Buyurtmachining ta'minotchini tekshirishi ta'minotchi korxonasining tizimli taftishini va uning texnik imkoniyatlarini o'z ichiga oladi. Odatda tekshirish guruhining har bir vakili ta'minotchining har bir ishlab chiqarish operatsiyasini baholash imkonini beruvchi nazorat ro'yxatiga ega bo'lishi kerak. Zamonaviy nazorat ro'yxatlarining katta qismi masalaning muhimlik darajasini turlicha aniqlaydi va olingan natija "ma'qul", "shartli ravishda ma'qul" va "nomaqbul" kabi baholanishi mumkin.
Bunday tekshirishning kamchiligi korxona bilan qisqa muddatli tanishuvdan so'ng ko'p hollarda ta'minotchiga juda ko'p beriladigan savollarga e'tiborni qaratish hisoblanadi. Bunga gohida bir necha soat sarf bo'ladi. Ko'plab savollarga to'g'ri javoblar beriladi va ko'p ta'minotchilar u yoki bu savolga qanday javob berishni va tekshiruvchilar nimani eshitishni xohlashini aniq biladilar. Ta'minotchini shunga o'xshash tekshirishlar vaqtning asossiz sarf bo'lishi va minimal samaradorlikka olib keladi.
Ta'minotchini tekshirish va uning ishlab chiqarish natijalari haqidagi axborotni tahlil qilish. Ta'minotchini tekshirishda uning faoliyatiga doir ma'lumotlarga ega bo'lish kerak. Ta'minotchini tekshirish guruhi hech bo'lmaganda o'tgan yilda ta'minotchi erishgan faoliyat natijalari, u tomonidan o'tkazilgan tuzatish harakatlaridan xabardor bo'lishi kerak.
Ijobiy natijalar haqida ma'lumotlar bo'lganda past daromadlar, kirish nazoratining haddan ortiq yuzakiligi yoki boshqarishning samarali tizimi tufayli ta'minotchining ishlab chiqarish ko'rsatkichlariga erishganini aniqlash maqsadga muvofiq. Hatto so'nggi vaziyatda ham har tomonlama tekshirish o'tkazishni e'tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Ishonchli jihozlar hisobiga ijobiy natijalarga erishilgan bo'lishi, lekin hozirgi vaqtda bu jihozlar eskirgan bo'lishi mumkin. Yoki korxona faol iqtisodiy faoliyatga o'tayotgan va o'sayotgan bo'lishiga qaramay, shtatida malakali mutaxassislar soni kamchilikni tashkil qilishi mumkin.
Agar ta'minotchining faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlar qoniqarli bo'lmasa, quyidagilarni aniqlash kerak:
Bir necha yil davomida sifatning pasayish tendentsiyasi saqlanib qolyaptimi?
Taklif qilingan tuzatish harakatlarining o'zini oqlashi yoki samarali hisoblanishini tasdiqlaydigan dalillar mavjudmi?
Buning ortida past sifatni ko'zlash kabi muammo yashiringanmi?
4. Ta'minotchi uchun malakali mutaxassislar, tegishli jihozlarning uzoq muddat bo'lmasligi xosmi, xodimlarni tayyorlash va o'qitish amalga oshirilyaptimi?
Ta'minotchining ishlab chiqarish faoliyati haqida axborot mavjud bo'lganda bu muammolarning hammasi diqqat bilan o'rganib chiqilishi mumkin.
Ko'pincha ta'minotchini tekshirish singari muammolarga mas'uliyatsizlik bilan yondashiladi. Ish shartnomalarida ta'minotchi ustidan rasmiy tekshiruvning anchadan beri o'tkazilmaganini gapirmasa ham bo'ladi. Hech bo'lmaganda yiliga ta'minotchini muntazam tekshirish umumiy qoidaga aylanishi kerak.