Perefraza — (Periphrase) (Yunoncha Περίφρaσις, ta'rif) - bu ob'ektni har qanday xususiyat yoki xususiyatlar orqali tavsiflovchi ifodani anglatadigan stilistik atama.
Metodologiya — (metod va ...logiya soʻzlaridan) — tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi taʼlimot.
Har qanday tadqiqotchi muayyan mavzuda ilmiy izlanish olib borar ekan, eng avvalo, ma’lum metodologiyaga tayanadi va o‘z maqsadini amalga oshirish uchun qo‘l keladigan ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Metodologiya va tadqiqot metodidan xoli birorta ilmiy asar mavjud bo‘lmaydi. Shunday ekan, fanda ilmiy tadqiqot metodologiyasi va metodi tushunchalari markaziy o‘rinni egallaydi. Shuning uchun har bir tadqiqotchi tadqiqot metodologiyasi va metodlari haqida yaxshi bilimga, ulardan o‘rinli foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lmog‘i lozim.
Inson doimo ma’lum maqsad sari harakat qiladi. Mazkur harakatining natijasi harakat qiluvchi sub’yekt va harakat yo‘nalgan ob’yektning qanday bo‘lishidan tashqari, mazkur faoliyatda qanday usullar qo‘llanilishi bilan uzviy bog‘liqdir. Bu esa bilish jarayoni muayyan metodologiya va metodga tayanishi lozimligini ko‘rsatadi.
Metod (yun. methodos – bilish usuli) sub’yektning har qanday shakldagi faoliyat usuli sanaladi. Faoliyatning muayyan sohasida (fan, siyosat, san’at va boshq.) qo‘llaniladigan vosita va usullar sistemasi; metodning umumiy nazariyasi, metodlar sistemasi haqidagi ta’limot metodologiya sanaladi.
Mashhur tilshunos Yu.S.Stepanovning ta’kidlashicha, metod muammosi uchta markaziy tushunchani o‘z ichiga oladi: metodika – metod – metodologiya. Bu tushunchalar quyidagicha izohlanadi:
Metodika – kuzatish va eksperiment usullari majmuasi.
Metod – tajriba (eksperiment) orqali aniqlangan va kuzatilgan natijalarni nazariy umumlashtirish usullari.
1- topshiriq. O‘qing, tasviriy ifodalarning ma’nosini bilib oling:
oq oltin tog‘lari, aql gimnastikasi, yashil boylik, kumush tola, yashil vodiy. Tasviriy ifodalarini qo‘llab gap tuzing.
Metodika – kuzatish va eksperiment usullari majmuasi.
Metod – tajriba (eksperiment) orqali aniqlangan va kuzatilgan natijalarni nazariy umumlashtirish usullari.
Ilmiy tadqiqot olib borish uchun zarur talab va imkoniyatlar Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanish — mashaqqatli va ayni vaqtda sharafli mehnat. Olim bo‘lishni havas qiluvchi yoshlar ko‘p bo‘ladi, shular orasida o‘z umrini ilm yo‘liga bag‘ishlaganlari ham uchraydi. Olim bo‘lishni orzu qilgan kishida ma’lum imkoniyatlar va bu imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish uchun ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lshni lozim. 1. Ilmiy tadqiqot olib borish uchun birlamchi shart — chuqur bilim sohibi bo‘lish. Bilim odatda o‘qish-o‘rganish orqali egallanadi. Talaba o‘rta maktabda olgan bilimini oliy ta’limda o‘zi tanlagan fanlar bo‘yicha chuqurlashtiradi. Yosh tadqiqotchining bilim poydevorini oliy o‘quv yurtida umumta’lim predmetlari bo‘yicha, maxsus kurslarda o‘zlashtirgan bilimlari tashkil qiladi. Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi ana shu bilim poydevorini o‘z mustaqil mehnati, o‘qib-o‘rganishi bilan boyitadi. Buning uchun o‘zi tan lagan soha, mavzu bo‘yicha mavjud ilmiy-metodik adabiyotni chuhur o‘rganishi zarur. Bilim har bir yosh tadqiqotchida bor, lekin bu bilimning miqyosi, chuqurlik darajasi har xil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |