d) avtomatik teleboshqarish ob’ekt haqidagi informatsiya va boshqarish impulslari masofaga simsiz uzatuvchi texnik vositalar yig‘indisidir. Avtomatik teleboshqarish o‘z vazifasiga ko‘ra:
a) telesignalizatsiya;
b) telo‘lchash;
v) teleboshqarish kabi turlarga bo‘linadi.
YUqoridagi hamma avtomatlashtirish vositalari birgalikda texnik kibernetika deyiladi.
3. Avtomatik boshqarish tizimlarining elementlari
Ishlash prinsipiga ko‘ra avtomatika datchiklari:
a) generatorli;
b) parametrli;
v) teskari bog‘lanishli parametrik turlarga bo‘linadi.
a) generatorli datchiklar (BO‘ - birlamchi o‘zgartirgich, sezuvchi organ, qabul qiluvchi, o‘lchovchi elementi) berilgan miqdorning o‘zgarishini qayd qiladi va ushbu signalni ma’lum bir shaklda boshqa o‘zgartgichga beradi.
b) parametrik datchiklarda birlamchi o‘zgartirgich (BO‘) dan tashqari uning tarkibiga oraliq o‘zgatrgich (O‘) va enargiya manbai (EM) kiritiladi. Ushbu datchiklarda o‘lchanayotgan, tekshirilayotgan miqdor X birlamchi o‘zgartirgich (BO‘) da energiya manbai (EM) hisobiga Xp oraliq miqdorga o‘zgaradi va oraliq o‘zgartgich (O‘) yordamida shakli va miqdori o‘zgartirilib U chiquvchi miqdorga aylantiriladi.
v) Teskari bog‘lanishli parametrik datchiklar takomillashgan va ancha murakkab bo‘lib, asosan moddalarning xususiyatlarni aniqlash, akustik va elektromagnit to‘lqinlar yordamida materiallarning defektini aniqlash, optik va radiatsion datchiklarda qo‘llaniladi. Ushbu datchiklarning afzalliklari.
- Avtomatik boqarish tizimi haqida tushuncha va uning ishlatilishi
Avtomatlashganlik darajasiga qarab, texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish:
a) avtomatlashgan boshqarish;
b) avtomatik boshqarish bo‘lishi mumkin.
a) avtomatlashtirilgan boshqarishda, boshqarish funksiyasining bir qismi odam tomonidan va bir qismi avtomatik qurilma tomonidan bajariladi.
b) avtomatik boshqarishda esa boshqarishning to‘liq funksiyasi avtomatik qurilma tomonidan bajariladi.
SHuning uchun boshqarish tizimlari, avtomatlashtirilgan bosh-qarish va avtomatik boshqarish tizimilariga bo‘linadi.
Hozirgi zamon avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi:
a) ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi (ICHABT);
b) texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi (TJABT);
v) texnologik jarayonni avtomatik boshqarish tizimi (TJni ABT) kabi turlarga bo‘linadi.
Qishloq xo‘jalik mashinalarining ishlash rejimini besh guruhga bo‘lish mumkin:
- tayyorlash;
- ish rejimi;
- biologik;
- transport;
- xizmat ko‘rsatish.
Tayyorlash rejimi ish rejimining optimal parametrlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan xom ashyoni tayyorlash (fazalari) va mashinaning ish organlarini o‘rnatish - joylashtirish fazalari (ketma - ketligi)ni o‘z ichiga oladi.
Ish rejimida mashina xom ashyo mahsulotiga ta’sir ko‘rsatadi.
Biologik rejimda o‘simlik yoki chorvachilik mahsulotining etilishi hisobga olinadi.
Transport rejimida ish qurollari va ishlov beriladigan mahsulotlar tashiladi.
Xizmat ko‘rsatish rejimida o‘simliklar, mashina va uskuna-larga texnik xizmat ko‘rsatiladi va ta’mirlanadi.
Texnologik zanjir va parametrlarning klassifikatsiyasi boshqarish tizimining struktura sxemasini tuzishga imkon beradi. Ushbu struktura boshqarilayotgan ob’ekt va boshqaruvchi qurilmalardan iboratdir.
Бошқарувчи
қурилма
Informatsion parametrlar bo‘yicha avtomatik boshqarish tizimi strukturasining sxemasi
E’tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |