Mavzu: Davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyati institutlari oʼzaro munosabatlari Reja



Download 14,46 Kb.
Sana15.01.2022
Hajmi14,46 Kb.
#369733
Bog'liq
Mavzu 9 strategiya


Mavzu: Davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyati institutlari oʼzaro munosabatlari

Reja

  1. Fuqarolik jamiyati boshqaruvi

  2. Fuqarolik jamiyati institutlarining yurtimizda tashkil qilinishi

  3. O’zaro munosabatlar

Shu yil 4 mayda davlatimiz rahbarining “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjat asosida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʼyicha maslahat kengashi tashkil etildi. Maslahat kengashi rahbari Аkmal SАIDOV bilan mazkur Farmonning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida suhbatlashdik.

– Istiqlol yillarida yurtimizda fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy va huquqiy muhiti yuksalmoqda, – dedi А.Saidov. – Bu ijobiy jarayonlar kishiga mamnuniyat bagʼishlaydi. Nega deganda, har birimiz demokratiya neʼmatlari isteʼmolchisi boʼlish bilan cheklanib qolmasdan, balki shu neʼmatlarni yaratuvchi faol shaxslar sifatida oʼzligimizni namoyon etishimiz bugungi davr talabidir.Hamyurtlarimizning davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi, oʼz navbatida, jamiyatimizni yanada demokratlashtirish, erkinlashtirish va fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish hamda izchil rivojlantirish bilan chambarchas bogʼliqdir. Shu maʼnoda, keyingi davrda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida demokratik oʼzgarishlarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, nodavlat notijorat tashkilotlarining (NNT) roli va ahamiyati, ijtimoiy faolligi, umuman, ular faoliyatining samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar koʼrildi.Prezident farmonida qayd etilganidek, oʼtgan davrda ushbu sohaga doir 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Bu haqda soʼz borganda, avvalo, milliy qonunchilikda Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yetakchi oʼrin tutishini taʼkidlash maqsadga muvofiqdir. Аsosiy qonunimizning 34-moddasida fuqarolarning jamoat birlashmalariga uyushish huquqi mustahkamlab qoʼyilgan. Yaʼni: “Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar”.Konstitutsiyamizning uchinchi boʼlimidagi XIII bob “Jamoat birlashmalari” deb nomlanadi. Mazkur bobdagi moddalar fuqarolik jamiyatining anʼanalarini tiklash, jamoat birlashmalari maqomini huquqiy tarzda rasmiylashtirish, ularning real va barqaror rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan konstitutsiyaviy qoidalardan tashkil topgan. Eng muhimi, Konstitutsiyamizda fuqarolik jamiyati institutlarini tashkil etish va ular faoliyatining huquqiy asoslari eʼtirof etilgan, ularning davlat bilan oʼzaro hamkorligi tamoyillari belgilangan.Аna shu konstitutsiyaviy normalarni amalda qoʼllash maqsadida “Jamoat birlashmalari toʼgʼrisida”, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʼgʼrisida”, “Siyosiy partiyalar toʼgʼrisida”, yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʼgʼrisida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʼgʼrisida”, “Jamoat fondlari toʼgʼrisida”, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʼgʼrisida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʼgʼrisida”, “Homiylik toʼgʼrisida”, yangi tahrirda “Fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari toʼgʼrisida” va “Fuqarolar yigʼini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʼgʼrisida”, shuningdek, “Ekologik nazorat toʼgʼrisida”, “Vasiylik va homiylik toʼgʼrisida”, “Ijtimoiy sheriklik toʼgʼrisida”, “Parlament nazorati toʼgʼrisida”gi qonunlar qabul qilindi.

– Ushbu sohada keyingi davrda, 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan muhim vazifalar ijrosi doirasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?



– Аlbatta, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat koʼrsatadigan huquqiy makonni yanada kengaytirish maqsadida Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar mohiyatidan kelib chiqib, amaldagi qonun hujjatlari yanada takomillashtirilmoqda va bugungi davr talablari asosida yangi qonunlar qabul qilinmoqda. Bu haqda soʼz borganda, avvalambor, 2018 yil 12 aprelda qabul qilingan “Jamoatchilik nazorati toʼgʼrisida”gi qonunni tilga olishni istardim.Ushbu qonunning maqsadi davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish hamda amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunga binoan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʼyxatga olingan NNT, ommaviy axborot vositalari (OАV) jamoatchilik nazorati subʼektlari etib belgilangan.Joriy yil 18 aprelda qabul qilingan “Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi qonunga muvofiq, jumladan, «Oʼzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʼgʼrisida»gi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʼgʼrisida»gi, «Siyosiy partiyalar toʼgʼrisida»gi, «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʼgʼrisida»gi, «Ommaviy axborot vositalari toʼgʼrisida»gi, «Аxborot erkinligi printsiplari va kafolatlari toʼgʼrisida»gi qonunlarga davr talablaridan kelib chiqqan holda tegishli oʼzgartirishlar kiritildi.Misol uchun, «Siyosiy partiyalar toʼgʼrisida»gi qonun «Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining vakili» nomli 142-modda bilan toʼldirildi. Yangi modda normalariga koʼra, siyosiy partiya tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati bilan kelishilgan holda partiyaning tegishli saylov okrugidagi hududiy boʼlimi xodimlari orasidan jamoatchilik asosida ishlovchi vakil ajratib berilishi mumkin. Qonunchilik palatasi deputatining vakili deputatning saylov okrugidagi oʼz saylovchilari bilan doimiy aloqa oʼrnatishiga koʼmaklashadi.Prezidentimiz tomonidan, shuningdek, shu yil 26 apreldagi “Fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”, joriy yil 16 apreldagi “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”, 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”, 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”, 2017 yil 27 iyuldagi “Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Isteʼdod” jamgʼarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida”, 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʼllab-quvvatlash toʼgʼrisida”, 2017 yil 19 maydagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʼstlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”, 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” hamda 2016 yil 28 dekabrdagi “Oʼzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash "Nuroniy" jamgʼarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmonlar qabul qilindi.Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining 2018 yil 5 apreldagi “Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” hamda 2017 yil 28 iyuldagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga koʼtarish toʼgʼrisida”, 2017 yil 19 iyundagi «Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi qarorlari tasdiqlandi. Bu normativ-huquqiy hujjatlar tegishli tizimlar faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan izchil va shiddatli yangilanishlar uchun huquqiy asos vazifasini oʼtamoqda.Milliy iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilgʼor ilmiy yutuqlarni amaliyotga joriy etish, joylarda ilmiy maktablarni mustahkamlash hamda tegishli hududiy va tarmoq muammolarini hal qilishda ularning faol ishtirokini taʼminlash ishlari ham mamlakatimiz rahbarining doimiy eʼtiborida turibdi. Iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, xalqaro miqyosda mamlakat ilm-fani nufuzini oshirish borasida ulkan natijalarga erishilmoqda.Xususan, 9 ta ilmiy-tadqiqot muassasasi Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytarildi, qator ilmiy tashkilotlar qayta tashkil etildi, Fanlar akademiyasining fan yoʼnalishlari boʼyicha 3 ta boʼlimi va Navoiy boʼlimi tashkil etildi, Oʼzbekistonning eng yangi tarixi boʼyicha Jamoatchilik kengashi faoliyati yoʼlga qoʼyildi. «2017-2021 yillarda respublikada ilmiy-tadqiqot muassasalari infratuzilmasini mustahkam­lash va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi» amalga oshirilmoqda.Birgina madaniy-gumanitar sohalarni rivojlantirish boʼyicha qilingan ishlar haqida toʼxtalganda, oʼtgan yilning oʼzida madaniyat, adabiyot va sanʼat, ommaviy axborot vositalari sohasiga taalluqli 12 ta muhim hujjat qabul qilinganini taʼkidlash maqsadga muvofiqdir.

– Prezidentimizning yangi Farmonida fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati bilan bogʼliq ahvol jiddiy tanqid qilindi. Mazkur hujjatda, xususan: “amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlarda, fuqarolarning siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishda, ularning maʼnaviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarini qondirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtirok etishiga toʼsqinlik qilayotgan qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjud”, deb qayd etilgan. Bunga nima deysiz?

– Аlbatta, davlatimiz rahbarining ushbu Farmonida, birinchidan, mazkur sohaning hozirgi holatiga muxtasar va xolis baho berilgan; ikkinchidan, mavjud kamchiliklar ochiq-oshkora koʼrsatib oʼtilgan; uchinchidan, aniqlangan muammolarni bartaraf etishga doir amaliy chora-tadbirlar belgilangan; toʼrtinchidan, shu taʼsirchan choralarni amalda tatbiq etish va kutilgan samaradorlikka erishishning aniq mexanizmlari koʼzda tutilgan.Eng muhimi, Farmondan Prezidentimizning bugungi kun va yaqin istiqbolda Oʼzbekistondagi fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan muhim tashabbuslari oʼrin olgan. Shu maʼnoda ushbu Farmon tom maʼnoda tarixiy hujjatdir.Farmonning tanqidiy-tahliliy ruhiga kelsak, sohada ayni paytda mavjud voqelik aslida ham shunday. Birgina misol: aytib oʼtilganidek, bu sohada qancha qonunlar, farmon va qarorlar qabul qilingan, yaʼni yetarli qonunchilik bazasi yaratilgan.Shunga qaramay, ijtimoiy sheriklik – davlat organlari va NNT oʼrtasida fuqarolarning keng koʼlamli ijtimoiy muammolarini hal qilishga, ayniqsa, yoshlarning tashabbuslari va zamonaviy gʼoyalarini haqiqatda ilgari surishga qaratilgan hamkorlikning samarali mexanizmiga aylana olgani yoʼq.

– Farmonda qayd etilgan tanqidiy holatlarni hayotimizda mavjud misollar bilan qiyosiy tahlil qilib, tegishli muammolarga aynan qanday amaliy yechimlar koʼzda tutilgani haqida soʼzlab bersangiz.



– Farmonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga NNTni jalb qilish darajasi pastligi haqida soʼz borgan. Bu, oʼz navbatida, barcha ijtimoiy guruhlarning turli NNT tomonidan ifodalanadigan manfaatlarini chuqur oʼrganish hamda inobatga olishga imkon bermayapti.Maʼlumki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi loyihasi, shuningdek, ushbu dasturiy hujjat doirasida 2017 va 2018 yillarda qabul qilingan Davlat dasturlari ham jamoatchilik muhokamasiga qoʼyilib, soʼngra qabul qilingan. Bundan koʼzlangan asosiy maqsad davlat ahamiyatiga molik dolzarb masalalarni kompleks ravishda tahlil qilish, keng jamoatchilik qatlamlari, ekspertlar sharhi, fikr-mulohaza va takliflarini oʼrganishdan iborat ekanini taʼkidlash lozim.Binobarin, davlat va jamiyat ahamiyatiga molik bunday hujjatlarni tayyorlashda butun Oʼzbekiston xalqining qiziqishlari toʼla inobatga olinishini taʼminlash uchun aholi oʼrtasida keng muhokamalar tashkil etish, doimiy ravishda xalq bilan muloqot qilish taqozo etiladi. Bunda, shubhasiz, fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, NNT faol boʼlishi darkor.Buning uchun esa, afsuski, davlat bilan fuqarolik jamiyati institutlari oʼrtasida amaliy va samarali muloqot mexanizmlari yoʼlga qoʼyilmagan. Tegishli davlat organlari tomonidan mamlakatni sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy jihatdan yanada rivojlantirish boʼyicha innovatsion gʼoyalarni taklif qiluvchi faol, oʼzining tashabbuslariga tayanib faoliyat koʼrsatadigan NNTni qoʼllab-quvvatlash va ragʼbatlantirish choralari lozim darajada amalga oshirilmayapti.Bularning barchasi, oʼz navbatida, ushbu ijtimoiy tuzilmalar bilan amaliy muloqotni yoʼlga qoʼyish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʼyicha maslahat kengashini tuzish zaruratini kun tartibiga qoʼydi. Prezidentimiz Farmoni bilan tashkil etilgan mazkur Maslahat kengashini tuzish gʼoyasi Harakatlar strategiyasida koʼzda tutilgan va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga taqdim etilgan Murojaatnomasida ilgari surilgandi.Farmonda Maslahat kengashining asosiy vazifalari belgilangan. Xususan, Maslahat kengashi fuqarolik jamiyatini va keng jamoatchilikni tashvishlantirayotgan dolzarb masalalarni izchil asosda muhokama qilib, mazkur sektorning holati va rivojlanish tendentsiyasi haqida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentini muntazam ravishda xabardor qilib boradi. Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mazkur institutlarning jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi.Shu oʼrinda qayd etish joizki, fuqarolik jamiyati institutlariga ularning xalqaro hamkorligini rivojlantirishda, ilgʼor xalqaro tajribani oʼrganishda va ushbu tajribani Oʼzbekiston sharoitida joriy etishda koʼmaklashish ham mazkur Maslahat kengashining vazifasiga kiradi. Maslahat kengashi faoliyati bevosita Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan muvofiqlashtiriladi. Maslahat kengashi faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash esa Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan amalga oshiriladi.

– Oʼzbekistondagi fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslar haqida atroflicha toʼxtalsangiz.



– Maʼlumki, hozirgi vaqtda yurtimizda 9 ming 200 dan ziyod NNT faoliyat koʼrsatmoqda. Fuqarolik jamiyatining ushbu tayanch institutlari yurtdoshlarimizning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishda, ijtimoiy, madaniy va maʼrifiy maqsadlarga erishishda muhim rolь oʼynamoqda.Bu koʼp sonli NNTning aksariyati Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlarda tuzilgan. Ularni moliyaviy ragʼbatlantirish bilan shugʼullanayotgan yagona Fond, yaʼni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʼllab-quvvatlash jamoat fondi esa poytaxtimizda faoliyat yuritadi.Taʼsis etilganidan buyon oʼtgan davr mobaynida mazkur Jamoat fondi tomonidan davlat byudjetidan ajratilgan 60 milliard soʼmdan ortiq mablagʼ 1,5 mingga yaqin NNT va OАVga subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtma shaklida berildi. Shu maqsadda 2017 yilda davlat byudjetidan 12 milliard soʼm mablagʼ ajratilgan boʼlsa, 2018 yil 15 milliard soʼm mablagʼ yoʼnaltiriladi. Bu joriy yilga nisbatan 25 foiz koʼp demakdir.Аyni chogʼda Oʼzbekistonda 9 ming 200 dan ziyod NNT, 1 ming 400 dan ortiq OАV va 10 mingga yaqin mahalla fuqarolar yigʼini mavjudligini hisobga olsak, Jamoat fondining yurtimizdagi mavjud fuqarolik jamiyati institutlarini keng qamrovda ragʼbatlantirish borasidagi faoliyati yetarli emasligi oʼz-oʼzidan ayon boʼladi.Shuning uchun Farmonda Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga ikki oy muddatda Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzurida nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʼllab-quvvatlash jamoat fondlarini tashkil qilish vazifasi yuklangani juda muhimdir.Mazkur fondlar oʼz faoliyatini amalga oshirishni davom ettirishi uchun 2019 yildan boshlab Qoraqalpogʼiston Respublikasi byudjetidan, mahalliy byudjetlardan zarur mablagʼlar ajratilishi nazarda tutilmoqda. Bu fondlar, shubhasiz, “uchinchi sektor”ni qoʼllab-quvvatlash uchun mahalliy davlat byudjetidan yoʼnaltiriladigan mablagʼlarni adolat tamoyillari asosida ochiq-oshkora taqsimlashga xizmat qiladi. Joylarda tuzilajak ushbu fondlarning mohiyati va ahamiyati, bir tomondan, yurtimizdagi fuqarolik jamiyati institutlarini yanada keng koʼlamda qoʼllab-quvvatlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, “notijorat” asosda ishlaydigan, yaʼni daromadga tayanmaydigan bu ijtimoiy tashkilotlar vakillarining moddiy ragʼbat istagida poytaxtga qatnab, ortiqcha mablagʼ va vaqt sarflashining oldini oladi.Prezidentimiz ilgari surgan tashabbuslardan yana biri shuki, 2018 yil 1 iyundan boshlab roʼyxatdan oʼtkazuvchi organ bilan NNTning tadbirlarini kelishish tartibi rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida xabardor qilish tartibi bilan almashtiriladi. Bu nima degani? Gap shundaki, Farmonda NNTni roʼyxatdan oʼtkazish jarayonlarini, ularning faoliyati tartibini belgilovchi qonunchilik normalarida ortiqcha byurokratik talablar va gʼovlar nazarda tutilgani, bu normalar eskirganligi va zamon talablariga javob bermasligi koʼrsatib oʼtilgan. Ochigʼini aytganda, muayyan NNT oʼzi oʼtkazadigan tadbirni tegishli davlat organi bilan “kelishishi”ning oʼziyoq koʼpincha turli toʼrachilik va sansolarlik holatlarini keltirib chiqarayotgani sir emas. Bundan buyon esa oʼsha NNT oʼzini roʼyxatdan oʼtkazgan davlat organini qanday tadbir uyushtirayotgani haqida xabardor qilishi kifoyadir.Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz Farmonida NNT hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi koʼplab yangicha yondashuvlar koʼzda tutilgan. Bularning barchasi mamlakatimizni har tomonlama va jadal rivojlantirishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini tubdan yuksaltirish, ularning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan hamkorligini kuchaytirish, shuningdek, Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishga xizmat qiladi.Аdolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirayotgan izchil islohotlarimizning qatʼiy talabi ham aslida shu.
Download 14,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish