Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Atom kristall panjarali birikma hosil qiladigan elementlar guruhini toping: 1) ..2s1; ..2p5; 2) ..2p2; ..3p2; 3) ..2p4; ..3p4; 4) ..2p5; ..3p5; 5) ..2p6; ..3p6. .
2. Tartib raqamlari 2, 3, 6, 7, 8, 9 va 10 bo‘lgan elementlardan qaysi juftligi qutbliligi eng katta bo‘lgan ion bog‘lanishli birikma hosil qiladi?).
3. Tarkibida sp3 gibridlangan atom bo‘lgan moddalarni ko‘rsating: 1) berilliy xlorid; 2) bor ftorid; 3) metan; 4) suv; 5) ammiak; 6) ammoniy ioni; 7) xlorid kislota; 8) sulfit angidrid; 9) sulfat angidrid; 10) sulfat ioni.
4. Tarkibida sp2 gibridlangan atom bo‘lgan moddalarni ko‘rsating: 1) berilliy xlorid; 2) bor ftorid; 3) sulfit angidrid; 4) sulfat angidrid; 5) etilen; 6) atsetilen; 7) karbonat ioni; 5. Tarkibida sp gibridlangan atom bo‘lgan moddalarni ko‘rsating: 1) berilliy xlorid; 2) karbonat angidrid; 3) kremniy (IV)–oksid; 4) suv; 5) vodorod sulfid; 6) xlorid kislota; 7) sulfit angidrid;
8) boran 9) atsetilen.
6. Quyidagilardan qaysilari qutbsiz molekulalar hisoblanadi: 1) Cl2, 2) HCl; 3) H2; 4) H2S;5) H2O; 6) NH3; 7) CO2; 8) C2H6; 9) CH3OH.
Do'stlaringiz bilan baham: |