Mavzu: Chaqaloqlar va bolalar kasalliklari. Tug’ma anomaliyalar. Muddatdan oldin tug’ilgan chaqaloqlardagi buzilishlar Homila umumiy shishi



Download 264,35 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/26
Sana29.01.2022
Hajmi264,35 Kb.
#415658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
15-mavzu a61a9f0d1ce6663d40cb3a371f995be1

Etiologiyasi va patogenezi
. Tug‟ma yurak nuqsonlari etiologiyasiga ko‟ra, irsiy va 
turmushda orttirilgan nuqsonlarga bo‟linadi. Irsiy nuqsonlarning sabablari gen, xromosoma 
va genom mutastiyalari bo‟lishi mumkin. Yurak nuqsonlarining genetik tabiati birgalikda 
uchraydigan tipik kasalliklar, masalan, Marfan va aortal nuqson sindromi paydo bo‟lishiga olib
keladigan malum xromosoma anomaliyalauida o‟z aksini topadi. Qarindoshlar
nikoxlanganida ulardan tug‟iladigan bolalarda tug‟ma yurak nuqsonlarining ko‟proq
uchrashi, shuningdek bitta oila azolarida tug‟ma nuqsonlar topilib turishi genetik 
o‟zgarishlarning ahamiyati borligini tasdiqlaydi. 
Lekin ionlashtiruvchi nur, zaharlanish, jumladan ichkilikvozlik, virusli infeksiyalar,
kimyoviy omillar (homiladorlik davrida bazi dori preparatlarini qisman ishlatish) singari
ekzogen omillar yanada muhimroq rolni o‟ynaydi. Mana shu omillar yurak va tomirlar 
tuzilmalarining rivojlanishini organogenezning har qanday davrida ham susaytirib yoki
to‟xtatib qo‟yishi mumkin. Ular homila rivojlanishining qaltis davrida teratogen tasir ham 
ko‟rsatishi mumkin. 
Tug‟ma yurak nuqsonining paydo bo‟lishi ona qornidagi hayotning 3-11 haftasi 
orasida embrionga patogen omil tasir o‟tkazishiga bokliq. Xomiladorlikning birinchi uch 
oyi ichida bo‟lg‟usi onada bo‟lib o‟tgan qizilcha kasalligi turli xildagi yurak nuqsonlari,
jumladan arterial yo‟lning ochiq qolishi, o‟pka arteriyasi gipoplaziyasi, o‟pka arteriyasi
og‟zi stenozi, yurak to‟siqlari kamchiliklari, Fallo tetradasi singari nuqsonlar yuzaga kelishiga 
sabab bo‟ladi. 
Yurak tug‟ma nuqsonlarining juda ko‟p xillari tasvirlangan bo‟lsada, lekin qay 
darajadagi gipoksiyaga olib borishiga qarab ular ikkita asosiy guruhga bo‟linadi. Birinchi
guruhga stianozsiz o‟tadigan tug‟ma yurak anomaliyalari kiradi (tug‟ma yurak 
nuqsonlarining oq xili). Bo‟lar quyidagilardir: 1) qorinchalararo to‟siq nuqsoni; 2) 


bo‟lmalari o‟rtasidagi to‟siq nuqsoni; 3) Botallo yo‟lining ochiq qolganligi; 4) aorta 
koarktastiyasi; 5) aortaning yakka stenozi; 6) o‟pka stvolining yakka stenozi; 7) toj 
arteriyalar anomaliyalari. Bu xildagi nuqsonlar uchun qon oqimining chapdan o‟ngga qarab 
borishi, qon aylanadigan yo‟lning birmuncha qisqa bo‟lib, qon ko‟pchilik qismining 
normadagiga qarshi o‟laroq, kichik qon aylanish doirasidan o‟tishi xarakterlidir. Bunda 
gipoksiya bo‟lmaydi va stianoz boshlanmaydi, biroq, o‟pka gipertenziyasi kuchayi b boradi, bu
hodisa, o‟z navbatida, o‟ng yurakdagi bosim kuchayib, qon oqimining yunalishi 
o‟zgarishiga sabab bo‟ladi. 
Ikkinchi guruhga sezilarli stianoz bilan o‟tadigan tug‟ma yurak nuqsonlari kiradi.
Bunda qon o‟ngdan chapga tomon yurib, kichik qon aylanishi orqali ko‟p o‟tmay qo‟yadi. 
Buning natijasida qonning faqat oz qismi oksigenlanadi, shu narsa bola tug‟ilgan mahaldanoq 
stianoz boshlanishiga olib keladi (tug‟ma yurak nuqson-larining ko‟kish xili). Bo‟larga: 1) o‟pka 
arteriyasi va aortaniig to‟la transpozistiyasi; 2) Fallo tetradasi kiradi. 

Download 264,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish