1991-yil fevral — mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida ishlashning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Boltiqbo‘yi respublikalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakillari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo‘lib qatnashdi. Bu bosqichda Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab qo‘yishga harakat qilindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar vakolatlari belgilab qo‘yilgan yangi shartnoma loyihasi matbuotda e’lon qilindi. Respublikalarda mazkur loyiha muhokama qilindi. Respublikalar, jumladan O‘zbekiston, markaziy idoralar hali o‘zining eskicha hukmron mavqeyini saqlash ruhi singdirilgan bu hujjatdan qanoatlanmaganliklarini bildirdilar.
SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o‘zgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yangilash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991-yil 17- mart kuni Butunittifoq referendumini o‘tkazishga qaror qildi.
I.A. Karimov favqulodda holat davlat qo‘mitasi faoliyatiga o‘z munosabatini bildirmagan qo‘rqoq va prinsipsiz mavqeda turgan KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab kommunistlarning sha’ni va qadr-qimmatini zarba ostiga qo‘yganini qoraladi. Buning ustiga respublika kommunistlarini chalg‘itishga va davlat to‘ntarishini qo‘llab- quvvatlashga majbur qilishga urinish bo‘lganini oshkora aytdi.
I.A. Karimov bundan keyin KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy Byurosining tarkibida qola olmasligi to‘g‘risida bayonot berdi. Mazkur Bayonotni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ byurosi va Markaziy nazorat komissiyasi rayosati ma’qulladi.
O`zbekiston xalqining istiqlol yillarida erishgan eng katta yutug`i mamlakatda o’rnatilgan tinchlik, osoishtalik, tartib-intizomdir. Respublika aholisining mutloq aksariyati (97,5 foizi) bunday sharoitga bevosita I.A.Karimovning yetakchiligida erishildi deb hisoblaydi. I.A.Karimov yangi davrning jahon miqyosidagi davlat arbobi. O`zbekiston xalqining buyuk yo`lboshchisi, mamlakatininggina emas, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning bir qancha nishonlari va unvonlari bilan taqdirlangan.
Dunyo mamlakatlarida yangi jamiyat qurishning "O’zbek modeliga" uning asoschisi va yetakchisi Islom Abdug`aniyevich Karimovning siyosiy chizmasiga qiziqish ortib bormoqda. Amerika Qo`shma Shtatlarida chiqadigan nufuzli "Novoye russkoye slovo" haftanomasi (Qarang: "Moskovskiye novosti". 4-son, 1993-yil 10-oktabr). I. Karimovni Mustaqil davlatlar hamdo`stligining ko’p rahbarlariga namuna qilib ko’rsatadi va BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qilib, O’zbekiston Prezidentining ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga e'tibor berishga va uning tajribasi bilan notinch mamlakatlarning davlat rahbarlarini tanishtirishga chaqiradi. Islom Karimovning har bir asari, ma'ruza va maqolalari bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning g`oyaviy-nazariy asoslarini, amaliy ishlarining kundalik dasturini tashkil qilgan.
G’arb va sharqning rivojlangan mamlakatlari asrlar davomidagi taraqqiyot yo`llarini, o’zbek davlatchiligining ming yillar davomidagi tarixiy tajribasini o`rgangan holda yaratilgan I.A. Karimov asarlarida Mustaqil O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy-madaniy taraqqiyotining muhim yo`nalishlari, yangi jamiyat qurishning butun dunyoda tan olingan asosiy tamoyillari to’g’risida ta’limot yaratildi.
Istiqlolning dastlabki bosqichida nashr yuzini ko`rgan "O’zbekistonning o’z mustaqil va taraqqiyot yo`li", "O’zbekiston-bozor munosabatlariga o`tishning o’ziga xos yo`li" va boshqa bir qancha asarlari va nutqlarida bayon etilgan O’zbekiston Respublikasi muslaqilligining birinchi navbatdagi vazifalari keyinchalik g`oyat muhim ahamiyat kasb etgan "O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida", "Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish vazifalari" va boshqa asarlarida o’z rivojini topdi.
1992-yil Rossiyaning "Komsomolskaya pravda" gazetasi muxbiri: "Muxoliflaringiz sizni totalitarizmda ayblab tanqid qilmoqda" desa, unga javoban I.A.Karimov: "Ha, men buni yaxshi bilaman. Muxoliflarim meni diktator qilib ko’rsatishni juda xohlaydilar. Tan olaman, ehtimol mening harakatimda avtoritarizm nishonalari bordir. Ammo men buni faqat bir narsa bilan izohlayman: tarixning muayyan davrlarida, haqiqiy davlatchilik qaror topayotgan paytda ayniqsa bir tizimdan ikkinchisiga o`tish davrida har holda kuchli hokimiyat zarur. Qon to`kilishiga va qarama-qarshilikka yo'1 qo`ymaslik, mintaqada millatlararo va fuqarolarning totuvligi, tinchligi va barqarorligini saqlash uchun shunday bo’lishi zarur. Bu yo`ldamen jonimni fido qilishga tayyorman" deb javob bergan edi.