2016 y.
2017 y.
1.
Elektron katalogda tuzilgan bitimlarning hajmi,
mlrd.
so‘m
46,7
71,6
59,5
2.
Moliyaviy mablag‘larining tejalishi, mlrd. so‘m
12,0
28,1
35,4
3.
Boshlang‘ich
bahoga
nisbatan
moliyaviy
mablag‘larning tejalishi,
foizda
20,4
28,2
37,3
32
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 26 martdagi 69-sonli “O‘zbekiston Respublika tovar-
xom ashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yo‘li bilan tadbirkorlik sub’ektlaridan eng zarur
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori
49
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustdagi PQ-3237-sonli Qarori bilan
O‘zRTXBda o‘tkaziladigan elektron katalog savdolari bekor qilindi, 2018 yil aprel oyidan
takomillashtirilgan elektron auksion tizimi joriy etildi
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, davlat xaridlari tizimida elektron
katalog orqali savdolarini joriy qilinishi natijasida 2015 yilda byudjet mablag‘larining
12 mlrd.so‘mi yoki byudjet tashkilotlarida ushbu tovar(ish,xizmat)larni sotib olish
uchun rejalashtirilgan mablag‘larning 20,4 foizi, 2016 yilda 28,1 mlrd.so‘m (28,2 %),
2017 yilda 35,4 mlrd.so‘m (37,3 %) byudjet mablag‘i tejaldi.
Davlat xaridlari tizimining rivojlanishining
uchinchi bosqichi 2017 yil 23 2018
yil 9 aprelgacha bo’lgan davrni
qamrab oladi. O‘tgan yillar davomida elektron
auksion savdolarini tashkil etish orqali davlat va korporativ xaridlarining ochiqligi va
shaffofligini ta’minlash uchun ularni takomillashtirish choralari ko‘rildi.
Mamlakatimizda davlat va korporativ xaridlari mexanizmini yanada
takomillashtirish, tender savdolarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash bo‘yicha
izchil va kompleks ishlar amalga oshirildi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridi bo‘yicha,
shu jumladan, investitsiya loyihalari doirasida ko‘p pog‘onali idoralararo tender
komissiyalari tashkil etildi. Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil ko‘rsatdiki, davlat va
korporativ xaridlarining hamda tender savdolarini tashkil etishning amaldagi tartibi
zamonaviy talablarga javob bermaydi, turli xil korrupsiya ko‘rinishlari uchun sharoit
yaratadigan ko‘plab kelishish bosqichlari, bir-birini takrorlaydigan tartib-taomillar va
sansalorlik holatlari mavjud. Bundan tashqari, tender jarayonlarining cho‘zilishi, narx-
navoni manipulyatsiya qilish, tovarlarning sifati, tavsifi haqidagi ma’lumotlarni buzib
ko‘rsatish va elektron savdoda tuzilgan bitimlar bo‘yicha tovarlarni etkazib bermaslik
holatlari ko‘plab kuzatildi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridining amaldagi
me’yorlari va tartibi tovar-moddiy boyliklar, shu jumladan, ularning eng zarurlari
(kantselyariya buyumlari, kompyuter texnikasi va avtotransportni ta’mirlash) bilan
normal va barqaror ta’minlashda qiyinchiliklar tug‘dira boshladi.
50
Qolaversa, amaldagi tartib xorijiy va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari
hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy investitsiya loyihalari amalga oshirilishining
ham kechiktirilishiga sabab bo‘lmoqda edi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlari tizimini tubdan
takomillashtirish, ushbu sohada suiiste’molchilik holatlarining oldini olish,
shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga
oshirish maqsadida 2017 yil 23 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning
zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-
3237-sonli Qarori qabul qilindi.
Qaror o‘zida:
-
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan,
bitta kontrakt bo‘yicha 5 million AQSh dollaridan yuqori ekvivalentdagi investitsiya
loyihalari doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning xaridi yuzasidan tarmoq idoralararo
tender komissiyalarini tugatishni;
-
loyiha tashkilotlari tomonidan tayyorlangan tender va loyihaoldi hujjatlarini
taklif etilayotgan texnologiya va asbob-uskunalar bo‘yicha texnologiya, asbob-
uskunalarni tanlash va narxlarni shakllantirish qismida ekspertizadan o‘tkazish
funktsiyasini bajaradigan ixtisoslashgan tarmoq ekspert kengashlarini tugatishni;
-
bitta kontrakt bo‘yicha 300 AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha
ekvivalentdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini
O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan tashkillashtiriladigan
elektron savdolar orqali amalga oshirishga oid talabni bekor qilishni nazarda tutadi.
Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish maqsadida yangidan tashkil
etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy
agentligiga resurslar yagona milliy ma’lumotnomasi va davlat xaridlari yagona axborot
portali yaratilishi hamda 2018 yil 1 yanvardan ishga tushirilishini ta’minlash,
shuningdek, qisqa vaqt mobaynida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish topshirildi.
51
Qolaversa, 1 ming AQSh dollaridan kam bo‘lgan bitta kontrakt - narxi, sifati va
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni etkazib berish muddati bo‘yicha eng maqbul keladigan
shartlarni taklif qilgan etkazib beruvchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish
orqali; 1 mingdan 100 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan bitta kontrakt - buyurtmachi
tuzadigan idoraviy tanlov komissiyalari tomonidan baholanadigan eng maqbul
takliflarni tanlab olish orqali; 100 ming AQSh dollaridan yuqori miqdordagi bitta
kontrakt -buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha
davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
«O‘zInjiniring» Respublika loyiha instituti, shuningdek, buyurtmachining tarmoq
ilmiy-texnik kengashlarining vakillarini majburiy jalb etgan holda tuziladigan
idoralararo tanlov (tender) komissiyalari tashkil etadigan tanlov (tender) savdolarini
o‘tkazish orqali amalga oshiriladigan bo‘ldi.
Shu bilan birga, qarorda davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining
mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida ularning tender savdolarini tashkil etish bo‘yicha
talablarni buzganligi hamda o‘tkazilgan davlat va korporativ xaridlarining maqsadga
muvofiqligi uchun jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan shaxsiy javobgar bo‘lishi
ko‘rsatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qabul qilingan qarori davlat va
korporativ xaridlarining ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va loyiha
boshqaruvi tamoyillaridan foydalanishga asoslangan zamonaviy shakl hamda
uslublariga bosqichma-bosqich o‘tish yo‘lidagi yana bir qadam hisoblanadi.
Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va takomillashtirish yuzasidan
qabul qilingan mazkur Qaror bilan amaliyotga kiritilgan o‘zgarishlarni quyidagi 4-
jadvaldagi solishtirma tahlil orqali yanada aniqroq ko‘rishimiz mumkin.
52
Do'stlaringiz bilan baham: |