Mavzu: Demografik bashorat va demografik siyosat Reja: Kirish



Download 36,5 Kb.
bet5/7
Sana11.02.2022
Hajmi36,5 Kb.
#443591
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
demografik bashorat va demografik siyosat

XX asrning 20 yillaridan boshlab aholi o`sishining asosiy komponentlari,tug`ilish, o`lim jarayonlaridagi o`zgarishlarni xisobga olgan xolda, takomillashgan uslublar yordamida demografik bashoratlar xisoblana boshlandi. Ana shu yillarda Fransiya, Germaniya, Iraliya, Daniya davlatlari aholisining kelajakdagi miqdori demografik bashoratlar orqali, aniqlandi.
1921 yili EM. Tarsov, S.G. Struminlar 1921-1941 yillar uchun Rossiya aholisining demografik istiqbolini ishlab chiqdilar.
A.S.Novoselskiy, B.B Poevskiy, M.B. Ptux, Yu.A.Korchak-Chepurkovskiy, A.P.Komnko, B.Babaninlar tomonidan xam demografik bashoratlar ishlab chiqilgan. Demografik bashoratning uslublari eas Rossiyalik aholishunos olimlar A.Ya. Boyarskiy B.Tsi. Urlanis, V A. Borisov ishlarida keng o`rin olgan. O`zbekistonda demografik bashoratni ishlab chiqishi asosan 1960 yillardan boshlanadi. Respublikada dastlabki demografik bashoratlar aholishunos olim M.K.Qoraxonov. raxbarligida 1962-1980 yillarda ishlab chiqilgan. Keyinchalik Respublikada Mullajonov, Ubaydullayeva, Ali-Qoriyev, Boriyeva, Maqsakova boshqalar xar tomonlama mukammal bashoratlar ishlab chiqishdi. 30 yilgacha bo`lgan davr uchun xisoblanadi. Ushbu bashoratda aholini tug`ilish va o`lim jarayonlari, aholi migrassiyasida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan o`zgarishlar ilmiy asosda o`rganiladi va bashorat tuzishda xisobga olinadi.
Uzoq muddatli demografik bashoratlar 30-60 yilda qo`llanadi. Bunday bashoratlar aholi tug`ilishi va o`liminign kelajakdagi o`zgarishlar xaqidagi gepotezalarga asoslangan. Uzoq muddatli demografik bashoratga aholi tigrassiyasini xisobga olish bir muncha murakkabroq kechadi. Chunki aholi migrassiyasi ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar bilan bir qatorda jamiyatda, tabiatda yuz bergan yasodifiy jarayonlar bilan xam bog`liqdir. Shu tufayli uzoq muddatli demografik bashoratlarning aniqlik darajasi nisbatan pastroq bo`lishi mumkin.
Demografik bashorat deganda ma`lum HUDUD ahoisining soni, tarkibi va demografik vaziyati istiqbolini itimiy asoslangan holda oldindan aniqlash tushuniladi. Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlar, demografik bashorat zaminida tuziladi. Kelajakda ishlab chiqarish lozim bo`lgan maxsulotlar miqdorini rejalashtirish, aholiga xizmat qiluvchi barcha sotsial sohalarni rivojlantirish uchun avvalo kelajakdagi aholi soni, yosh-jinsiy tarkibi, oilalar sonini bilish lozimdir. Ayniqsa, aholining yosh tarkibi bo`yicha bashorati muxim ahamiyatga egadir. Kelajakda maktabgacha bo`lgan bolalar muassasalari, maktablar, oliy va maxsus o`quv yurtlarini qurilishini rejalashtirish uchun kelajakda qancha bola maktabgacha muassasalariga qatnashi mumkin, qancha bola maktab yoshiga yetishi. qancha bola maktabni tugatib oliy va maxsus o`quv yurtlariga borishi xaqidagi ma`lumotlar zarurdir.
Aholini yosh-jinsiy tarkibi xaqidagi bashorat tibbiy xizmat ko`rsatish tizimining rivojlanishi uchun ham muxim axamiyat kasb etadi. Aholi yosh-jinsiy tarkibi bo`yicha tuzilgan bashorat asosida kelajakda qancha bolalar va ayotlar shifokorlari, aholining keksa guruhiga xyzmat qiluvchi kardiologlar, onkologlar, nevropotologlar kabi muttaxassislar tayyorlash rejalashtiriladi.
Kelajakda, yangi ish o`rinlarini tayyorlash, xalq xo`jaligi sohalarini rivojlantirish istiqbollarini aniqlashda esa mexnat yoshidagi aholi xaqidagi bashorat ilmiy asos bo`lib xizmat qiladi. Umuman, iqtisodiyot va aholini ijtimoiy xayotining barcha qirralari istiqbolini rejalashtirishda shu sotsial jarayonlarning qatnashchilari, iste`molchilari va yaratuvchilari bo`lmish, aholi guruhlari xaqidagi demografik bashorat zarurdir. Aks xolda kelajak uchun rejalashtirilgan har qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayon ijobiy natija bermaydi.



Download 36,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish