Aslida Shimoliy qutbni kim ochgan edi?:
Birmuncha vaqt Shimoliy qutbni Robert Piri ochgan deb hisoblab kelindi. Unga admiral unvoni berilib, medal va Faxriy legion ordeni topshirildi. Piri - qutb tadqiqotlari tarixidagi o'z ishiga astoydil berilgan va muvaffaqiyatga erishgan, va bir vaqtning o'zida eng yoqimsiz taassurot qoldirgan kishilardan biri. U haqiqatan ham layoqatli, o'z maqsadi yo'lida mardonavor harakat qiladigan, qat’iyatli, o'jar, tashkilotchi kishi bo'lgan, biroq unda shuhratparastlik, dong taratishga ishtiyoq kuchli bo'lgan. Frederik Kuk, kambag'al nemis imigrantlarining o'g'li, o'qish uchun mustaqil pul ishlab topib shifokorlik kasbini egalladi. Arktikaning bu ikkala tadqiqotchisi tamomila ikki xil odamlar bo'lishgan. Kuk shuhrattalab emasdi: «Maqsadga erishishning o'zi emas balki unga erishish yo'lida uchraydigan to'siqlami yengib o'tish kishiga haqiqiy lazzat bag'ishlaydi, - deb yozgan edi u. - ...Men davlatdan izzat-ikrom ham, orden-medal ham, pul ham talab qilmaganman... Inson aqlining tantana qilganligi, shu paytgacha yengib bo'lmaydi deb hisoblab kelingan tabiat kuchlari ustidan inson glalabasini his qilishgina kishiga mamnuniyat bag'ishlaydi». Shimoliy qutbni birinchi bo'libochganligini da’vo qilgan Piri Kukni firibgarlikda aybladi. Barcha ustunlik - mashhurlik, hokimiyat tomonidan qo'llab-quvvatlash va ko'p sonli nufuzli homiylarning bari Piri tarafida edi. AQSh kongressi «qutbni ochilishi to'g'risidagi ish»ni ko'rib chiqib, Kukni shon-shuhratga intilgan firibgar deb e’lon qildi. Bugungi kunda Piri bilib turib, faktlarni buzib ko'rsatganligiga shubha qolmadi. Uning shaxsiy arxividagi materiallaridan ma’lum bo'lishicha, u navigatsiya xatolari va oziq-ovqat yetishmaganligi sababli qutbga yetib bora olmagan.
Xulosa
Bu atama XV -XVII asrlar oralig'ida evropalik sayohatchilar tomonidan qilingan eng muhim geografik kashfiyotlarga nisbatan ishlatiladi. Geografik kashfiyotlar - bu ilgari odamlarga noma'lum bo'lgan yangi erlarni qidirish va ochish. Mana, odamlarni buyuk ishlarga undagan sabablar geografik kashfiyotlar XV asr oxiridan boshlab. Birinchidan, XV oxirida - XVI asr boshlari asrlar davomida Evropada tovar ishlab chiqarish tez sur'atlar bilan o'sa boshladi, bu esa xom ashyoga bo'lgan talabning oshishiga olib keldi. Ammo Evropada xom ashyo etarli bo'lmagani uchun uni boshqa davlatlardan import qilish zarur bo'ldi.
Ikkinchidan, O'rta er dengizi orqali mavjud savdo yo'llari, shuningdek, Osiyoni Evropa bilan bog'laydigan Buyuk Ipak yo'li o'ta xavfli bo'lib qoldi. Bu yo'llar ustidan nazorat Usmonli imperiyasiga (Turkiya) o'tdi. Yangi dengiz savdo yo'llarini ochish evropaliklar oldida turgan muammo tarixiy zaruratga aylandi. Bu vaqtgacha mavjud bo'lgan zamonaviy kemalar va qurol -yarog 'rejani amalga oshirishga to'liq imkon berdi. Kompas bilan birga navigatsiyada qo'llanila boshlangan astrolabe ixtirosi ham katta ahamiyatga ega edi. Bu davrda italiyalik olim P. Toskanelli yumaloq bo'lishidan kelib chiqib, dunyo xaritasini tuzdi. Unda Osiyo qit'asining qirg'oqlari Atlantika okeanining g'arbiy qismiga yetib keldi. P.Toskanelli Evropadan g'arbga suzib, Hindistonga etib olish mumkinligiga ishongan.
Xulosa o’rnida so’nggi so’z aytadgan bo’lsak, hozirgi har qanday qilinayotgan kashfiyotlar negizida XV-XVII asrlarda bo’lib o’tgan “Buyuk geografik kashfiyotlar” ham bor.
Foydalanilgan adabiyotlar:
GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR (Т. V. GRIGORYEVA) Bolalar uchun ilmiy-omm abop nashr. — I : MChJ «DAVR NASHRIYOTI»,
https://farbitis.ru/uz/geographical-discoveries/the-scientific-significance-of-geographical-discoveries-great-geographical-discoveries/
https://uz.wikipedia.org/wiki/Buyuk_geografik_kashfiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |