Mavzu: Demografik bashorat va demografik siyosat
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Demografik siyosat maqsadi va vazifalari.
Demografik siyosat to`g`risida.
Demografik bashorat to`g`risida.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Demografik siyosat - aholi siyosatining asosiy qismi bo`lib, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlari va turli davlatlarda o`ziga xos xususiyatlarga, yo`nalishlarga egadir. Aholi siyosati demografik siyosatga qaraganda keng qamrovli bo`lib, aholini rivojlantirish maqsadida olib boriladigan ijtimoiy - iqtisodiy siyosat yo`nalishi hisoblanadi.
Aholi rivojlanishi esa, o`z navbatida uning ham miqdoriy ham sifatiy jihatlarini o`zgarib borishida namoyon bo`ladi. Aholining miqdoriy rivojlanishi deganda, ma`lum davrda, ma`lum hudud aholisi yoki millatning son jixatidan o`zgarib borishi tushuniladi. Aholining sifatiy rivojlanishi esa, asosan uning salomatlmgi, o`rtacha umr ko`rishi, bilim darajasi va ta`lim tarbiya olishi va komilligida o`z ifodasini topadi. Aholi rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining uzviy qismi bo`lib, u o`z ichiga aholining takror barpo bo`lish jarayonini ham oladi.
Demografik siyosat orqali kutilgan, istalgan aholi takror barno turiga erishiladi. Ma`lumki aholi takror barno bo`lishi tug`ilish, o`lim, nikoh, ajralish kabi demografik jarayonlar bilan bevosita bog`liqdir. Shu bois ushbu jarayonlarni siyosat yo`li bilan jamiyat tomonidan boshqarilishi ham demografik siyosat vaziyatlaridandir. Jamiyat taraqqiyotiga nazar tashlasak, demografik jarayonlarni, ayniqsa tug`ilish, nikohni jamiyat tomonidan boshqarilganligini guvohi bo`lamiz.
Demografik bashorat deganda malum hudud aholisining soni, tarkibi va demografik vaziyati istiqbolining asoslangan xolda oldindan aniqlash tushiniladi. Xar qanday ijtimiiy – iqtisodiy bashoratlar, demografik bashorat zaminida tuziladi. Kelajakda ishlab chiqarish lozim bo`lgan maxsulotlar miqdorini rejalashtirish uchun avvalo kelajakdagi aholi soni, yosh-jinsiy, tarkibi, olialar sonini bilish lozimdir. Ayniqsa, aholining yosh tarkibi bo`yicha bashorati muxim axamiyatga egadir. Kelajakda maktabgacha bo`lgan bolalar muassalari, maktablar, oily va maxsus o`quv yurtlarini qurilishini rejalshtirish uchun kelajakda qancha bola maktabgacha muassasalariga qatnashi mumkin, qancha bola maktab yoshiga yetishi, qancha bola maktabni tugatib oily va maxsus o`quv yurtlariga borishi xaqidagi malumotlar zarurdir.
Aholining yosh – jinsiy tarkibi xaqidagi bashorat tibbiy xizmat tarkibi xaqidagi bashorat tibbiy xizmat ko`rsatish tizimining rivojlanishi uchun xam muxim axamiyat kasb etadi. Aholi yosh-jinsiy tarkibi bo`yicha tuzilgan bashorat asosida keljakda qancha bolalar va ayollar shifokorlari aholining, keksa guruhiga xizmat qiluvchi kardiologlar, onkologlar, nevrotologlar kabi mutaxassislar tayyorlash rejalshtiriladi. Kelajakda, yangi ish orinlarini tayyorlash xalq xo`jaligi soxalarini rovojlantirish istiqbollarini aniqlashda esa mexnat yoshidagi aholi xaqidagi bashorat ilmiy asos bo`lib xizmat qiladi. Umuman, iqtisodiyot va aholini ijtimoiy xayotining barcha qirralari istiqbolini rejalshtirishda shu sotsial jarayonlarning qatnashchilari, iste`molchialr va yaratuvhcilari bo`lishi aholi guruhlari xaqidagi demografik bashorat zarurdir. Aks xolda kelajak uchun rejalshtirilgan xar qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayon ijobiy natija bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |