Mavzu: D. I. Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi hamda uning ahamiyati


Atom elektroneytral bo’lib, elektronlarning umumiy soni yadroning musbat zaryadiga tengdir



Download 1,35 Mb.
bet10/15
Sana23.12.2022
Hajmi1,35 Mb.
#894954
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy1

Atom elektroneytral bo’lib, elektronlarning umumiy soni yadroning musbat zaryadiga tengdir.

  • "Atom elektroneytral bo’lgani uchun yadro atrofidagi elektronlarning umumiy soni yadroning musbat zaryadiga teng.

  • "Rezerford nazariyasiga muvofiq elektronlar yadro atrofida doimo aylanib turadi.

  • "Musbat yadro bilan eletkronlarning tortilish kuchi elektronlarning markazdan qochish kuchi bilan muvozanatda bo’ladi:

Ma’lumki, eramizdan avvalgi 460 – 370 – yillarda yashagan olim Demokrit tabiatdagi barcha narsalar juda kichik zarrachalardan, ya’ni “atom” lardan tashkil topgan va atom bo’linmaydi deb aytgan edi.
865-925 – yillarda yashagan Markaziy Osiyolik Abu Bakr Muxammad ibn Zakariyo ar – Roziy atomlar bo’linadigan zarrachalar bo’lib, ularning uchi bo’shliq va mayda bo’lakchalardan iborat bo’ladi degan fikrni aytgan. Atomlar doimo harakatda va ular orasida o’zaro ta’sir kuchlari mavjud deb hisoblagan.
979-1048 – yillarda yashagan vatandoshimiz Abu Rayxon Beruniy atomlarni bo’linmaydigan zarrachalardan deb qaraydigan olimlarga qarshi o’z fikrlarini bildirgan va atomlarni bo’linadigan (lekin cheksiz emas) mayda zarrachalar ekanligini e’tirof etgan.
Atomning murakkab ekanligini isbotlovchi dalillar siyraklantirilgan gazlar orqali elektr to’ki o’tishiga oid tajribalarda ko’rinadi. Bu tajribani 1895 – yilda ingliz olimi Kruks amalga oshirgan. U shisha nayning ikki uchini olovda eritib shishaga elektrodlar yopishtirib, ularga yuqori kuchlanishli to’k ulagan. Natijada shisha nay ichida yorug’lik tarqala boshlagan. Yorug’likning chiqishiga sabab katoddan chiqadigan manfiy zarrachalar oqimi, ya’ni katod nurlari ekanligi ma’lum bo’ldi. Bu nurning oddiy nurlardan farqi u magnit maydoni ta’sirida yo’nalishini o’zgartirar edi. J. Tomson bu zarrachalar tabiatini o’rganib, ular zaryadining massasiga bo’lgan nisbatini aniqlay oldi. Bu nisbat Kl/g gat eng bo’lib, bu qiymat turli gazlarda bir xil edi. 1897-yilda J. Tomson bu zarrachani elektron – qaxrabo, ishqalanganda zaryadlanuvchi modda nomi bilan atadi. Elektron zaryadini massasiga bo’lgan nisbatidan bu nisbatni elementar zaryad ( Kl) ga bo’lish orqali uning massasini aniqlash mumkin.

Elektron massasini eng kichik atom – vodorod atomi massasi bilan taqqoslaydigan bo’lsak, vodorod atomi massasi
ga tengdir.
Elektron massasi esa vodorod atomi massasidan
marta kichikdir.
Elektronlar istalgan elementlardan ajralib olinishi mumkinligi aniqlangan bo’lib, ular metallarda to’k o’tkazuvchilar vazifasini bajaradi. Ko’pchilik moddalar qizdirilganida, yoritilganida yoki roentgen bilan nurlantirilganida o’zlaridan elektronlar (fotoeffekt hodisasi, A. Eynshteyn) chiqaradi. Demak, barcha elementlar tarkibida manfiy zaryadli elektronlar bo’ladi. Elektronlar manfiy zaryadga ega bo’lib, atomlar elektr zaryadiga ega emas, ya’ni ular elektroneytraldir. Demak, atomlarda elektronlar zaryadini neytrallab turuvchi qandaydir musbat zaryadli zarrachalar ham bo’lishi kerak. Boshqacha aytganda, atomlar murakkab tuzilishga ega bo’lib, yanada mayda zarrachalardan tuzilgandir.

  1. Bekkerel tomonidan 1896 – yilda radioaktivlik hodisasini kashf etilishi atomda elektrondan boshqa musbat zaryadli zarracha borligini ko’rsatdi. Ba’zi bir elementlar moddalar orqali o’tib ketadigan havoni ionlashtiradigan, fotografiya plastinkalarini qoraytiruvchi nurlar tarqatadi. Bu jarayonga radioaktivlik hodisasi deyiladi. Fransuz fizigi A. Bekkerel uran va uran birikmalarining ko’zga ko’rinmas nurlar chiqarishini va bu nur odatdagi nurlarni o’tkazmaydigan qora qog’ozlardan o’tib, fotoplastinkalarga ta’sir etishini topdi. Undan keyin Mariya Kyuri – Skladovskaya toriy birikmalari ham radioaktivlik hossasiha ega ekanligini aniqlagan. 1898 – yilda u o’z turmush o’rtog’I Fransuz fizigi Per Kyuri bilan birgalikda uran rudalari tarkibida 2 ta ya’ni radioaktiv elementlar borligini aniqladi. Bu elementlardan biriga Mariyaning taklifiga muvofiq poloniy (lotincha Polonia – Polsha) ikkinchisiga radiy (lotincha radius – nur) deb nom berildi. Yangi elementlar uran va toriyga nisbatan kuchli radioaktiv moddalardir.

Radioaktiv elementlardan chiqadigan nurni maxsus asbob-uskuna yordamida analiz qilish natijasida uch tur radioaktiv nurlar mavjudligi aniqlandi. Bu nurlar α, β hamda ¥-nurlar deb ataldi. Α-nur tez (20000 km/s ga qadar tezlik bilan) harakat qiladigan musbat zaryadli zarrachalardan iborat. Zarracha massasi 4 g gat eng; zaryadi elektron zaryadidan ikki marta katta. Binobarin α-nur ikkiga teng musbat zaryadli geliy ionlari oqimidan iborat bo’lib, geliyning neytral atomlariga aylanadi. β-nur xuddi katod nur singari elektronlar oqimidan iborat; undagi zarrachalarning harakat tezligi 100000 km/s dan yorug’lik tezligi (300000 km/s) ga qadar yaqinlashadi. Nihoyat ¥-nur juda katta to’lqin uzunlikka ega bo’lgan elektrmagnit yorug’likdan iborat; ¥-nurning moddaga kirish hususiyati nixoyatda kuchli lekin u elektr zaryadiga ega emas.
1895 – yilda nemis fizigi Rentgen katod nurlarining sirtga urilib, yangi nur (X-nur) hosil qilishini va m to’lqin uzunligi bilan tasiflanishini aniqladi. 1898 – yilda barcha ma’lumotlarni umumlashtirib Tomson atom tarkibi to’g’risidagi dastlabki fikrini ilgari surdi. Unga ko’ra, atom o’zining hajmi bo’yicha bir tekis taqsimlangan musbat zaryadlar va bu zaryadlar orasida tebranuvchi elektronlardan iboratdir.
Atomning ichki tuzilishini aniqroq tekshirish maqsadida E. Rezerford α-zarrachalarni yuoqa metall plastinkalarda tarqalishi bo’yicha bir qator tajribalar o’tkazdi. U yupqa zar shaklida tayyorlangan tekshiriluvchi metall sirtiga α-zarrachalar oqimi yuborganida bu zarrachalar metalldan o’tib, rux sulfidning yupqa qavati bilan qoplangan ekranga tushib, o’sha joydan shula chaqnatadi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, zarrachalarning asosiy qismi metall orqali o’tganida o’zining dastlabki yo’lini o’zgartirmaydi, o’zgartirsa ham juda kam o’zgartiradi. Lekin ularning juda oz qismi zardan o’tmaydi, go’yo metall ichida musbat zaryadli og’ir zarrachaga uchragandek orqaga qaytadi. Orqaga qaytgan zarrachalarning soni nixoyatda oz bo’lganligi uchun zarrachalarni ularni yo’lidan og’dirgan musbat zaryadli zarrachalar atom hajmining juda kichik qismini band etsa kerak, degan taxminga kelindi. Atom ichidagi ana shunday qism yadro deb ataladi. E. Rezerford metall zardan o’tib ketgan va o’tmay orqaga qaytgan α-zarrachalar sonini hisoblash natijasida atom yadrosining radiusi atomning o’z radiusidan o’n minglarcha marta kichikligini va yadro radiusi sm ga yaqinligini hisoblab chiqardi. Bu shuni ko’rsatadiki, yadroda modda zichligi nixoyatda katta, u g/sm3 ga yaqin.
O’tkazilgan tajribalar asosida, E. Rezerford 1911 yilda atom tuzilishi haqida quyidagi modelni taklif qildi.


  1. Download 1,35 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish