Shriftlar OʻzDST2.304 – 97. 2.4. Shriftlar. Sanoat, qurilish va oʻquv yurtlarida bajariladigan barcha chizmalarva texnikaviy hujjatlarning yozuvlari O’zDST2.304 – 97da belgilangan shriftlar (harflar, raqamlar va shartli belgilar) da bajariladi. O’zDST2.304 – 97 boʻyicha standart chizma shriftlariga rus, lotin, va yunon alfavitlari, arab va rim raqamlari, shuningdek shartli belgilar qabul qilingan. Standartda oʻlchamlari: 1.8, 2.5, 3.5, 5, 7, 10, 14, 20, 28, va 40 boʻlgan shriftlar qabul qilingan. Shriftlar quyidagi parametrlardan tashkil topgan.Shriftning oʻlchami h-bosh harflarning mm da belgilangan balandligi boʻlib satr asosiga perpendikulyar qilib oʻlchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |