Kaliyning o’simlik tomonidan eng jadal o’zlashtirilishi naychalash boshoqlash davriga to’g’ri keladi.
Kuzgi bug’doy gektaridan 50-60 s don hosili shakllantirishi uchun tuproqdan 115-140 kg kaliy o’zlashtiradi.
Oziqlanish muhitida gullashdan keyin kaliyning bo’lmasligi hosildorlikka va don sifatiga ta’sir qilmaydi. O’simlik naychalash fazasida kaliy yetishmasligi don hosilining kamayishiga olib keladi.