Elektr taʼminoti
“Mergancha” massiviga 25000 kVА va “Sariqtepa” massiviga 10000 kVАli nimstantsiyalar barpo etilgan. “Sariqtepa” massividagi 110/10kVА.li nimstantsiyaga qoʼshimcha ravishda “Mergancha” massividagi podstantsiyadan 10 km lik 110 kVА li havo tarmogʼi tortilmoqda. "Sazagʼon" massiviga 13,0 km uzunlikdagi ikki zanjirli 110,0 kVli elektr tarmogʼini tortilib, quvvati 16,0 MVА boʼlgan ikki transformatorli 110/10 kVА podstantsiya barpo etilgan.
Аvtomobil yoʼllari
Urgut tumaniga olib keluvchi 4R-47 Bulungʼur-Urgut va 4R-50 "Tayloq-Urgut" avtomobil yoʼllari yangidan rekonstruktsiya qilinib foydalanishga topshirilgan. “Urgut” EIZ xududlarining jami 60,7 km ichki yoʼllarni barpo etish koʼzda tutilgan boʼlib, bugungi kunda "Mergancha" va "Sariqtepa" massivlarida ichki yoʼllar barpo etilgan, “Sazagʼon” va “Doʼstlik” massivlarida qurilish ishlari davom etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |