Mavzu: buddaviylik va xristiandini tarixi va falsafasi



Download 0,71 Mb.
bet2/4
Sana13.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#788258
1   2   3   4
Bog'liq
Buddaviylik

Buddaviylik ta’limoti. Buddaviylik qadimiy Hind diniy - falsafiy ta’limotlari asosida vujudga kelgan, amaliyot va nazariyotdan iborat diniy tizim dir. Uning asosi «Hayot - bu azob, uqubatdir» va «najot yo‘li mavjud» degan g‘oyadir. buddaviylik qonuniyatlariga ko‘ra inson o‘ziga moslashgan mavjudot bo‘lib, o‘zida tug‘iladi, o‘zini o‘zi halok qiladi yoki qutqaradi. Bu narsa Buddaning ilk da’vatida mujassamlashgan 4 haqiqatda o‘z ifodasini topgan. .Buddaviylikning tarqalishi. Buddaviylikning yoyilishida Sangxa - buddaviylik jamoalarining roli katta bo‘lgan. Ular yilning ob-havosi yaxshi bo‘lgan 9 oyida shaharma-shahar, qishloqma-qishloq Yurib, ular aholisini buddaviylikga da’vat qilib ularga Budda ta’limotini o‘rgatib Yurishgan. Faqatgina Musson yomg‘irlari tinmay quygan 3 oydagina o‘z ibodatxonalarida muqim bo‘lib ibodat bilan Shug‘ullanganlar. Eramizdan avvalgi 273-232 yillarda hukmronlik qilgan Imperator AShoka davri buddaviylikning keng hududga yoyilishiga katta imkoniyatlar yaratdi. AShoka o‘zining ilk hukmronlik paytidanoq buddaviylikka e’tiqod qila boshladi. U buddaviylikka, monaxlariga, ularning Hindiston bilan chegaradosh davlatlarga qilgan missionerlik harakatlariga xayrixohlik qildi. Ular o‘z da’vatlari asosida biron-bir erlik aholi yoki ruhoniylar tomonidan qarshilikka uchrasalar, ular hech qanday qarshi harakat qilmay, o‘z yo‘llarida davom etganlar. Agar mahalliy aholi tomonidan o‘zlariga nisbatan xayrixohlik sezsalar, o‘Sha erga ko‘proq ahamiyat berib, ularni ko‘proq da’vat qilishgan.


Birinchi haqiqat - «Azob uqubat mavjuddir». Har bir tirik jon boshidan kechiradi, Shuning uchun har qanday hayot - qiynoq, azob-uqubatdir.
Tug‘ilish - qiynoq, kasallik - qiynoq, o‘lim - qiynoq, yomon narsaga duch kelish - qiynoq, yaxshi narsadan ayrilish - qiynoq, yomon narsadan ayrilish - qiynoq, o‘zi xohlagan narsaga ega bo‘lmaslik - qiynoq. Dunyo tuzilishining asosiy qonuni bir-biriga bog‘liqlik. Hech bir narsa ma’lum sababsiz yaralmaydi. Lekin har bir hodisa yoki harakatning birlamchi sababini aniqlash mumkin emas. SHuning uchun buddaviylik dunyoni Shu holicha qabul qilishga chaqiradi.
Buddaviylik ta’limotiga ko‘ra, har qanday narsa yoki hodisa u hoh moddiy yoki ma’naviy bo‘lsin Dxarma (element)lardan tuzilgan. Bu elementlar o‘z xususiyatiga ko‘ra harakatsiz bo‘lib, ularni harakatlantiruvchi kuch insonning xayollar va so‘zlaridir. Ob’ektiv haqiqat bu doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi Dxarmalar oqimidir. Harakatdagi Dxarmalar mavjudligining 5 formasini yaratadi: tana, sezgi, his-tuyg‘u, harakat, anglash. Bu beSh forma insonni tashkil qiladi. Inson ular yordamida yashaydi va borliq bilan aloqada bo‘ladi, yaxshi yoki yomon ishlarni bajaradi. Bu narsa insonning o‘limi bilan tugallanadi. Insonni tashkil qiluvchi beSh forma (skandx) o‘z navbatida qayta tug‘iladi. YAngi tananing xususiyatlari asos bo‘luvchi beSh natijani beradi: faoliyat, gumrohlik, xohish, istak va norma. Bu prosess «hayot g‘ildiragi»ni tashkil qiladi. «Hayot g‘ildiragi»da doimiy ravishda aylanib, inson abadiy qiynoqqa duchor bo‘ladi.
Ikkinchi haqiqat - «qiynoqlarning sabablari mavjuddir». Inson moddiy narsalar yoki ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, ularni haqiqiy va doimiy deb hisoblaydi va doimo ularga ega bo‘lishga intiladi. Bu intilish hayot davomiyligiga olib boradi. YAxshi yoki yomon niyatlardan tuzilgan hayot daryosi, orzular va intilishlar sababli kelajak hayot uchun karma hozirlaydi. Demak, qayta tug‘ilish, yangitdan qiynoqlarga duchor bo‘lish davom etadi. Buddistlar fikricha Buddadan keyin hech kim Nirvana holatiga erisha olmagan.
Uchinchi haqiqat - «qiynoqlarni tugatish mumkin». YAxshi yoki yomon niyatlar, intilishlardan butunlay uzilish Nirvana holatiga to‘g‘ri keladi. Bu holatda inson qayta tug‘ilishdan to‘xtaydi. Nirvana holati, buddaviylar fikricha, «Hayot g‘ildiragidan» tashqariga chiqishdir. «Men» degan fikrdan ajralib, insonning hissiy tuyg‘ullarini to‘la tugatishdir.
To‘rtinchi haqiqat - qiynoqlardan qutilish yo‘li mavjuddir. Bu yo‘l - «Sakkizta narsaga amal qilish, to‘g‘ri tuShunish, to‘g‘ri harakat qilish, to‘g‘ri muomalada bo‘lish, fikrni to‘g‘ri jamlash». Bu yo‘ldan borgan inson Budda yo‘lini tutadi.
Xristianlikning vujudga kelishi. Xristianlik dini buddaviylik va islom dinlari qatorida jahon dini hisoblanadi. Bu din o‘ziga e’tiqod qiluvchilarning soni jihatidan jahon dinlari orasida eng yirigi hisoblanadi. Unga e’tiqod qiluvchilarning soni 1 mlrd. 600 mln. bo‘lib, bu son dunyo aholisining deyarli uchdan biriga to‘g‘ri keladi
.
Xristianlik asosan Evropa, SHimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qit’alarida hamda qisman Afrika qit’asining janubiy qismida va Osiyo qit’asining Sharqiy qismida tarqalgan.
Xristianlik eramizning boshida Rim imperiyasining Sharqiy qismida Falastin erlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus Xristos) Bibliyaning xabar berishiga ko‘ra, xristianlik ta’limotining asoschisi bo‘lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog‘ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. YAngi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog‘liq.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish