Kuzgi bug’doyning boshoq tortishi, lalmikorlikda, G’allaorolda eng ertagisi 25 aprelga, o’rtagisi 12 mayga, eng kechkisi 24 mayga to’g’ri keladi. Baxmal mintaqasida bu ko’rsatgichlar 10 may, 15 iyun va 18 iyunga, Qarshida 20 aprel, 5 may va 14 mayga to’g’ri keladi. - Kuzgi bug’doyning boshoq tortishi, lalmikorlikda, G’allaorolda eng ertagisi 25 aprelga, o’rtagisi 12 mayga, eng kechkisi 24 mayga to’g’ri keladi. Baxmal mintaqasida bu ko’rsatgichlar 10 may, 15 iyun va 18 iyunga, Qarshida 20 aprel, 5 may va 14 mayga to’g’ri keladi.
- Gullash va urug’lanish 11-30 0S haroratda me’yorida o’tadi. Ular havo harorati 20-25 0S bo’lganda jadal o’tadi. Tuproqda nam yetarli, havo harorati 25-30 0S bo’lsa ham gullash va urug’lanish me’yorida o’tadi. Boshoqlash, gullash, urug’lanish fazalarining davomiyligi 5-8 kundan 10-12 kungacha o’zgaradi.
Namga talabi. - Namga talabi.
- Kuzgi bug’doy kuzgi arpaga va bahori bug’doyga nisbatan o’sish davrida namlikni ancha ko’p sarflaydi. Bu o’sish davri uzunligi va hosil umumiy massasining yuqoriligi bilan bog’liq.
- Kuzgi bug’doyni namlikni o’zlashtirishi o’simlik yoshiga, o’sish jadalligiga, rivojlanishining kuchiga, tuproqdagi namlik zaxirasiga, haroratga va havoning nisbiy namligiga, yorug’likka, ildiz tizimining rivojlanishiga, oziqa moddalar bilan ta’minlanganligiga va boshqa omillarga bog’liq.
- O’simlik o’sishi uchun eng qulay sharoit tuproqdagi namlik cheklangan dala nam sig’imining 75-80 % dan kam bo’lmaganda yaratiladi. Kuzgi bug’doyning tuproqdan nam o’zlashtirishi tuproqdagi namlik so’lish namligiga teng bo’lganda to’xtaydi. Tuproqning mexanik tarkibi, suv fizik xossalari va kimyoviy tarkibiga bog’liq holda so’lish namligi tuproq mutlaq quruq massasining og’irligiga nisbatan o’zgaradi.
- Kuzgi bug’doy o’sish davrida yetishtirish sharoitiga qarab lalmikorlikda 2000-4000 m3/ga, sug’oriladigan yerlarda 6000 m3/ga va undan xam yuqori suvni talab qiladi.
- Tuproqqa talabi.
- Kuzgi bug’doyning boshqa g’alla ekinlariga nisbatan tuproqqa talabchanligi yuqori. Uning me’yorida o’sishi va rivojlanishi uchun tuproq muhiti neytral (betaraf – ph- 6-7,5) bo’lishi kerak. U tuproqning unumdor, begona o’tlardan toza va yetarli namlikka ega bo’lishiga talabchan. Bug’doy eng barqaror va yuqori hosilni unumdorligi yuqori qora tuproqlarda, to’q kashtan tuproqlarda beradi.
- O’zbekistonda eng keng tarqalgan bo’z tuproqlar ham mayin, begona o’tlardan toza bo’lsa kuzgi bug’doy uchun eng qulay hisoblanadi. Bu tuproqlar chirindiga, azotga kambag’al bo’lsa ham ularda mikrobiologik jarayonlar juda jadal o’tadi va o’simliklar o’zlashtirishi oson bo’lgan ma’danli moddalarning harakatchan formalarini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |