Mavzu: Chet el investitsiyalari harakatini soliq mexanizmi orqali tartibga solish masalalari



Download 183,3 Kb.
bet8/9
Sana31.12.2021
Hajmi183,3 Kb.
#219770
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Moliya kurs ishi

Tabiiy gaz taʼminoti

 “Urgut” EIZning “Mergancha” va “Sariqtepa” xamda “Doʼstlik” massivlari toʼliq tabiiy gaz bilan taʼminlangan. Bugungi kunda “Sazagʼon” massiviga gaz tarmogʼi tortish ishlari yakunlanib sanoat tuguni (promkollektor) oʼrnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Telekommunikatsiya taʼminoti

 Urgut erkin iqtisodiy zonasi massivlarida aloqa tarmoqlari bilan taʼminlangan. “Urgut” erkin iqtisodiy zona xududlariga temir yoʼl bilan taʼminlanishi. Urgut tumani va “Urgut” EIZning massivlariga jami 54 km temir yoʼl qurish Pastdargʼom tumani xududidan 9 km, Samarqand tumani xududidan 19 km , Nurobod tumani xududidan 5,0 km, Urgut tumani xududdan 21,0 km qurish ishlari 2020-2024 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish, ishbilarmonlik muhiti va investitsiyaviy jozibadorlikni yaxshilash, aholi daromadlarini oshirish va biznes uchun soliq yukini kamaytirishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasining soliq siyosati amalga oshirilmoqda xususan, yagona ijtimoiy to‘lov stavkasining 12 foizgacha pasaytirilishi hamda yuridik shaxslarning aylanmasi (tushumi)dan davlat maqsadli jamg‘armalariga undiriladigan majburiy ajratmalarning bekor qilinishi korxonalar ixtiyorida qo‘shimcha mablag‘lar qolishi uchun shart-sharoit yaratdi. 2018 yilda 18 ta davlatlararo tashriflar amalga oshirildi va 50 milliard AQSh dollariga teng investitsiyaviy kelishuvlarga erishildi. Bugungi kunda yurtimizda chet el investitsiyalari hisobidan qiymati 23 milliard AQSh dollari miqdoridagi 456 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Umuman soliqlar va to’lovlar stavkalarini pasaytirilishi, ularni undirish mexanizmlarining takomillashishi amaldagi soliq yukining kamayishiga va byudjetga to’lovlarning o’z vaqtida kelib tushishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Shunisi e’tiborliki, tahlil qilinayotgan davrda soliq stavkalarining bir necha foizga kamayishi ushbu soliq turlari bo’yicha byudjetga tushumni kamaytirmadi. Chunki soliq stavkalarining tushishi tufayli ko’plab yangi korxonalar faoliyat boshlamoqdalar va natijada davlat byudjetiga tushadigan soliq miqdori ham barqaror saqlanib turibdi.

Bu jadvalda keltirilishicha:8

300000$ dan 3mln$ gacha investitsiya kiritsa 3 yil;.

3mln $dan 5mln $gacha investitsiya kiritsa 5 yil;

5mln $dan 10mln $gacha investitsiya kiritsa 7 yil;

10mln $dan ko’proq investitsiya kiritsa 10 yil soliqdan imtiyoz beriladi.


Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, mamlakatimizda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va faoliyat yuritishi uchun barcha xuquqiy shart-sharoitlar va qulayliklar yaratilgan bo’lib buning natijasida esa milliy iqtisodiyotimizga yildan yilga xorijiy investitsiyalarni kirib kelish hajmi oshib bormoqda. Iqtisodiyotni madernizatsiyalash sharoitida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish juda muhim hisoblanadi bizga ma’lumki xorijiy investor o’z mablag’ini o’zining boshqaruv mahoratiga tayanib, eksport o’rnini bosuvchi va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishga va yaratilgan qulay iqtisodiy shart-sharoitdan unumli foydalanishag qaratadi. Mamlakatimizda olib borilayotgan investitsiya siyosatining to’g’riligi tufayli milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni kirib kelishi yildan-yilga oshib bormoqda.



3. Chet el investitsiyalari harakatini soliq mexanizmi orqali tartibga solishning rivojlantirish masalalari.

Mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirish, uzoq muddatli strategik maqsadlarni amalga oshirishda O’zbekistonning jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga yo’naltirilgan tarkibiy o’zgarishlar, zamonaviy yuksak texnologiyalarga asoslangan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirish asosiy ustuvor yo’nalishlardan biridir. Xorijiy investitsiyasi bo`lgan korxona amaldagi qonunlarga binoan o`zi ishlab chiqargan mahsulotni litsenziyasiz eksportga chiqarish va o`z ishlab chiqarish extiyojlari uchun zarur mahsulotlar importini amalga oshirish huquqiga egadir. Xorijiy investorlarga tabiiy boyliklarni qidirish, ishlab chiqarish va foydalanish va boshqa xo`jalik ishlarini yuritish uchun kontsessiyalar berilishi mumkin. Kontsession shartnomalar xorijiy investorlar bilan O`zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvining vakil qilingan organlari o`rtasida tuziladi. O`zbekiston Respublikasida barpo etilayotgan korxonalar ustav sarmoyasiga xorijiy investorlarning hissasi sifatida yoki xorijiy xodimlarning o`z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan mulk bojxona to`lovidan ozod qilinadi va import solig`i undirilmaydi. Xorijiy investorlar O`zbekistonda faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarning aktsiyalari, hissalari va paylarini, shuningdek, yuridik shaxslar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlarni sotib olishlari mumkin. Xorijiy investitsiyalari bo`lgan korxonadan chiqish yoki bunday korxonanining tugatilish hollarida xorijiy investorlar shu korxona mulkidan o`zining hissasini korxona mulki bilan qiymatiga mutanosib ravishda pul yoki natura tariqasida qaytarib olish huquqiga ega bo`ladi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida tuzilgan korxonalarning xo`jalik ishlarida hisob-kitoblar O`zbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida olib borilishi lozim. Bu holatlar ham qonunda ko`rsatilgan. Hozirga kelib, O`zbekiston hududida xorijiy kompaniyalar faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish jarayoni asosan nihoyasiga yetkazildi va amalda qo`llanilmoqda. Bu faoliyatni rag`batlantirishga yo`naltirilgan chora-tadbirlarning quyidagi tizimi ishlab chiqilgan9:

  • xususiylashtirish jarayonida xorijiy investitsiyalarning qatnashishi;

  • texnikaviy qayta qurollanish;

  • xalq iste`moli va eksportga mo`ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirish.

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o`zlashtirish maqsadida investorlarga beriladigan imtiyozlar:

O`zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o`zlashtirish maqsadida investorlarga bir qator imtiyozlar (iqtisodiy platforma) beriladi.

Xorijiy investitsiyalar bilan tashkil etilgan korxonalar (savdo, vositachilik, xom ashyo etkazib beruvchilardan tashqari) ro`yxatdan o`tgan kundan boshlab: daromad (foyda) solig`idan

- 1-yil – 25%,

- 2-yil – 50%,

3-yildan – 100%,



  • qishloq hududida 1-yil ozod qilinadi;

  • mulk solig`idan 2 yilga ozod qilinadi;

  • ishlab chiqargan mahsulotining 30% ortig`i eksportga chiqsa, 50%ga daromad (foyda solig`i)

  • 15-30% eksportga chiqarilsa, 30% daromad (foyda) solig`idan ozod qilinadi;

  • ishlab chiqarish bilan band bo`lsa, yer solig`idan 2 yilga ozod qilinadi.

O’zbekiston Respublikasida alohida sohalarga imtiyozlar berish ko`zda tutilgan. Unga ko`ra neft va gaz konlarini ochish va qidirish ishlariga xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan korxonalar10:

  • ushbu ishlarni amalga oshirish davrida barcha soliqlardan;

  • ushbu ishlarni amalga oshirish uchun zarur uskunalarni import qilishda bojlardan ozod qilinadi.

Mazkur soha korxonasi chet ellik hamkorlar bilan birga ochilsa, unda:

  • neft va gaz qazib chiqarilgan kundan boshlab 7 yilga daromad (foyda) solig`idan;

  • xorijiy hamkorlar ulushi kapitalidan olinadigan daromad va mulk solig`idan ozod qilinadi.

Yengil sanoat sohasida:

  • tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar QQS dan tashqari barcha soliqlardan ozod;

  • o`z ehtiyoji uchun ishlab chiqarish uskunalari, ehtiyot qismlarini import qilishda korxonalar bojxona to`lovlaridan ozod qilinadi.

To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar:

investorga investitsiya kiritilayotgan ob’ekt ustidan nazorat qilish huquqini beruvchi ishlab chiqarishga sarflangan uzoq muddatli xorijiy qo’yilmalarni;



  • pirovard maqsadi foyda ko’rinishida daromad olishga qaratilgan tadbirkorlik kapitalining ustuvor shaklini;

  • xususiy kapitalga asoslangan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni;

  • xorijiy investorning investitsiya kiritilayotgan ob’ekt ustidan to’liq egalik qilishini;

  • xorijiy investor tomonidan investitsiya kiritilayotgan ob’ekti ustav kapitalining 10 %dan kam bo’lmagan qismi ustidan nazorat o’rnatishini;

  • xorijiy investorning investitsiya kiritilayotgan ob’ektlarni boshqarishda samarali qatnashishini;

  • mustahkam iqtisodiy munosabatlarni o’rnatish hamda korxona ustidan nazorat xuquqini qo’lga kiritish maqsadida kapital va resurslarning transchegaraviy harakatini qamrab oladi.

To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning O’zbekistonga kirib kelishi qisqa vaqt ichida mulkchilikning turli shakllarini tashkil topishiga ko’maklashdi, O’zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy qayta qurishni, nufuzli tarmoqlarning barpo etilishini ta’minladi. Eng muhimi, O’zbekiston iqtisodiyotining baynalmilallashini va O’zbekistonning xalqaro bozorga o’z mahsulotlarini olib chiqishini va u yerda o’z o’rniga ega bo’lishini ta’minladi.

To’g’ridan-to’g’i xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi respublikamizda xususiylashtirish jarayonlarini tashkil etish bosqichlari bilan bog’liq bo’ldi. Shu bilan bir qatorda, respublikada iqtisodiy islohotlarning huquqiy poydevorini yaratish ham, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar oqimlari shakllarini belgilab berdi. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning oqimlari:



  • O’zbekiston iqtisodiyotida qo’shma korxonalarning barpo etildi.

  • xorijiy korxonalar barpo etilishiga zamin yaratdi.

Tadqiqotlar ko’rsatishicha, milliy iqtisodiyotning to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish holati ichki bozor hamda eksportning hajmi, tabiiy va mineral resurslar, malakali ishchi kuchi mavjudligi, bozor islohotlarini amalga oshirish sur’atlari, iqtisodiy barqarorlik omillari bilan bog’likdir.

O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarining to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning jozibadorligini belgilovchi omillarni besh guruhga bo’lish mumkin:

  • bozor omillari (ichki bozor va eksport imkoniyatlari);

  • boy tabiiy resurslarning mavjudligi;

  • ishlab chiqarish xarajatlari omillari;

  • investitsiya muhiti;

  • mamlakatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasi.

Mamlakat eksport saloxiyatini oshirish, yangi ish o`rinlarini yaratish, davlat byudjetining daromad qismini soliqlar bilan ta‘minlashda investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni keng ko`lamda jalb qilish va investitsiya faoliyatini rag`batlantirish orqali qo`shma korxonalarni barpo etish hamda ular faoliyatini rivojlantirishga iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omili sifatida qaralishi kerak.

Investitsiyalarning jalb etilishi milliy iqtisodiyotdagi bir qator iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni xal qilishda o`z samarasini beradi. Jumladan:



  • ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, yangi ilg’or texnologiyalar bilan jizohlash asosida ishlab chiqarish darajasini oshirish;

  • ishlab chiqarilgan maxsulot (bajarilgan ish,ko`rsatilgan xizmat)larning sifatini

taqsmillashtirish va ularning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini ta‘minlash;

  • aholining mexnatga layoqatli qismini ish bilan ta‘minlash, ularning kasbiy maxoratlarini oshirish xamda iqtisodiy daromadlarini ko`paytirish;

  • eksport xajmini oshirish orqali valyuta tushumlarini ko`paytirish;

  • byudjetga to`laydigan soliqlar, ijara majburiyatlari va boshqa to`lovlar hisobiga byudjet daromadlarini shakllantirish va xokazolar.

Republikamizning barcha xududlarida zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruksiya qilishda, albatta, ichki investitsiyalar bilan bir qatorda xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi xam muhim o`rin tutadi.

Shu boisdan xam bunday faoliyatni va tashkil etiladigan korxonalarni rag`batlantirish asosan soliq imtiyozlari orqali amalga oshiriladi. Chunki xar bir investor o`z sarmoyasini biror xududga kiritar ekan, uni befarq qoldirmaydigan va e‘tiborini tortadigan asosiy masala u yerda amal qilayotgan soliq qonunchiligi xamda soliqlardan berilayotgan imtiyozlar masalasidir.

Bu tadbirlarni to`laqonli amalga oshirish uchun xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga soliq imtiyozlarini joriy etishda quyidagi masalalarga aloxida e‘tibor qaratilganligini ta‘kidlash lozim:


  • soliq imtiyozlari samarali qo`llanilishiga aks ta‘sir etuvchi omillarni hisobga olish;

  • investitsiya faolligini kuchaytirish maqsadida berilayotgan barcha imtiyozlarni bir paytda taqdim etish;

  • qo`shma korxonalarni rag`batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini cheklab qo`yishning va raqobat muhiti buzilishining oldini olish;

  • qo`shma korxonalar ishlab chiqargan tayyor mahsulot tarkibida maxalliy xomashyo resurslaridan foydalanganlik darajasiga qarab ularga soliqlardan ma‘lum yengilliklar berish;

soliq imtiyozlarining joriy etilishi byudjet daromadlariga va shaxsiy iqtisodiy manfaatlarga zarar yetkazmasligi lozim.

Qo'shma korxonalarga berilayotgan imtiyozlar davlat byudjetining daromadlar xajmiga sezilarli ta‘sir qilishi tabiiy. Ammo bunday imtiyozlar evaziga korxonalar ixtiyorida qolgan mablag’lardan samarali foydalanish, qayta investitsiya qilish va faoliyatni rivojlantirish orqali kelajakda byudjet daromadlarining barqarorligini ta‘minlash ko`zda tutiladi.Jahondagi ko`pgina mamlakatlarda soliqlarning investitsiya faoliyatini rag`batlantirishga qaratilgan tartibga solish funksiyasidan samarali foydalanadi. Jahondagi ko`pgina mamlakatlarda soliqlarning investitsiya faoliyatini rag`batlantirishga qaratilgan tartibga solish funksiyasidan samarali foydalanadi. Davlat tomonidan investitsiya faoliyatini boshqarish soliq tizimini soddalashtirish, amortizatsiya siyosatini amalga oshirish, kredit siyosatini yuritish, yer xamda boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish shart-sharoitlarini aniqlash va boshqalarni ham o`z ichiga oladi.

O`zbekistonda bugungi kunda davlat investitsiya siyosati quyidagi o`ziga xos ikki yo`nalishga tayanadi:


  • soliq yukini yengillashtirish, mablag`larni ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratish;

  • mablag`larni davlat byudjeti orqali to`plash va investitsiya dasturlarini amalga oshirish.

O`zbekistonda investitsiya siyosatini amalga oshirish uchun mas‘ul bo`lgan tashkilot Moliya vazirligidir. Aynan ushbu vazirlik boshqa davlat tashkilotlari, organlari, banklar va kompaniyalar bilan xamkorlikda davlat investitsiya siyosatini amalga oshiradi va boshqarib boradi.

O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyatini quyidagi raqamlar orqali ifodalash mumkin. Agar 1990 yilda mamlakatimizning investitsiya portfelida xorijiy investitsiyalar deyarli mavjud bo’lmagan bo’lsa, 2000 yilda investitsiya va kreditlarning ulushi 23,2 foizni, jumladan, hukumat kafolati bilan jalb etilgan xorijiy investitsiya va kreditlar 19,8 foizni, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar 3,4 foizni tashkil qildi. Xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay biznes muhiti, keng huquqiy kafolat va imtiyozlar tizimi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni rag’batlantirishga qaratilgan butun bir chora-tadbirlar majmuasi mamlakatimiz iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar oqimini tubdan ko’paytirish imkonini berdi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “2015 yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 milliard 800 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va o’zlashtirildi. Bu 2014 yilga nisbatan 9,5 foiz ko’p demakdir. Jami investitsiyalarning 3 milliard 300 million dollardan ziyodi yoki 21 foizdan ortig’i xorijiy investitsiyalar bo’lib, shuning 73 foizi to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalaridir.’’11 Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etishdan manfaatdorlik har qanday davlatning o’z investitsiya siyosatini ishlab chiqishini talab etadi. Bu siyosat xorijiy investitsiyalarni jalb etishning o’ziga xos yo’nalishini, shuningdek, ularni jalb etishni rag’batlantirish tizimini aniqlab beradi va investitsiya faoliyatining huquqiy tartibini belgilaydi.



O’zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi Qonunning asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar amalga oshirilishining huquqiy asoslari va tartibini belgilab berishdan iborat. Ushbu qonunning asosiy vazifalari bo’lib:

  • xorijiy investitsiyalar kirib kelishini rag’batlantirish yo’li bilan O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish va uning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishiga ko’maklashishdan;

  • xorijning moliyaviy, moddiy, intellektual va boshqa resurslarini, zamonaviy xorijiy texnologiyalarni va boshqaruv tajribasini jalb etish hamda ulardan oqilona foydalanishdan iborat.

O’zbekiston Respublikasining “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi Qonunining maqsadi O’zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan xorijlik investorlar huquqlarining kafolatlarini va ularni himoya qilish choralarini belgilab berishdan iborat bo’lib, uning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

  • xorijlik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish bo’yicha kompleks choralarni shakllantirish;

  • xorijlik investorlar va xorijiy investitsiyalarning ayrim toifalari uchun qo’shimcha kafolatlar berish shart-sharoitlarini va ularni himoya qilish choralarini belgilash.

O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 apreldagi “Chet el investitsiyalari to’g’risida”ga Qonuniga ko’ra, O’zbekiston Respublikasida xorijlik investorlar quyidagilar bo’lishi mumkin: chet el davlatlari, chet el davlatlarining ma’muriy yoki hududiy organlari, davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq sub’ektlari bo’lgan xalqaro tashkilotlar, chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko’rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar, chet el davlati fuqarolari bo’lmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari.

Xorijlik investorlar va xorijiy investitsiyalar uchun adolatli va teng huquqli rejim, ularning to’liq va doimiy himoyasi hamda xavfsizligi ta’minlanadi. Bunday rejim O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilab qo’yilgan rejimga qaraganda noqulayroq bo’lishi mumkin emas. Xorijiy investitsiyalarning huquqiy rejimi O’zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiyalarning tegishli rejimiga qaraganda noqulayroq bo’lishi mumkin emas. O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan me’yorlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi manfaatlarini himoya etish maqsadida iqtisodiyot va faoliyatning muayyan sohalarida xorijiy investitsiyalar uchun cheklashlar yoki taqiq nazarda tutilgan bo’lishi mumkin. Xorijlik investorlarning O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan kafolatlangan huquqlari va manfaatlari buzilganda ularni tiklash O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi. Investitsiyalar va xorijlik investorlarning tavakkalchiligini sug’urta qilish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Umuman olganda, O’zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy va qonun hujjatlarida xorijiy investitsiyalar uchun quyidagi kafolatlar va rag’batlantirish omillari amal qiladi:



  • davlat investitsiya faoliyati sub’ektlarining huquqlarini kafolatlaydi;

  • davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya faoliyati sub’ektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas;

  • davlat investitsiyalar himoya qilinishini kafolatlaydi;

  • O’zbekiston Respublikasida investitsiyalar va investorlarning boshqa aktivlari davlat mulkiga aylantirilmaydi;

  • investitsiyalar va investorlarning boshqa aktivlari rekvizitsiya qilinmaydi;

  • investitsiya faoliyati sub’ektining investitsiya faoliyati natijasida olingan foydasi (daromadi) soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langach, uning xohishiga ko’ra reinvestitsiya qilinishi yoki boshqa har qanday usulda ishlatilishi mumkin;

  • investitsiya faoliyati sub’ekti olgan aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar, uning maqsadli bank omonatlari, shuningdek, olingan mol-mulk olib qo’yilgan (rekvizitsiya qilingan) hollarda ular qiymati yoki ijara to’lovlari qonun hujjatlariga muvofiq qoplanadi (kompensatsiya to’lanadi).

  • Xulosa qilib aytganda, milliy iqtisodiyotimizda xorijiy investitsiyalarning me’yoriy-huquqiy asoslari bunyod etilgan bo’lib, ularda yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, soliq va bojxona imtiyozlari, qonun o’zgarmaslik kafolatlari, foyda olish va mulklarning rekvizitsiya qilinmasligi va boshqa kafolatlar respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar jalb qilinishini yanada rag’batlantiradi va uning jahon xo’jaligi tizimiga uyg’unlashuvini ta’minlaydi.

Xulosa.

Milliy iqtisodiyotimizda xorijiy investitsiyalarning me’yoriy-huquqiy asoslari bunyod etilgan bo’lib, ularda yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, soliq va bojxona imtiyozlari, qonun o’zgarmaslik kafolatlari, foyda olish va mulklarning rekvizitsiya qilinmasligi va boshqa kafolatlar respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar jalb qilinishini yanada rag’batlantiradi va uning jahon xo’jaligi tizimiga uyg’unlashuvini ta’minlaydi.

O’zbekistonda horijiy investitsiyalarni jalb qilish va tartibga solishda O’zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to’grisida”, “Chet ellik Investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’grisida”, “Investitsiya faoliyati to’grisida”gi Qonuniy va boshqa qonun hujjatlari uning huquqiy asosi bo’lib xizmat qiladi

Bugungi investitsiyalar ertangi kunimizni belgilab beradi zero xozirgi jadal va tez sur`atda rivojlanayotgan davlatimizga yetarlicha chet el investitsiyalarini jalb qila olgan taqdirimizda albatta biz kelajagimizning poydevorini mustahkam qo’ya olgan bo’lamiz. Mamlakatimiz investorlarga qulay investitsiya sharoitini yaratib berish uchun qator qonun va farmonlar imzolamoqda. Bu kabi hujjatlarda asosan xorijiy investorlar uchun imtiyozalar aks ettirilmoqda. Investorlar e’tiborini jalb etishda mamlakatning geografik o’rni, siyosiy ahvoli, iqtisodiy potentsiali kabi muhim omillar birlamchi ahamiyat kasb etadi shu o’rinda investitsiyalar hajmini belgilovchi asosiy omillar bo’lib foiz stavkasi va kutilayotgan o’rtacha foyda me’yori hisoblanadi chunki chet el investorlari uchun bu ko’rsatgichlar katta ahamiyat kasb etadi zero ularning kapitali yetarli darajada ko’payishi kerak.

Investitsiya faoliyatini tartibga solishda eng muhim va asosiy muammolardan biri chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni respublika mintaqalari bo’ylab bir tekis joylashtirishdir, va shu o’rinda mamlakatda faoliyat yuritayotgan korxonalarni joyidan qat`iy nazar soliq imtiyozlarini tenglashtirish.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga keng yo’l ochish iste’mol bozorida tovar va xizmatlar taqchilligi hamda mablag’ yetishmovchiligi sharoitida ko’p sarmoya sarf qilmasdan, qisqa muddat ichida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi. Shuning uchun respublikamiz hukumati tomonidan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona soliqlar orqali rag’batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun qulay soliq muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Soliq yukini, birinchi navbatda, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalardan olinadigan soliq yukini sezilarli darajada kamaytirish belgilanmoqda. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun soliq to’lovi stavkalarini boshqa turdagi korxonalarga nisbatan kamaytirilishi natijasida, ular ixtiyorida qoladigan moliyaviy resurslarni ko’paytirish imkoniyatini yaratmoqda.

Olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:



  • hududiy dasturlar doirasida har bir viloyatning o’ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqishda mahalliy tashabbuskorlarning sustligi ko’zga

tashlanmoqda;

  • mintaqalar iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish ko’p tomonlama investitsiya salohiyatning darajasi bilan aniqlanadi.

  • bugungi kunda mintaqalar iqtisodiyotini diversifikatsiyalash va modernizatsiyalashda, uning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari mintaqa viloyatlarining barcha tumanlarini to’lik qamrab olmayapti;

  • xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar viloyatlarning eksport

salohiyatini ko’tarishda faol ishtirok etmoqda, shu nuqtai nazardan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar kam tumanlar tashqi iqtisodiy aloqalarni bajarishda juda sust ishtirok etmoqda;

  • tabiiy-iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatning hududiy tarkibi, mintaqalarning iqtisodiy rivojlanishidagi o’ziga xos xususiyatlar va ixtisoslashuvi ularda investitsiya saloxiyatining farqlanishiga olib kelgan..

Mavzuni o’rganib chiqib, mamlakatimiz investitsiya salohiyatini yanada oshirish uchun quyidagi takliflarni kiritamiz:

  • Aholining o’rta va quyi qatlamlarini ish bilan ta’minlash maqsadida, investitsiyalar oqimini hududlar bo’yicha aholi soniga qarab proporsional taqsimlash;

  • Mamlakatimiz bo’ylab erkin iqtisodiy hududlar sonini ko’paytirish;

  • Chet el investorlari uchun berilgan mutloq soliq imtiyozlaridan ozod qilishdan tashqari, imtiyoz muddati tugagach qisman imtiyozlar berishni joriy etish;

  • Moliya bozorini, xususan, qimmatli qog’ozlar ikkilamchi bozorini rivojlantirish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



  1. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar.

  1. Respublikasining 1998 yil 30 apreldagi «Chet el investitsiyalari to’g’risida»gi qonun

  2. O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”giQonuni, 2014-yil 9dekabr

  3. O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi Ozbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish.

  4. “Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.06.2000y. PF-2613-son Farmoni.

  5. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi “To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 3594-sonli Farmoni.

  6. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 2012 yil 10 apreldagi “To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni

Download 183,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish