Mavzu: de-broyl to’lqinlari. Zarralarning to’lqin xossalari


Mikrozarralar dualizmi. De-Broyl g`oyasi



Download 1,08 Mb.
bet3/8
Sana31.12.2021
Hajmi1,08 Mb.
#248962
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mustaqil ish

2. Mikrozarralar dualizmi. De-Broyl g`oyasi
Yorug`lik dualizmini chuqur anglagan de Broyl foton kabi, tinchlikdagi massasi nolga teng bo’lmagan boshqa mikrozarralar ham to’lqin tabiatiga ega bo’lishi kerak degan g`oyani dadil ilgari surdi.

1924 yil de Broyl «Kvantlarga doir izlanishlar» deb atalgan doktorlik himoyasida, shunday fikrni berdi: «agar yorug`lik nuri ko’p hollarda uzining korpuskulyarlik xususiyatini namoyon etar ekan, nima uchun elektron ham to’lqin xususiyatiga ega bo’lmasligi kerak». Bu fikrni keyin yanada rivojlantirib, o’zining «Fizikada inqilob» kitobida to’lqin xarakterga ega bo’lgan yangi mexanika yaratish kerak dedi. Haqiqatdan ham dastlabki paytda kvant mexanika fani to’lqin mexanika deb atalgan. Natijada de Broylning zarralar dualizmi degan gipotezasi vujudga keldi. Shunday qilib de Broyl mikrozarralar dualizmini nazariyasini ishlab chiqdi va bu nazariyaning miqdoriy munosabatini topdi.

De Broyl g`oyasiga binoan (9.6) formulani harakatdagi istalgan zarraga qo’llash imkoni bo’ldi. Elektron aniq impulsga

(9.7)

ga ega bo’lishi mumkin, bunda m-elektronning relyativistik massasi, v-elektronning tezligi (9.7) munosabatdan ko’rinib turibdiki elektronga v- chastotaga ega bo’lgan to’lqinga xarakteristika berdik. (9.7) tenglikdan elektronning to’lqin uzunligi



(9.8)

ga teng. Shunday qilib, de-Broyl gipotezasiga binoan elektron to’lqin xossaga ega va uning to’lqin uzunligi (9.8) munosabatdan topiladi.

Kvant mexanikada - chiziqli chastota o’rniga odatda burchak chastota ishlatiladi. Shunga ko’ra h- ni o’rniga Pol Dirak tomonidan kiritilgan (xash chiziqli) doimiylik

(9.9)

ni olamiz. (9.9) ni e’tiborga olsak, u holda (9.8) formulani



(9.10)

ko’rinishda yozish mumkin bo’ladi.

(9.9) va (9.10) ifodalardagi -to’lqin uzunlik de Broyl to’lqin uzunligi deyiladi.

Harakatdagi zarralar uchun (9.10) munosabatdan bir qator foydali munosabatlar keltirib chiqarish mumkin.

Maxsus nisbiylik nazariyasiga ko’ra relyativistik impuls

(9.11)

formula bilan aniqlanadi. (9.11) ifodani (9.8) ga ko’ysak



,

bundan


, da

ni hosil qilamiz.

Xuddi shuningdek uni zarraning kinetik energiyasi bilan bog`lasak, bo’lgani uchun

(9.12)

ifodani topamiz.

Norelyativistik elektronlar uchun

(9.13)

Bo’lgani uchun



(9.14)

munosabatni eksperimentator-fiziklar qo’llaydi. -tezlantiruvchi potenstial. Elektronlar 150 V ga teng potenstial ayirma bilan tezlantirilganda de-Broyl to’lqin uzunligi bo’ladi. Bu to’lqin uzunlik yumshoq rentgen to’lqin uzunliklariga to’g`ri keladi.

Agar elektronlar dastasi to’lqin xususiyatiga ega bo’lsa, u kristalldan rentgen nurlari kabi qaytishi kerak. Bregg-Vulfni

(9.15)

formulasiga ko’ra tezlantiruvchi potenstial



(9.16)

Konkret tajribada D-o’zgarmas son.

Devisson-Jermer tajribasida D uchun olingan formula yaxshi bajarilishi aniqlandi. Bu tajribada de-Broyl munosabatini nihoyatda to’g`ri ekanligini tasdiqladi. Zarralarning to’lqin xossasi haqidagi g`oya kvant mexanika negizini tashkil qiladi. Korpuskulyar-to’lqin dualizmi universal xarakterga ega ekanligi qarama-qarshiliklar bir butunligi qonuniga mosdir. Zarra va to’lqin ko’p jihatdan bir-biridan farq qiladilar. Masalan, monoxromatik to’lqin fazoda cheksiz, zarra esa aksincha fazoning biror qismida joylashgan. Bu qarama-qarshilik doimo bordir.

Misol. Konkret zarralar uchun de-Broyl to’lqin uzunligini hisoblaylik. Avval makroskopik jism uchun de-Broyl to’lqin uzunligini hisoblaylik.

Futbol koptogini massasi bo’lsin va futbolchi bu to’pni tepganda uning tezligi etsin. Harakatdagi koptok bilan bog`langan to’lqinning de-Broyl to’lqin uzunligini toping.

Echish: .

–shunday kichik sonki, uni hech qanday tajribadan aniqlab bo’lmaydi.

Endi mikro dunyo zarrasini olaylik. Elektronning tezligi koptok tezligiday bo’lsin, u holda



Elektron bilan bog`langan bu to’lqin uzunlikni tajribada engil o’lchash mumkin.





Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish