1. MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI
So’nggi yillarda chorva mollari bosh soni ortishiga qaramasdan,
mahsuldorlikni oshirish va tannarxni pasaytirish muammolari mavjud. Respublika
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev
ta’kidlaganidek "...
Chorvachilik
sohasiga
to’xtaladigan bo’lsak, qoramol va parranda sonini ko’paytirish, bu borada sifat va
mahsuldorlikka erishish uchun yetarli sharoit yaratishimiz zarur. Yaqin istiqbolda
har bir tumanda ixtisoslashtirilgan bo’rdoqichilik komplekslari, yuqori texnologik
parrandachilik fabrikalari, shuningdek, innovatsion xo’jaliklar tashkil etilishi
lozim"
1
.
Kurs ishini bajarish asnosida o’rganilgan ba’zi adabiyotlarga sharhlar berib
o’tamiz:
1. O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi matbuot xizmati.
Chorvachilik farovanlik manbai. www.agro.uz.
Maqolada so’ngi yillarda mamlakatimizda chorvachilikni rivojlanayotganligi,
yetishtirilayotgan mahsulotlar hajmi ortayotganligi aholining farovon yashashiga
sabab bulayotganligi haqida yozilgan. Bunga Prezidentning 2006 yilda qabul
qilingan 308-sonli va 2008 yildagi 842-sonli qarorlari asos bo’lganligi ta’kidlangan.
Chorva mollari, ayniqsa qoramollar soni oshganligi, chetdan naslli mollar keltirilib,
suniy urug’lantirishga e’tibor qaratilgani chorva mollari podasi nasl sifati
yaxshilanishiga olib kelgannligi, parrandachilik, asalarichilik va baliqchilik
rivojlanayotganiga alohida e’tibor qaratilgan.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2795-sonli qarori. «Xalqaro
qishloq xo’jaligi taraqqiyoti jamg’armasi ishtirokidagi «O’zbekistonning sutchilik
sohasida qo’shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish
chora-tadbirlari to’g’risida. 22.02.2017.
Mazkur loyiha Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida amalga oshiriladi.
Ularga Imtiyozli kredit mablag’lari quyidagi yo’nalishlarga ajratiladi: Naslli
qoramol sotib olish; sutni sog’ib olish uskunasi harid qilish; sut mahsulotlarini
saqlash, qayta ishlash va qadoqlash texnika va texnologiyalar harid qilish; sut va sut
mahsulotlarini tashishga mo’ljallangan maxsus texnikalar sotib olish; ozuqa va yem-
xashak ishlab chiqaruvchi, yig’ib oluvchi va qayta ishlovchi texnika va uskunalar
sotib olish; xususiy veterinariya xizmatlarini tashkil etish uchun veterinariya
jihozlari va dori-darmonlarini sotib olish.
Qishloq xo’jaligi korxonasi, fermer xo’jaliklari yoki tadbirkor tijorat
banklarining hududiy filialiga kredit olish uchun tegishli hujjatlar to’plamini taqdim
etadi.
Tijorat bankining hududiy filiali (tuman yoki viloyat) topshirilgan hujjatlar
to’plamini o’rganib chiqib, ularni Kredit qo’mitasi tomonidan ko’rib chiqishi va
tasdiqlashi uchun bankning Bosh ofisiga yuboradi.
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. www.president.uz.
22.12.2017
6
Bosh bank Kredit qo’mitasining ijobiy xulosasidan so’ng, loyihani
moliyalashtirish uchun Qishloq xo’jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish
Agentligiga tegishli hujjatlar to’plamini kiritadi.
Agentlik tijorat banklari tomonidan kiritilgan hujjatlar to’plamini Xalqaro
qishloq xo’jaligi taraqqiyoti jamg’armasi talablariga muvofiqligini o’rganib,
Xalqaro qishloq xo’jaligi taraqqiyoti jamg’armasiga kelishish uchun kiritadi.
Kredit hujjatlari to’plami bo’yicha Xalqaro qishloq xo’jaligi taraqqiyoti
jamg’armasining ijobiy qarori olingandan so’ng Agentlik tijorat bankining maxsus
hisob raqamiga loyihani moliyalashtirish uchun talab etilgan summani o’tkazib
beradi.
3.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O’zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida.
07.02.2017. PF-4947.
Mazkur
farmonda
3-bob
Iqtisodiyotni
yanada
rivojlantirish
va
liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va
yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizasiya qilish va jadal
rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institusional va
tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning
ustuvor mavqyeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib
holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investisiyaviy muhitni yaxshilash orqali
mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb
etishga bag’ishlangan. Bu farmon ahamiyati kelgusida nafaqat respublikamiz, balki
qishloq xo’jaligini ham modernizatsiyalashga huquqiy asos va dastur yaratib beradi.
4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. Chorvachilik va
baliqchilik tarmoqlarining ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari
to’g’risida. 18.10.2017. 845-son
Keyingi yillarda respublikada chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarini
rivojlantirishga, naslchilik ishini takomillashtirishga, ularda yetishtirilayotgan
mahsulotlarni ko’paytirishga katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatda
6 mingdan ortiq chorvachilik va 3 mingta baliqchilik xo’jaliklari faoliyat
ko’rsatmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, joriy yil yakunlari bo’yicha 2319
ming tonna go’sht, sun’iy hovuzlarda 60 ming tonna baliq yetishtirish kutilmoqda.
Shu bilan birga chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarining ozuqa bazasini
rivojlantirishga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Chorvachilik, baliqchilik fermer
xo’jaliklari hamda tashkilotlarini yuqori sifatli ozuqa bilan ta’minlash borasidagi
uzilishlar tufayli chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari yetishtirish hajmlarining
o’sish sur’atlari pastligicha qolmoqda.
Davlat resurslaridan bug’doyni chorvachilik va baliqchilik yo’nalishidagi
tadbirkorlik sub’yektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibi to’g’risidagi
Nizom talablarining amalga oshirilishi, ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan
ajratiladigan bug’doydan maqsadli foydalanish, shuningdek, chorvachilik va
baliqchilik yo’nalishidagi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan chorvachilik hamda
7
baliqchilik mahsulotlari o’rnatilgan narxlar bo’yicha belgilangan hajmlarga muvofiq
sotilishi shartlari bajarilishini qarorga asosan belgilab berilgan.
5. Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik
– har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: O’zbekiston,
2017.
2018 yilda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, kompaniyalar va boshqa idoralar,
shuningdek, barcha bo‘g‘indagi hokimliklar quyidagi strategik muhim vazifalarni
amalga oshirishi shart:
birinchi – ekin maydonlari va ekinlar tarkibini optimallashtirish, ilg‘or
agrotexnologiyalarni joriy etish va hosildorlikni oshirish, meva-sabzavot va uzum
yetishtirishni ko‘paytirish;
ikkinchi – fermer xo‘jaliklarining moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlash.
Oxirgi 10 yil mobaynida mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash materiallari va urug‘lik
narxining o‘sishi bilan paxta xomashyosi va g‘allani xarid qilish narxlari o‘sishi
o‘rtasida keskin farq borligi kuzatilmoqda;
uchinchi – o‘tgan yillarda Moliya vazirligi va uning huzuridagi Jamg‘arma
rahbariyati tomonidan shakllantirilgan, agrotexnika tadbirlarini moliyalashtirishda
ijobiy natija bermayotgan va mutlaqo chala tizimga barham berish zarur.
Joriy yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Jamg‘arma tomonidan fermer
xo‘jaliklariga 300 milliard so‘m mablag‘ to‘lab berilmagan.
to‘rtinchi – oxirgi yillarda agrosanoat kompleksida tashkil etilgan yangi
boshqaruv organlari faoliyatidagi bir qator muammolarni bartaraf etish yuzasidan
qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur.
6. Mirziyoyev Sh.M. Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan
tantanali marosimdagi nutq. www.president.uz. 09.12.2017
Mazkur ma’ruzada Prezident Sh.M.Mirziyoyev qishloq xo’jaligi rivoji,
xususan chorvachilikka ham e’tibor qaratgan.
O’zbekistonni 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar
strategiyasida barcha sohalar qatori qishloq xo’jaligini ham modernizasiya qilish
borasida eng muhim vazifalarni aniq belgilab, ularni izchil amalga oshirib
borayotganimiz sohadagi ulkan muvaffaqiyatlarga asos bo’lib xizmat qilmoqda.
Bugun sizlar bilan ana shu masalalar haqida ochiq-oydin gaplashib, ularni
yechish yo’llarini aniq belgilab olsak, o’ylaymanki, ayni muddao bo’ladi. Bu kelgusi
yilda qishloq xo’jaligining barcha tarmoqlarida yanada yuksak natijalarga
erishishimiz uchun puxta zamin yaratadi.
Aholini sifatli go’sht, sut, tuxum va baliq mahsulotlari bilan yetarlicha
ta’minlash – eng asosiy vazifalarimizdandir.
Bunga erishish uchun quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratishimiz zarur.
2018-2019 yillarda bank kreditlari hisobidan 145 ta loyiha doirasida qo’shimcha 35
ming bosh zotdor qoramol boqish yo’lga qo’yiladi. Umumiy qiymati 280 milliard
so’m bo’lgan 80 ta loyiha asosida qo’shimcha 3 million 200 mingbosh parranda
boqishga mo’ljallangan xo’jaliklarni tashkil etish kerak. Shuning hisobidan 2018
yilda tuxum yetishtirishni 10 foizga oshirib, uning umumiy hajmini 7 milliard 800
million donaga yetkazish imkoni yuzaga keladi.
8
7. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. www.president.uz. 22.12.2017
Prezident mazkur murojaatnomada qishloq xo’jaligiga ham e’tibor qaratgan.
Chorvachilik sohasiga to’xtaladigan bo’lsak, qoramol va parranda sonini
ko’paytirish, bu borada sifat va yuqori mahsuldorlikka erishish uchun yetarli sharoit
yaratishimiz zarur. Yaqin istiqbolda har bir tumanda ixtisoslashtirilgan
bo’rdoqichilik komplekslari, yuqori texnologik parrandachilik fabrikalari,
shuningdek, innovatsion xo’jaliklarni tashkil etilishi lozim.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini samarali realizasiya qilish juda muhim
masaladir. Shu maqsadda fermer xo’jaliklarida yetishtirilgan mahsulotlar hajmi va
miqdori haqidagi ma’lumotlarning yagona bazasini yaratish zarur.
8. Abdullayev S. Chorvachilik mahsulotlari bozori//O’zbekiston qishloq
xo’jaligi. –Toshkent, 2011. -№10. -40-b.
Maqolada chorvachilikning iqtisodiyotda tutgan o’rni, aholi turmush darajasini
oshirishdagi ahamiyatiga to’xtalingan. Chorvachilik mahsulotlari bozorini yanada
yaxshilash uchun mahsulotlarni qayta ishlashda ya’ni texnologiyalarni joriy etish,
buning uchun esa ajratiladigan investisiyalar hajmini oshirish, kooperasiyani
kuchaytirish, mahalliy qayta ishlovchilarni qo’llab – quvvatlashni kuchaytirish
hamda “Ekologik toza mahsulot”ni keng targ’ib qilish kabilarga e’tibor qaratish
lozimligi ta’kidlanadi.
9. Abruyev A. Qoramolchilik mahsulotlari samaradorligiga ta’sir etuvchi
iqtisodiy-ijtimoiy omillar//Agroilm-O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2017.
-№2. -51-53-b.
Muallif fikricha, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda band bo’lgan
xo’jalik yuritish sub’yektlari samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy-
iqtisodiy omillar talaygina. Chorvachilikni kompleks rivojlantirish uchun
quyidagilar tavsiya etilgan: 1. Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari qoshida hududda
mavjud xom-ashyoni chuqur qayta ishlash hisobiga yuqori qo’shimcha qiymatli ,
ichki bozorga tayyor mahsulot ishlab chiqarish; 2. Tuman markazlarida sut va
go’shtni chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash; 3. Ichki va tashqi bozorlarda
qayta ishlangan mahsulotlarni raqobatbardosh muhitini shakllantirish.
10. Dusmuratov R.D., Menglikulov B.Yu. Qishloq xo’jaligida chorvachilik
mahsulotlari tannarxini hisoblash bo’yicha. –T.: ToshDAU, 2012. -22 b.
Tavsiyanomada qishloq xo’jaligida chorvachilik mahsulotlari tannarxini
hisoblash asoslari va xususiyatlari bayon etilib, bahoni shakllantirish, biznes-reja
tuzish va tannarxni shakllantirish jarayonini boshqarish tizimi sifatida yondashilgan.
Shuningdek, rejadagi, normativ va haqiqiy tannarx turlarining uslubiy birligi nuqtai
nazaridan yondashilgan. Sut va go’sht yo’nalishidagi qoramolchilik, qo’ychilik va
echkichilik, qorako’lchilik, parrandachilik va boshqa ixtisoslashgan qishloq
xo’jaligida mahsulotlar tannarxini hisoblash xususiyatlari ham yoritilgan.
11. Ergashev R.X. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. –T.: EXTREMUM PRESS,
2011. -416 b.
Darslikning 17 bobdan iborat bo’lib, uning 15-bobida qishloq xo’jaligi
korxonalarining daromadlari, foydalari, ularning taqsimlanishi hamda ishlab
9
chiqarishning iqtisodiy samaradorligi masalalari yoritilgan. Unda daromad va
foydani ko’paytirish, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish
imkoniyatlari qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlari bo’lgan dehqonchilik va
chorvachilikda alohida-alohida ko’rsatib berilgan.
Darslikning 17 – bobi chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyotiga bag’ishlangan
bo’lib, unda chorvachilikni rivojlantirishning ahamiyati, chorva mahsulotlari ishlab
chiqarish va samaradorlikning hozirgi holati o’rganilib, kelgusida ularni oshirish
imkoniyatlari ochib berilgan.
12.
Ismoilov
U.,
Jabbarov
Sh.
Chorvachilikombinato’kinlik
manbai//O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2013. -№9. -3-4 b.
Maqolada chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo’yicha tizimli dasturlarning
qabul qilinishi sohaning taraqqiyotida muhim omil bo’layotganligi ta’kidlangan.
Jumladan, nasilchilik bazasini mustahkamlash, naslli qoramollar podasini
ko’paytirish, nasl yadrosini shakillantirish va kengaytirish, qoramollar
mahsuldorligini oshirish maqsadida respublikamizga 2006-2013 yillarda chetdan
30,5 ming boshdan ortiq nasilli urg’ochi tana va g’unajinlar keltirilgani, 448 ta
qoramolchilik yo’nalishidagi nasilchilik xo’jaliklarida 102 ming 338 bosh yuqori
mahsuldor qora-ola, gomitin, bushuyev, qizil cho’l va shvits zotli mollar parvarish
qilinib, ulardan faqat 2013 yilda 7,3 mingdan ortiq nasli mollar tayyorlanib, dehqon
va fermer xo’jaliklariga sotilgani aytilgan. Aksariyat nasilchilik xo’jaliklarida
sigirlardan har kuni 20-30 metirdan yoki loktaqiya davomida 6-7 ming sut sog’ib
olishga erishilgani ko’rsatib o’tilgan.
13. Murtazayev O., Axrorov F.. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. –T.: ILM-
ZIYO, 2017.
Mazkur darslikning 25-bobi “Qoramolchilikning samaradorligini oshirish
imkoniyatlari” deb nomlanadi. Unga ko’ra, sigirlardan sut sog’ib olish, so’yilgan
mollarning vazni va boshqa mahsuldorlik ko’rsatkichlarida ham o’zgarishlar
bo’lgan. 2014 yili 2005 yilga nisbatan bir bosh sigirdan sog’ib olingan sut qariyb 28
% ga oshgan. So’yilgan qoramolning tirik vazni ham 2016 yilda 2005 yilga nisbatan
1,8 martga oshgan. Mahsuldorlikning oshishi yalpi sut va go’sht mahsulotlarining
hajmiga ijobiy ta’sir qilgan. Shuningdek, bu yerda chetdan keltirilgan zotdor
qoramollar salmog’ining yildan yilga oshib borishi ham muhim rol o’ynamoqda.
14. Xushmatov N., Fayzullayev T. Aholini oziq – ovqat bilan ta’minlashda
chorvachilikning o’rni // O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2011. -№7. -38-
39-b.
Mualliflar chorvachilikning qishloq xo’jaligini asosiy tarmoqlaridan biri
ekanligi, aholini qimmatli, oqsilga boy, to’yimli go’sht, sut, sariyog’, tuxum,
parhezbop tovuq go’shti, shifobaxsh asal kabi mahsulotlar bilan ta’minlashi
to’g’risida to’xtalganlar. Shuningdek, oxirgi yillarda parrandachilik, baliqchilik va
asalarichilik rivojlanayotganligi, mustahkam ozuqa bazasi, naslchilik ishlarini
yaxshilash, qayta ishlash kabilarga e’tibor qaratish lozimligini ko’rsatganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |