3.Ta'minotchilarni nazorat qilish. Buyurtmachilar tomonidan ta'minotchilarni nazorat qilish. Harbir mahsulotni yetkazib berish sharnomasini imzolagan istalgan korxona ta'minotchining vakillari hisoblanib, yetkazib berilyapgan mahsulotlarning sifati va ta'minotchining korxonasida ishlab chiqarish jarayonini boshqarish tizimini tekshiradigan ta'minotchining nazoratchilari faoliyati bilan yaqindan tanish. Ta'minotchida o'z nazoratchilarining ishlashi buyurtmachiga kirish nazoratini qisqartirish imkoniyatini beradi.
Bevosita ta'minotchining korxonasida muammolarni aniqlash buyurtmachiga sifatsiz mahsulotlar yetkazib berilishining oldini oladi va ta'minotchiga odindan zarur tuzatish choralarini ko'rish imkoniyatini beradi. Tuzatish choralari tez va samarali tashkil qilinadi, chunki nuqsonli mahsulot ishlab chiqaruvchilar tomonidan va ta'minotchining tuzatish tadbirlarini o'tkazish uchun mas'ul shaxslar tomonidan darhol aniqlanadi.
Ta'minotchida buyurtmachining nazoratchilaridan foydalanish jarayonni boshqarish tizimining samarali ishlayotganiga ishonch hosil qilish uchun nazoratni o'tkazish va jarayonni boshqarish tizimini nazorat qilish mumkin. Buning uchun ta'minotchi barcha hujjatlarga ega bo'lishi va nazoratchiga aniq, qisqa tuzilgan nazorat ro'yxatini taqdim qilishi lozim. Jarayonni nazorat qilishning amal qilinyapgan tizimi nazoratchiga muammolar yuzaga kelgan holatda ularni hal qilish yo'llarini ko'rsatishi kerak.
Hozirgi vaqtda buyurtmachining ko'p nazoratchilari ta'minotchida ishlab chiqarish jarayonini boshqarish tizimini emas, balki yetkazib berilyapgan mahsulotning sifatini tekshiradilar. Nazoratchilarning ahamiyatini oshirish maxsus tayyorgarlikni va kasbiy mahoratni talab qiladi. Nazoratchilarni jadal tayyorlash va o'qitish natijasida belgilangan talablar bajariladi.
Mustaqil nazorat. Sanoati rivojlangan davlatlarda mustaqil nazorat o'tkazilishini ta'minlaydigan firmalar keng tarqaldi. Ta'minotchining korxonalari buyurtmachining korxonalaridan uzoqda joylashganda yoki ta'minotchi korxonalarini tekshirish nazoratchilar shtatini talab qilmaganda bunday firmalar tomonidan ko'rsatilyapgan xizmatlar buyurtmachiga foyda keltiradi. Ta'minotchining mustaqil nazoratchisi muayyan tarmoqlarda qabul qilingan talablarga javob bermaydigan, yetarlicha aniq bo'lmagan yoki noaniq qoidalarning mavjudligini hisobga olib, hujjatlar va tartiblarning norasmiy tekshiruvini olib boradi.
Agar buyurtmachi nazoratchilarning xizmatlaridan foydalansa, bu hol nazorat funktsiyalarining ta'minotchi qo'lidan ketishini anglatmaydi. Mahsulotning hamma nuqsonlari yoki jarayonni boshqarish tizimidagi barcha kamchiliklarni aniqlash ta'minotchi boshqaruv tizimining funktsiyasi hisoblanadi.
Agar nazoratchi nuqsonlarning mavjudligini doimiy ravishda aniqlasa, buyurtmachi qoniqarli sifatga ega mahsulot bilan doimiy ta'minlanishi uchun nazoratchi ta'minotchining korxonasida muntazam ishlashi kerak.