’minlaydigan tizim (muassasa)lar yaratildi.
1995-19
96 yillarda bank qonunchiligi yanada takomillashdi. «O’zbekiston
Respublikasining Markaziy banki to’g’risida» 1995 yil 21 dekabrdagi Qonun
bank tizimining huquqiy asoslarini t
o’ldiribgina qolmasdan, O’zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining alohida maqomi, maqsadlari, vazifalari hamda
vakolatlarini ham aniq
belgilab berdi. O’zbekiston Respublikasining «Banklar
va bank faoliyati to’g’risida» 1996 yil 25 apreldagi Qonuni esa tijorat banklari
faoliyatining barcha huquqiy asoslarini anik belgilab berdi.
O’zbekistonning barcha mintaqalarida 790dan ortiq filiallarga ega bo’lgan 40
akstiyadorlik-tijorat, shuningdek xususiy kapital asosida tashqil etilgan banklar
faoliyat k
o’rsatadi.
Respublikada xususiy banklar ham paydo bo’ldi. Ularning faoliyati uchun
huquqiy bazani rivojlantirishda Respublika Prezidentining 1997 yil 24 apreldagi
«Xususiy tijorat binklarini tashqil qilishni ragbatlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida» Farmoni muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 1998 yilda «Umarbank»,
«Olimbank», «Alp Jamol», «Turkiston», «Istiqlol», «O’ktambank» xususiy
banklari ishladi.
Chet el banklari, ularning shu’ba banklari va filiallarini ochish O’zbekiston moliya
tizimini rivojlantirishda juda muhim y
o’nalish hisoblanadi. Hozir Respublikada
O’zbekiston – Gollandiya «O’zprivatbank», O’zbekiston – Turkiya «O’Tbank»,
O’zbekiston-Koreya «O’zDEUbank» va boshqa qo’shma banklar faoliyat
k
o’rsatadi. 11 ta chet el banki Toshkentda o’z vakolatxonalarini ochgan. Bo’lar
qatorida Hindiston Davlat banki, Doyche Bank, Berliner Bank, Meybank, Kredit
Suiss (Shveystariya), «Rossiyskiy kredit» va «Sakurabank LTD» (Yaponiya)
banklari bor.
O’zbekistonda milliy moliya bozorining shakllanishi iqtisodiyotning bozor
munosabatlarisha o’tish zarurati bilan belgilanadi. Moliyaviy mablag’larni
tarmoklariaro yo’naltiruvchi tijorat banklari va boshqa moliyaviy vositalarni o’z
ichiga oluvchi moliya institutlari majmuasi respublika moliya bozorini tashqil
etadi. Sh
u munosabat bilan turli sug’urta kompaniyalari, fond birjalari va boshqa
moliyaviy vositachilar tashqil etilmoq
da, tijorat banklarining soni ko’paymoqda.
4.
Halq xo’jaligida band bo’lganlarning 40 foizi yaqini qishloq xo’jaligida mehnat
qilmoqda. Mamlakat aholisining qariyib 65 foizi qishloq joylarida istiqomat qiladi.
Shuning uchun ham qishloq xo’jaligida islohotlar chuqurlashmas ekan,
iqtisodiyotning boshqa sohalarida ham bu masalani hal etish oson kechmaydi.
Qishloqda islohotlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator tadbirlar
belgilanmoqda. Farmonlar, qarorlar qabul qilinib, qishloq xo’jaligini moddiy va
moliyaviy, texnikaviy jihatlardan qo’llab - quvvatlash choralari ko’rilayapti.
Bu jarayonda «Fermer xo’jaliklari to’g’risida», «Dexqon xo’jaliklari to’g’risida»,
«Qishloq xo’jaligi kooperativlari to’g’risida» qonuniy aktlarning qabul qilinishi
katta ahamiyatga ega bo’ldi. Natijada qishloqda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
doirasi yanada kengaydi.
Nima uchun bugungi kunga kelib islohotlar markazi qishloq xo’jaligiga
ko’chirilmoqda?
Yo’lboshchimiz «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlika tahdid, barqarorlik
shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida ta’kidlaganlaridek: «Hozirgi vaqtda
aynan iqtisodiyotning agrar sektorida katta
– katta zaxiralar mavjud. Ularni ishga
solish yaqin vaqt ichidayoq sezilarli natijalar berilishi mumkin. Butun iqtisodiy
o’zgarishlarning yakuni, barqarorlikva halq faravonligi ko’p jihatdan tub
o’zgarishlar jarayonlari agrar sektorni qanchalik keng qamrab olishiga, qishloqda
islohotlar qanchalik chuqur borishiga bog’liq bo’lmaydi».
1990
– yillari O’zbekistonda halq xo’jaligini, uning muhim bugini sanoatni rivojlantirishda
ijtimoiy ishlab chiqarish to’zilmalarini takomillashtirishda alohida muhim bosqich
hisoblanadi. Bu davrda bir vaqtning o’zida ikki yirik tarixiy vazifa ilgari surildi va
muvaffiqiyatli echilmoqda. 1) Ular bozor iqtisodiyotiga o’tish. 2) Milliy iqtisodiyotni barpo
etishdir. Chunonchi, Andijonda, Buxoroda, Qo’qonda, Xorazmda, Navoiyda, Toshkentda
yirik zavod va fabrikalar ishga tushirildi. Ular bugun mahsulot bera boshladi, milliy
iqtisodiyotga, mustaqillikni iqtisodiy va moltyaviy mustaxkamlashga, yalpi ichki maxsulot
va milliy daromadning ko’payishiga xizmat qilmoqda. Bu borada amalga oshirilgan keng
qo’lamli ishlarning ahamiyati faqat shulardagina iborat emas. Halq xo’jaligi, sanoat
strukturasi takomillashmoqda, mamlakat borgan sari industrial qiyofa kasb etmoqda,
minglab kishilarimiz ish bilan ta’minlandi. Mustamlakachilik yillarida qaror topgan sanoat
taraqqiyotidagi nomunosibliklarga, ziddiyatlarga barham berila boshlandi. Mamlakatimiz
sanoat ishlab chiqarishi notekist, asosan Toshkent, Samarqard va Farg’ona viloyatlarida
to’plagan edi. Mustaqillik yillarida qurib ishga tushirilgan korxona hisobiga, sanoat ishlab
chiqarish geografiyasi ancha kengaygandi.
Jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki,
sanoatsiz xo’jaligini rivojlantirib bo’lmaydi. Qishloq xo’jaligi barcha halq xo’jaligi majmui
tarmoqlari, eng avvalo, sanoat bilan chambarchas bouliq, u hozir sanoatdan boshlanib
(ishlab chiqarish vositalari, ma’danli o’uitlar ishlab chiqarish), sanoat bilan tugallandi
(etishtirilgan xomashyo va maxsulotlarni qayta ishlash, tayyor maxsulotga aylantirish). Bu
ikki tarmoq ustidagi aloqa vertikal integrastiya yoki agrosanoat integrastiyasi jarayoni
bo’lib, borgan sari chuqurlashib boraveradi. Go’sht, sut, sabzavot va boshqa maxsulotlar
iste’molchi dasturxoniga tushishdan oldin sanoatga qayta ishlovdan o’tadi. Bu ob’ektiv
jarayon.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda agrar munosabatlarning yangi tipi
yaratildi. Agar munosabatlar davlatning erga mulkchilik munosabatlar va erda
xo’jalik yuritish usullarini takomillashtirishga qaratilgan chora – tadbirlari
majmuidir.
O’zbekistonda bozor tizimini yaratishga qaratilgan yangi agrar
munosabatlar davlat va jamoat xo’jalik erining bir qismi (jami 500 ming) aholiga
tomorqa tarzida foydalanish uchun berildi. Natijada 1998 yilda aholining tomorq
xo’jaligida er 640 mingdan oshib ketdi. Yangi agrar munosabatlarning ikkichi
yo’nalish – bu qishloqni fermerlashtirish, ya’ni davlat va jamoa xo’jalikdari
o’rniga dexqon va fermer xo’jaliklarini tashqil etishdan iborat. Erga davlat mulki
saqlangan holda er xo’jalik yuritish merosga o’tish sharti bilan dexqonlarga
berildi. 1998 yilda jami 20 mingdan ziyod dexqon va ferer xo’jaligi ishladi. Agrar
munosabatlarning uchinchi yo’nalishi saqlanib qolgan davlat va jamoa
xo’jaliklarda.
Birinchidan, inson huquqlari sohasida Milliy harakat dasturini ishlab chiqish,
inson huquqlarini ximoya qiladigan muassasalarning yaxlit tizimini barpo etish.
Ikkinchidan inson huquqlari sohasidagi asosiy halqaro shartnomalarga
qo’shilishga doir ishlarni davom ettirish kerak.
Uchinchidan, fuqarolarning ijroiya organlariga murojaatlarining huquqiy
asoslarini takomillashtirish, fuqarolarning shikoyatlarini o’z vaqtida va odilona
qurib chiqish uchun, davlat organlari mas’uliyatini oshirish maqsadida «Davlat
organlari tomonidan fuqarolarning shikoyatlari va arizalarini ko’rib chiqish tartibi
to’g’risida» qonun qabul qilish zarur
Do'stlaringiz bilan baham: |