korxonalar soni dinamikasi.4
№
|
Ko’rastkichlar
|
Jami korxonalar soni
|
Faoliyat yuritayotgan korxonalar soni
|
1
|
01.01.2018 holatiga ko’ra
|
6960
|
6683
|
2
|
01.01.2019 holatiga ko’ra
|
7560
|
7190
|
3
|
01.01.2020 holatiga ko’ra
|
11000
|
10569
|
4
|
01.01.2021 holatiga ko’ra
|
12300
|
11705
|
5
|
O’rtacha yillik o’sish (foizda)
|
22,2%
|
20,2%
| 2021- yildagi xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar soni (viloyatlar kesimida) 5
Rasm ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkinki, 2020- yilda tashkil etilgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Toshket shahri, Toshkent viloyati, Samarqand, Farg’ona, Surxondaryo, Andijon viloyatlariga to’g’ri kelmoqda, shuningdek, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasida xorijiy sarmoya ishtirokidagi yangi tashkil qilingan korxonalar soni boshqa viloyatlarga nisbatan kam, buning asosiy sababi ushbu viloyatlarda xorijiy investorlar uchun yetarlicha investitsion muhitning shakllanmaganligi deb mulohaza qilishimiz mumkin.
Albatta xorijiy investitsiyali korxonalar orasida faoliyat yuritmayotganlari ham bor, lekin faol ishlab turgan korxonalar sonining tobora oshib borishi ijobiy ko’rsatkich bo’lib, xorijiy investorlarning mamlakat iqtisodiyotiga qiziqishi ortayotganidan va umumiy biznes yuritish muhiti yaxshilanib borayotganidan dalolat beradi. So’nggi yillarda mobaynida ichki savdo, yengil sanoat, mashinasozlik oziq- ovqat kabi sohalarda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar soni yuqori ko’rsatkichga egadir. Buning boisi shundan iboratki, respublikamizda avtomobilsozlik va unga aloqador tarmoqlar jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz investitsion salohiyatini oshirish maqsadida ko’plab erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi. Shunday erkin iqtisodiy hududlardan biri Samarqand viloyatidagi Urgut erkin iqtisodiy zonasi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.01.2017 yildagi «Urgut», «Gʻijduvon», «Qoʻqon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PF-4931-son Farmoniga muvofiq «Urgut» EIZ tashkil etilgan. «Urgut» EIZ uchun Samarqand viloyatining Urgut, Pastdargʻom, Nurobod tumanlari hamda Samarqand shahridan jami 918,0 gektar yer maydoni ajratildi, shundan: 278,7 gektar yer maydonida investitsiya loyihalari amalga oshiriladi, 207,2 gektar yer maydonida kommunikatsiya tarmoqlari va infratuzilma ob’yektlari joylashtiriladi, 173,1 gektar yer maydonida – muhofaza zonalarini hamda 259,0 gektar yer maydonida istiqbolli investitsiya loyihalarini joylashtirish rejalashtirilgan. Urgut» EIZ hududi quyidagi yer maydonlari ajratilishi hisobiga kengaytirildi:
Samarqand viloyati Urgut tumani «Oʻramas» mavzesi hududidan 50 gektar (shundan 27,7 gektari noqulay relyefda joylashgan tuproq unumdorligi jihatidan 56,3 ball bonitet boʻlgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari);
Samarqand shahri Xishrav tumani hududida joylashgan 294 gektar (shundan 33,6 gektari qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari).
Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun muhim ahamiyatiga ega ekanligini inobatga olgan holda, yer maydonlari ajratilishi bilan bogʻliq qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarini oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovlari istisno tariqasida undirilmaydi. Hujjat bilan «Urgut» erkin iqtisodiy zonasining tashqi muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Bunda «Urgut» EIZ ishtirokchilari uchun barpo qilingan muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga «Urgut» EIZ hududidan tashqarida boʻlgan iste’molchilarning ulanishi qat’iyan man etilishi belgilandi.Buning natijasida Urgut» EIZ hududida ayni paytda umumiy qiymati 90 million dollarlik, shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 23,2 million dollar bo‘lgan 29 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur qarordan maqsad Samarqand viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatini kompleks rivojlantirish, mineral xomashyo va qishloq xo‘jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash orqali innovatsion tadbirkorlik va yuqori texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda aholi farovonligini oshirishdan iborat. Urgut EIZda investorlar uchun quyidagi imtiyozlar berilgan: 6
1. Valyuta bozori liberallashtirildi. Bu esa har bir investor oʼz daromadini xohlagan chet el valyutasida konvertatsiya qilib, olib ketish imkonini beradi.
2. Soliq va bojxona toʼlovlaridan berilgan imtiyozlar:
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini jadallashtirish va kengaytirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida» gi 2016 yil 26 oktyabrdagi PF-4853-son Farmonining 3-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiya hajmiga bogʼliq ravishda 3 yildan 10 yil muddatgacha beriladi.
Mazkur farmonga asosan investorlar tomonidan kiritilgan investitsiyalarni hajmidan kelib chiqib;
- Yer soligʼi
- Foyda soligʼi
- Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
- Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq
Do'stlaringiz bilan baham: |