Metod: Aqliy xujum
SHakl: Yangi bilim beruvchi
Vositalar: Darslik, marker, oq qog’oz, tarqatma materiallar, rivoyat va maqollar, video namoyish.
Nazorat: Savol- javoblar nazorati.
Baholash: O’quvchilarni izohli baholayman.
Darsning maqsad va vazifalari:
Ta’limiy: Do’stlik –insonni ma’naviy qo’llab- quvvatlovchi, uning og’irini yengil qiluvchi, ruxiyatini ko’taruvchi, o’ziga ishonchini orttiruvchi kuch, do’stlik insonlar o’rtasidagi maqsadlar, intilishlar, qarashlar va manfaatlar yaqinligi, o’zaro bir birini tushunishga, bir-biriga ishonishga asoslangan munosabatlar ekanligini bilish.
Tarbiyaviy:O’quvchilar ongida do’stlik,o’rtoqlik, do’stga sadoqat va insonparvarlik kabi tushunchalarni singdirish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni erkin va mustaqil fikrlashga o’rgatish.Dunyoqarashini kengaytirish.
|
Kutilayotgan natijalar:
Dars yakunida o’quvchi biladi:Do’stlikka berilgan ta’rif,do’stlik qoidalari, do’st sirini saqlash, do’stning dushmanga yoki dushmanning do’stga aylanishiga nimalar sababchi bo’lishi, xalqlar o’rtasidagi do’stlikning nimalar hisobiga mustahkamlanishi xaqida bilish.
Dars yakunida o’quvchi tushunadi: Keltirilgan maqol va rivoyatlar asosida do’stga vafodor bo’lish,og’ir kunda xam, quvonchli kunda ham do’stning kerakligi xaqida tushunadilar.
Dars yakunida o’quvchi bajara oladi:Do’stga vafodor bo’lishni,do’st sirini saqlay olishni, do’stlik insonni og’ir kunida sinalishi kabi malakalarni egallaydi.
|
Dars jarayoni va uning bosqichlari:
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich
Tashkiliy qism
|
Salomlashish, yo’qlama qilish, siyosiy daqiqa o’tkazish.
|
Savol javob
|
3
|
2- bosqich
O’tilgan mavzuni takrorlash.
|
1.Yuksak ma’naviyatni inson va jamiyat madaniyatining negizi, deb bilishimizning sababi nimada?
2.Ma’naviyat inson ong-u shuuriga, qalbiga nima uchun yillar davomida singib boradi?
3.”Avesto” kitobida ilgari surilgan o’lmas g’oyaning ma’no- mohiyatini kengroq izohlay olasizmi?
4.Yurtboshimiz xalqimizning qadimiy va shonli tarixini nima uchun “tuganmas bir doston”ga o’xshatadi?
5.Minnat nima? Xayotingizda sizga minnat qilishganmi?
|
Tezkor savol javob
|
10
|
3- bosqich
Yangi mavzuni bayoni
|
O’quvchilarga do’stlik, o’rtoqlik, birodarlik, do’st siri,o’zaro ishonch kabi tushunchalar beriladi.
|
Aqliy xujum
|
20
|
4- bosqich
Mustaxkamlash
|
1.Inson nima uchun do’stga extiyoj sezadi, do’stlari ko’proq bo’lishini xohlaydi?
2.”Do’stlik ipini uzma,ulasang tugun qolar”degan maqolda qanday hayotiy tajriba mujassamlashgan?
3. “Non do’stlari ” kim-u “or va nomus do’stlari” kim ?
4. Do’stning dushmanga yoki dushmanning do’stga aylanishiga nimalar sababchi bo’ladi deb o’ylaysiz?
|
Zinama -zina
|
8
|
5-bosqich
Baholash
Dars yakuni
|
O’quvchilarni izohli baholayman.
|
Rag’bat kartochkalar
|
2
|
6- bosqich
Uyga vazifa
|
Eng yaqin do’stingizni ta’riflab uy inshosi yozing.
|
|
2
|
Do'stlaringiz bilan baham: |