v) avtomatik rostlash tizimi avtomatik boshqarish tizimining bir turi bo‘lib, ob’ektni boshqarishni avtomatika rostlagichlari yordamida amalga oshiradi, ob’ektda texnologik jarayonning borishini berilgan miqdorda ushlab turadi yoki ma’lum algoritm (qonun) asosida o‘zgartiradi.
g) avtomatik masofadan boshqarish uzoqda joylashgan ob’ektlarni, qurilmalarni masofadan turib boshqaruvchi texnik vositalar majmuasidir. Masofadan boshqarishda boshqarish impulsi knopka, o‘chirgich va boshqa komanda apparatlari yordamida xodimlar tomonidan birlashtiruvchi simlar orqali beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |