Mavzu: Davlatga tegishli elektron hukumati partalini vizual va amaliy tahlil qilish
2013 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan «bir darcha» rejimida faoliyat ko’rsatmoqda. Yagona portal davlat organlari tomonidan ko’rsatiladigan, shu jumladan pulli asosda ko’rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi. Yagona portalning asosiy vazifalari: foydalanuvchilarga davlat organlariga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish; foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tsohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash; foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o’zaro hamkorligi tsamaradorligini oshirish; davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik to’siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish; «elektron hukumat»ni yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko’maklashish. Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida interaktiv davlat xizmatlari olishda foydalanuvchining shart-sharoitlarini rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo’ljallangan. Yagona portal orqali foydalanuvchiga bir tomonlama va ikki tomonlama shakldagi interaktiv davlat xizmatlari, shuningdek davlat organlari tomonidan ko’rsatiladigan tranzaksion xizmatlar ko’rsatiladi. 2017 yil 1 fevral holatiga ko’ra, portalga kelib tushgan murojaatlar soni 1036278 tani tashkil etdi. 2013 yilda yana bir portal «E-kommunal.uz» ishga tushdi. Bu portal uy-joy kommunal xizmatlari sohasidagi umumiy axborot infratuzilmasi bo’lib, u aholi, nazorat organlari va uy-joy mulkdorlari shirkatlari, shuningdek, kommunal xizmatlar o’rtasida axborot almashinuvini soddalashtiradi. Portal orqali foydalanuvchilar kommunal xizmatlarining amaldagi tariflari bo’yicha elektron kalьkulyator yordamidan foydalanishlari, shaxsiy xisob raqamlarini kiritib, balanslarini tekshirib olishlari, qarzdorlik mavjud bo’lgan hollarda to’lovni onlayn usulda amalga oshirishlari mumkin. 2016 yil holatiga ko’ra saytga 2518 ta murojaat kelib tushgan.2 Bugungi kunda statistika, soliq va boshqa moliyaviy hisobotlarni tadbirkorlik sub’ektlaridan elektron ko’rinishda yig’ish va qayta ishlash tizimi ham tobora rivojlanib bormoqda. Xususan, Davlat soliq qo’mitasining «soliq.uz» saytidan har qanday soliq to’lovchi – yuridik va jismoniy shaxslar – maslahat olishi, elektron ko’rinishda soliq hisoboti yoki daromadlar haqida deklaratsiya topshirishi, o’z STIRini tasdiqlatishi mumkin. Bugungi kunda davlat statistika qo’mitasi rasmiy sayti www.stat.uz orqali 11 ta interaktiv davlat xizmatini ko’rsatmoqda. Davlat statistika hisobotlarini elektron shaklda taqdim etish, O’zbekiston Respulikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning amalda qaror topgan asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari to’g’risida axborotlar taqdim etish, korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri bo’yicha axborotlarni taqdim etish, davlat statistika hisobotlari shakllari blankalarini taqdim etish, statistik klassifikatorlar bo’yicha axborotlar taqdim etish va shu kabi boshqa xizmatlar shular jumlasidandir. Hozirgi kunda davlat organlarida foydalanuvchilarni qiziqtirishi mumkin bo’lgan ulkan axborot resurslari massivlari shakllangan. Davlat organlarining ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan axborotlarini ochiq ma’lumotlar sifatida e’lon qilinishi ochiq davlat boshqaruvining asosidir. Ochiq ma’lumotlarning e’lon qilinishi va ulardan foydalana olish imkoniyatining yaratilishi tufayli davlat organlari faoliyatining shaffofligi, jamoat nazoratini amalga oshirish imkoni, shuningdek jismoniy shaxslar va tadbirkorlar uchun yangi xizmatlar yaratilishi ta’minlanadi. Davlat organlari faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar va axborotlarni ochiq ma’lumotlar ko’rinishida e’lon qilinishi ulardan turli axborot resurslarini shakllantirishda manbaa sifatida va axborot tizimlarini, shuningdek, ham davlat organlari, ham tadbirkorlik sub’ektlari uchun xizmat va ilovalar yaratishda foydalanish mumkin. Internet tarmog’ida ochiq ma’lumotlar uchun "yagona nuqta" vazifasini bajaruvchi O’zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali ishga tushirilgan bo’lib, uning asosiy maqsadi qayta ishlash va tahlil qilish uchun mos formatlarda davlat organlari faoliyati to’g’risida ma’lumotlarni taqdim etishdan iborat. Portal O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 avgustda qabul qilingan 232-son qarori asosida faoliyat yuritadi. Bugungi kunga kelib, portaldagi ma’lumotlar soni 2216 tani, ma’lumotni portalga taqdim etgan tashkilotlar soni 120 tani tashkil etib, 737757 ta fayl foydalanuvchilar tomonidan yuklab olingan.3 Aholining huquq ijodkorligi jarayonidagi ishtiroki fuqarolik jamiyatining o’ziga xos belgisidir. Bugungi kunda zamonaviy axborot kommunikatsiyasi texnologiyalari har bir fuqaroga davlat boshqaruvida ishtirok etishning deyarli barcha bosqichlarida qatnashish imkonini yaratib bera oladi, huquq ijodkorligi ham shular jumlasidandir. Mamlakatimizda so’nggi yillarda davlat boshqaruvini demoklashtirish va fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilgan loyixalar qatoriga O’zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi Regulation.gov.uz portalini misol keltirish mumkin.
Elektron hukumat tizimining mamlakatda muvaffaqiyatli amalga
oshirilganligini quyidagi 4 ta maqsadlarning bajarilganligi asosida
baho berish mumkin:
- Onlayn hukumat xizmati
- Qog’ozsiz hukumat
- Bilimga asoslangan hukumat
- Shaffof hukumat
Ushbu to’rtta maqsadlarga erishish uchun elektron hukumat tizimi hukumatning bir necha darajalarida tashkillashtirilgan bo’lishi lozim. Hukumat boshqaruvining har bir darajasida bajariladigan 3 ta asosiy vazifalar mavjud: (1) innovatsion fuqaro xizmatlari (G2C); (2) innovatsion
biznes xizmatlari (G2B); (3) innovatsion hukumat ichidagi ishlari (G2G, G2E). Elektron hukumatining bir necha qirralari mavjud va foydalanuvchilar va ularning o’zaro munosabatlari asosida quyidagicha xarakterlanadi. - Davlatfuqarolarga (G2C) fuqarolar turli ma’lumotlar, xizmatlar va boshqa imkoniyatlar bilan ta’minlanadilar. - Davlatbiznesga (G2B) hukumat va biznes o’rtasidagi munosabatlar va o’zaro bir qator aloqalarni ta’minlaydi. - Davlatdavlatga (G2G) davlat ichida ѐki davlat idoralari o’rtasidagi turli axborotlarni almashish va hamkorlikni qo’llab-quvvatlashni ta’minlash.
- Davlatxodimlarga (G2E) ichki jaraѐnlarini soddalashtirish va fuqarolik xizmati, davlat va uning xodimlari o’rtasidagi aloqa boshqaruvini osonlashtirish orqali unumdorligini oshiradi. Fuqarolar bilan o’zaro munosabati nuqtai nazaridan va ko’rsatilaѐtgan xizmatlar ko’rinishi jihatidan elektron hukumat tizimi xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha mantiqan ikki qismga ajratilishi mumkin: ofis-oldi va ofis-orqasi. Elektron hukumat tizimi turli xizmatlarni ko’rsatishning ofis-oldi ko’rinishida xizmatlarni yetkazib berish, axborot va xizmatlarini yetkazib beruvchilarni ko’rishi, davlat bilan fuqaro va biznes o’zaro munosabatlarini ko’rish va boshqarishni anglatadi. G2B hukumat va biznes o’rtasida turli operatsiyalarni o’z ichiga oladi, G2C esa, fuqarolarga axborot tarqatishni va davlat xizmatlarini yetkazib berishni o’z ichiga oladi. AKT asosida faollashtirilgan G2C xizmatlar hukumat tomonidan axborot almashish tizimi va fuqarolar uchun bir-oyna onlayn portali orqali axborot va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun imkoniyat yaratuvchi ilovalar orqali yetkazib beradi. Bunday portal fuqarolar uchun quyidagi xizmatlarni taqdim etishi mumkin2: - Turli ruxsatnomalar/litsenziyalar va sertifikatlar berish;
- Qonun/ma’muriy ogohlantirishlar va tegishli qonunlar haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash;
- To’lov xizmatlari, soliqlarni qaytarish va ijtimoiy kommunal to’lovlar;
- Elektron maslahat, elektron muxokama, elektron saylov orqali davlat ishlarida ishtirok etish imkoniyatlarini berish.
Fuqaroga yo’naltirilgan portalni va jamoat ma’lumotlarini almashish tizimini, jamoatni boshqarish, yashovchilarni xisobga olish, ko’chmas mulk xisobi, avtomashinalarni ro’yxatga olish, soliq va sug’urtalarkabi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan asosiy ma’lumotlar bazasini yaratish va ularni bir-biriga bog’lash ishlarini amalga oshirish. Elektron G2B xizmatlar korporativ fuqarolik ma’muriy ishlar, sanoat axborot ta’minlanishi va turli soliq va davlat to’lovlari uchun xaridlar, taklif va mukofotlar, to’lov xizmatlar, elektron operatsiya xizmatlarini o’z ichiga oladi. Boshqa xizmatlardan farqli, quyidagi AKT ilovalar samarali elektron G2B xizmatini yetkazib berish uchun talab etiladi:
- Integratsiyalashgan elektron xaridlar tizimida ro’yxatga olish, tender, shartnoma va barcha xaridlari bilan bog’liq jaraѐnlar, yagona-oyna davlat xaridlari tizimi orqali amalga oshiriladi.
- Elektron bojxona tizimi - import va eksport jaraѐnlaridagi bojxona boshqaruvini qog’ozsiz amalga oshirish hamda bojxona tomonidan noqonuniy xizmatlarni ko’rsatishga qarshi vosita deb belgilab beradigan tizim.
- Elektron savdo tizimi tovarlar va xizmatlar savdosini qo’llab- quvvatlovchi onlayn tizim.
Ofis-orti xizmatlari. Asosan xukumat asosiy jaraѐnlarini, jamoatchilik uchun ko’rinmasligi va bir davlatning ichki jaraѐnlarini o’z ichiga oladi. Davlatlarda elektron hukumatni amalga oshirish bir necha ofis-orti tizimlari islohotlari bilan hamohang ravishda olib borilishi lozim.
Elektron hukumatda bunday islohotlar elektron hukumat tizimi muvaffaqiyatli bo’lishi uchun zarur omillar xisoblanadi. Elektron G2G ichki xizmatlarni yetkazib berish jaraѐnlarini soddalashtirish va samaradorlikni oshirish uchun xizmat qiladi. Mos ravishda AKTdan foydalanish orqali davlat ish jaraѐnlari quyidagi natijalarga ega bo’lishi kutiladi:
- Markaziy va maxalliy davlat tashkilotlari xisobot tizimlarining bog’langanligi tizimning to’g’ri va aniq ravishda so’rovlarni qabul qilishiga
olib keladi;
- Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarning alamashishi xizmat
ko’rsatuvchi tizim samaradorligini oshishiga sababchi bo’ladi;
- Davlat organlari orasidagi g’oya va resurslarni o’zaro ishlatish;
- Onlayn hamkorlik tizimi orqali qaror qabul qilishda hamkorlik qilish.
Davlat idoralarida hujjat aylanishini elektronlashtirish va hukumatning qog’ozsiz amaliѐtlar tomon harakati G2Gning asosiy tashabbusi xisoblanadi. Elektron xujjat almashinuvini kiritish ma’lumortlarni tezroq, ko’proq, samarali, xavfsiz va ishonchli boshqaruvi asosida amallarni bajarishga olib kelishi kutilmoqda. Quyida Koreya Respublikasida G2G xizmatlariga misol keltirish mumkin.
AKT sohasining iqtisodiyotdagi salohiyatiga qarab, u yoki bu davlatning rivojlanish darajasiga baho berish mumkin. Jahondagi juda ko‘plab davlatlar hukumatlari tomonidan AKT milliy iqtisodiyot, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning o‘sishi va rivojlanishida, shu sohadagi loyihalarni chuqurlashtirishda muhim omil bo‘lishi tan olingan.
O‘zbekistonda ham dunyoning boshqa rivojlangan mamlakatlari singari AKT sohasini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Respublikamizda AKT sohasining me’yoriy-huquqiy asosini shakllantirish, sohadagi boshqaruv va ijro organlari ishlarini takomillashtirish, AKTni rivojlantirish va uni iqtisodiyotning barcha sohalariga tatbiq qilish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Bu sohadagi keng miqyosli o‘zgarishlarda, ko‘plab loyihalarning nihoyasiga yetkazilganligida o‘z aksini topmoqda. AKTni rivojlantirish uchun birinchi navbatda, ushbu sohaga yetarli miqdorda sarmoya kiritish, sohaning xizmat ko‘rsatishdan tushgan mablag‘laridan samarali foydalanish va ularni o‘zlashtirish, yangi va ustuvor loyihalarni moliyalashtirish dolzarb amallardan biridir.
Masala naqadar muhimligi hisobga olingan xolda hamda AKT sohasini rivojlantirish, ustuvor ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyixalar, axborot texnologiyalar, ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtirish, sohaga sarmoyalarni kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 23 iyundagi hamda 2002 yil 30 maydagi Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 28 avgustdagi hamda 2002 yil 23 sentabrdagi qarorlariga asosan O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi qoshida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilgan edi.
Bu muhim voqeaga ham 10 yil bo‘ldi. Bu yil Jamg‘arma o‘zining qutlug‘ bayrami — tashkil etilganligining 10 yilligini nishonlaydi. O‘tgan vaqt mobaynida Jamg‘arma tomonidan Respublikamizda aloqa va AKT sohasini rivojlantirish va AKTni iqtisodiyotning turli sohalari va ijtimoiy hayotga tatbiq etish bo‘yicha diqqatga arzigulik va e’tiborli ishlar amalga oshirildi. Avvalo shuni aytish kerakki, o‘tgan vaqt mobaynida (1997-2007 yillar) Jamg‘arma tomonidan jami 31 215,75 million so‘mlik miqdorida mablag‘ yig‘ildi. Bu mablag‘larning yillar davomida tushishining o‘zgarish dinamikasi quyidagi diagrammada ko‘rsatilgan (1997-2007 yillar).
Ushbu chizmadan ko‘rinib turibdiki, yildan-yilga Jamg‘armaga mablag‘larning tushishi ortib bormoqda, lekin 2006 yilda bir nechta uyali aloqa kompaniyalari faoliyati o‘zgarishi va ba’zilarining umuman, faoliyat to‘xtatishi sababli shu yili Jamg‘arma mablag‘larining asosini tashkil etuvchi tushum — litsenziyalardan keladigan tushumlar kamaygan.
Jamg‘armaga 1997-2007 yillar mobaynida mablag‘lar quyidagi manbalardan tushgan:
• davlat ulushi bo‘yicha dividendlarning 25 foizi (2002 yilgacha) — 893,74 mln. so‘m;
• aloqa obyektlarini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larning 40 foizi (2002 yilgacha) — 1523,78 mln. so‘m;
• faoliyatni amalga oshirish uchun beriladigan litsenziyalar uchun to‘lanadigan davlat bojining yarmi — 13740,34 mln. so‘m;
• yuridik shaxslarning beg‘araz moliyaviy yordami — 6754,85 mln. so‘m;
• jarimalarni undirishdan tushgan mablag‘larning yarmi — 139,35 mln.so‘m;
• moliyaviy faoliyat natijasida — 595,86 mln. so‘m;
• qarzlarni qaytarish hisobidan — 7567,83 mln. so‘m.
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish turlari bo‘yicha taqsimlanish chizmasi quyidagi rasmda keltirilgan (1997-2007 yillar).
O‘tgan davr mobaynida Jamg‘arma tomonidan uning Nizomida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarni moliyalashtirish uchun jami 28397,84 mln. so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan. Jamg‘arma ishini yaxshilash, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, hujjatlarni rasmiylashtirish, qarz yoki moliyaviy yordam olish jarayonlarini yengillashtirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Buning natijasida faqatgina sohadagi yuridik shaxslarga emas, balki AKT sohasini rivojlantirishga qaratilgan o‘rta va kichik biznes vakillariga ham «Aloqabank»da Jamg‘armaning ochilgan kredit liniyasi bo‘yicha kredit berish imkoni yaratildi. Ushbu kredit liniyasi orqali uzoq aholi maskanlari, kichik shahar va qishloqlarda ham AKTni rivojlantirish imkoni tug‘ildi. Hozirgi kunda Jamg‘arma tomonidan sarmoyalar, korxonalarga ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam uning Nizomida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha ijtimoiy ahamiyatga ega va ustuvor bo‘lgan loyihalarga maxsus tashkil etilgan komissiya va Jamg‘arma Kengashi qaroriga asosan yo‘naltirilmoqda. Moliyaviy resurslardan bu holda foydalanishning iqtisodiy samaradorligi markaziy moliyalashtirishdan ko‘ra yuqori bo‘lyapti.
O‘n yil tarix uchun ko‘p vaqt emas. Lekin shu qisqa davr mobaynida aholining aloqa va axborot texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish borasida anchagina ishlarni amalga oshirishga erishdik. Jumladan, pochta aloqasi universal xizmatlari uchun ko‘rilgan 300 mln. so‘m miqdoridagi zarar qoplandi, pochta va elektr aloqasida pul o‘tkazish, to‘lov hisob-kitobi, nazorat tizimi va boshqa ko‘pgina jarayonlar avtomatlashtirildi, joylarda tabiiy ofatlar oqibatini tezda bartaraf etish, normal aloqa uzatish xolatini tiklash uchun mablag‘ ajratildi, radioaloqa, televideniye, telekommunikatsiya uskunalari modernizatsiya qilindi.
Natijada aloqa tarmog‘i yangilanib, sifati yaxshilandi, katta ishlab chiqarish maydonlari bo‘shatildi va umumiy xarajatlar kamaydi. 400 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ axborot texnologiyalarini rivojlantirishga sarflandi, pochta aloqasi xodimlarining mehnat sharoitlarini yaxshilashga, ular uchun poyabzal, velosiped, transport vositalarini sotib olish uchun 160 mln. so‘m ajratildi, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish, AKT sohasida ta’lim berish, o‘qitish jarayonlarini takomillashtirishga, ushbu sohadagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining moddiy texnika-bazasini kengaytirish, rivojlantirishga mablag‘ ajratildi.
Olingan kreditlar bo‘yicha qarzlarning bir qismini qoplash orqali «O‘zbektelekom» AKning moliyaviy ahvoli yaxshilanishiga va natijada aksiyadorlik kompaniyasi ish faoliyati yanada rivojlanishiga erishildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida sohani rivojlantirishga beg‘araz yordam sifatida 400 mln. so‘m miqdorida mablag‘ sarflandi. Jamg‘arma tomonidan uning Nizomida ko‘rsatilgan aloqa va AKT sohasini rivojlantirishga qaratilgan yo‘nalishlarni moliyalashtirish orqali o‘tgan davr ichida erishilgan yutuqlar ham quvonarlidir. Masalan, iqtisodiy samaradorligi past bo‘lgan qishloq joylaridagi liniya-kabel xo‘jaliklarini kengaytirish orqali aholi telefon aloqasi bilan sifatli ta’minlanganligi, yer silkinishi natijasida Qamashi tumanidagi aloqa uyidagi vaqtinchalik ish to‘xtashining Jamg‘arma tarafidan RRL stansiyasini olib berishga ajratilgan beg‘araz mablag‘ tufayli bartaraf etilishi, bu boradagi ishlarning bir qismi xolos. Shuningdek, o‘tgan davr mobaynida Toshkent telegraf-telefon stansiyasi» filialiga o‘rnatilgan yangi ma’lumotlarni uzatish tizim va qurilmalari, ushbu korxona ishlab chiqarish maydonining 1/3 qismini ozod qildi, shuningdek, elektr quvvati va ishchi kuchlarining tejalishi natijasida katta iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Shuni tan olish kerakki, xat-xabar va gazetalarning respublika bo‘ylab, pochta orqali mijozlarga o‘z vaqtida yetkazilishi pochta xodimlarining kiyim-boshlar, poyabzal va velosipedlar, aloqa bo‘limlarining texnika vositalari bilan ta’minlanganligidandir. Shuningdek, pochta bo‘limlaridagi moliyaviy hisobotlarni, pensiya to‘lovlarini nazorat qilishda kompyuter texnologiyalari yordamida tashkillashtirilgan va avtomatlashtirilgan tarmoqlar o‘z samarasini bermoqda. Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazida uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalarni va antenna machtalarini qayta ta’mirlash ishlari bajarildi, shuningdek, ToshRTUMga zaxira dizelli elektr generatori o‘rnatildi va texnik xavfsizlik, yong‘inga qarshi, portlovchi va texnogen moddalardan saqlanish tadbirlariga oid uskuna va asboblar bilan ta’minlanib, obyektlar uzluksiz ishlamoqda.
Sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini rivojlantirish, shuningdek kompyuter va axborot texnologiyalaridan keng foydalanishga asoslangan o‘qitishni ta’minlash bilan aloqa va axborotlashtirish yo‘nalishidagi yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar qoniqtirilmoqda. TATU o‘quv bazasining kengayishi munosabati bilan bakalavr va magistrantlarning bilim darajasi oshayotganligi soha mutaxassislari tomonidan korxonalarda o‘tkazilayotgan attestatsiya komissiyalari paytida o‘z isbotini topmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ini modernizatsiyalash va rivojlantirish dasturiga binoan UzPAK korxonasining Belam/inc korporatsiyasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ini modernizatsiyalash va rivojlantirish loyihasining amaliy natijasi sifatida korxonaning oldiga qo‘yilgan vazifalari to‘liq amalga oshirilayotganligi quvonchlidir.
«Respublika maxsus aloqa bog‘lamasi» davlat unitar korxonasining telekommunikatsiya tarmoqlaridagi operatorlar va provayderlar tomonidan ko‘rsatiladigan universal aloqa xizmatlarini rivojlantirib, SORM dasturi amalga oshirilib, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi Internet tarmog‘ida www.uz milliy axborot qidiruv tizimini ishlab chiqish va tatbiq etish yanada rivojlanmoqda; Sohadagi ustuvor, ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar hamda axborot texnologiyalari va ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida «Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash markazini tashkil etish» loyihasini moliyalashtirish uchun Jamg‘arma Kengashining navbatdan tashqari majlisi chaqirilib ijobiy qarorga erishildi.
Shuningdek «Internet tarmog‘ida www.uz milliy axborot qidiruv tizimini ishlab chiqish va tatbiq etish» loyihasi uchun Jamg‘arma Nizomida ko‘rsatilgan «Aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalar sohasida xizmatlarning yangi turini ishlab chiqish va joriy etish hamda respublikaning butun hududida milliy va xalqaro axborot tarmoqlaridan yuqori tezlikda foydalanish» yo‘nalishi bo‘yicha Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi UZINFOCOMga moliyaviy yordamlar ko‘rsatildi.
Aytib o‘tilgan yutuqlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham borki, bu sohadagi ko‘plab korxonalar Jamg‘arma mablag‘larini ishlatish, undan foydalanishga, olingan qarz va foizlarni o‘z vaqtida to‘lash kabi masalalarga bee’tiborliklarida, ko‘p holda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yayotganliklarida namoyon bo‘lmoqda. Natijada Jamg‘armaga tushadigan mablag‘larning davriyligi, to‘liqligi buzilmoqda, rejalangan ishlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar tug‘ilmoqda.
O‘tgan vaqt mobaynida Jamg‘arma tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinsa, ishonch bilan aytish mumkinki, sohaga sarmoya kiritishda, sohadagi ustuvor va ahamiyatli loyihalarni amalga oshirishda, kompyuterlashtirish va AKT ni rivojlantirishda, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda va ushbu sohadagi boshqa ko‘pgina yo‘nalishlarni rivojlantirish va takomillashtirishda Jamg‘armaning qo‘shayotgan hissasi beqiyosdir. Sohadagi deyarli barcha korxona va tashkilotlar, o‘quv yurtlari, kichik va o‘rta biznes vakillari Jamg‘arma mablag‘laridan keng foydalanishgan. Buning natijasida ularning moddiy-texnik bazasi kengaydi, yangi zamonaviy texnika va texnologiyalar o‘rnatildi, aholiga qulayliklar yaratildi. Eng muhimi — respublikamizning aloqa va AKT sohasi rivojlanib, xalqimizga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatini oshirishga, ularga yangi va qulay narxlarda xizmat ko‘rsatilmoqda.
Jamg‘armaning kelgusi vazifalari yana ham salmoqli. Bular Jamg‘armada ma’lumotlar bazasini rivojlantirish, avtomatlashtirilgan xizmat ko‘rsatish dasturini yaratish, sohadagi korxona va tashkilotlarga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillariga ko‘rsatiladigan xizmatlar soni va sifatini oshirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |