2. Asoslarga nisbatan sezgir (pH<7): metiloranj, metil qizili.
3. Ham kislota, ham asosga nisbatan sezgir (pH=7): lakmus,
fenil qizil.
Indikatorlar nazariyasi. Kislota-asosli indikatorlarni kislotali
va ishqoriy muhitdagi holatini tushuntirish uchun bir necha indikatorlar nazariyasi mavjud.
Indikatorlarning ion nazariyasi. 1887-yilda S.Arreniusning
elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasini, 7 yildan keyin esa
(1894) Ostvald indikatorlarning ion nazariyasini yaratdi.
Bu nazariyaga ko‘ra, kislota-asosli indikatorlarning dissotsilanmagan molekulalari va ionlari turli rangli kuchsiz organik kislota yoki asoslardi
H Jn d — indikatorning dissotsilanmagan
molekulasi. Jnd~ — indikator ionlari. Masalan:
Indikatorning xromofor nazariyasi. Indikatorlarning eritma
muhitiga munosabati xromofor nazariya bilan to'ldirildi. Organik birikmalarning rangi ularning molekulasida xromoforlar
(—N = N —, —OH, —N = 0 , —C —0 ) deb ataluvchi maxsus atomlar guruhi yoki ikkilamchi bog‘larning guruhlanishiga bog‘liq
bo'lgani uchun bu nazariya shu nom bilan ataladi.
Xromofor nazariyaga asosan indikator rangining o ‘zgarishi
izomer o'zgarish, ya’ni molekula ichida atomlarning qayta guruhlanishi natijasida indikator molekulasining o'zgarishidir. Bu
jarayon qaytar bo'lib, qaytar izomeriya — tautom eriya deb, izomerlar esa tautomerlar deyildi. Masalan:
Ion xromotofor nazariya. Fanning rivojlanish jarayonida bu
ikki nazariya birlashtirildi. Indikatorlarning dissosiatsiya muvozanati tez qaror topadi, lekin tautomer o‘zgarish jarayoni vaqt
o'tishi bilan sodir bo'ladi. Shuning uchun ayrim indikatorlarning
rangi hamma vaqt tez o'zgarmaydi. Masalan:
Titrlashda eng asosiysi indikatorni to'g'ri tanlash kerak. Agar
analizdagi hamma shartlar to'g'ri bajarilgan bo'lib, indikator
to'g'ri tanlanmasa, olingan natijalar noto'g'ri bo'ladi.
Indikatorning o'zgarish sohasi — pH sakramaga, indikatorning titrlash ko'rsatkichi esa ekvivalent nuqtaning pH iga to'g'ri
kelishi kerak.
Shuning uchun indikatorni tanlashdan oldin titrlash egri
chiziqlaridan pH sakrama oralig'i aniqlanadi, keyin o'zgarish sohasi shu oraliqqa to'g'ri keladigan indikator tanlanadi. Masalan,
titrlash egri chiziqlaridan
— kuchli kislotani kuchli asos bilan titrlaganda pH sakramasi
4,3—9,7 oralig'iga to'g'ri keladigan indikatorlar: metiloranj, fenolftalein, lakmus; metil qizili;
— kuchsiz kislota kuchli asos bilan titrlanganda pH sakramasi 7,74—10 oralig'iga to'g'ri keladigan indikatorlar: fenolftalein,
timolftalein;
— kuchsiz asosni kuchli kislota bilan titrlaganda pH sakramasi 4—6,24 oralig'iga to'g'ri keladigan indikatorlar: metil qizili,
metiloranj ishlatiladi
Indikatorsiz
Ekvivalent nuqtagacha margansovkani rangli eritmasi eritmaga tushgach,rangsiz Mn+2 qaytariladi, ekvivalent nuqtada esa margansovkani ortiqcha miqdori och pusht rang beradi.Reaksiya tezligi yetarli darajada yuqori bo'lishi kerak.Titrlash vaqtida qo'shimcha reaksiyallar sodir bo'lmasligi kerak.
Adabiyotlar
Analatik kimyo M.T G'ulomova,Sh Q Norov,N.T Turabov
Analitik kimyo Mirkomilova
Do'stlaringiz bilan baham: |