To'garaklarning afzalliklari: 1) faqat bu faoliyat bilan shug'illanishni xohlovchi ishchilar to'garak a'zolari bo'ladilar; natijada ularni rag'batlantirish tadbirlarining samaradorligi yuqori bo'ladi; 2) o'qitish natijasida to'garak a'zolarining dunyoqarashi kengayadi; 3) ishchilar o'zlarini qiziqtirgan muammolarni ko'rib chiqadilar; 4) sifat to'garagining a'zolari o'zlari qabul qilgan qarorlarning amaliyotda qo'llanilishi bilan qiziqadilar.
Kamchiliklari: 1) muammolarni hal qilishda bo'linmaning barcha ishchilari qatnashishmaydi; 2) sifat to'garagiga a'zo bo'lmagan bo'linmaning ishchilari to'garak takliflarining samara berishiga ishonchsizlik bilan qarashi mumkin.
3.Jarayonlarni takomillashtirish bo'yicha guruhlar. Jarayonlarni takomillashtirish bo'yicha guruh bir nechta bo'linmaning faoliyatini qamrab oladigan jarayon bilan shug'illanadi. Jarayonda va yordamchi xizmatlarda qatnashuvchi har bir bo'linmadan tajribali, malakali mutaxassislar bu guruhning tarkibiga kiritiladi. Guruhning raisi va a'zolari tashkilotning rahbariyati tomonidan tayinlanadi.
Guruh firma rahbariyati tomonidan belgilangan vazifani bajaradi. Odatda bunday vazifaning uzoq vaqt talab qiladi.
Qoidadagidek, muammolarning oldini olish maqsadida jarayon ishlab chiqilib o'zlashtirilguncha guruhni tashkil qilish kerak. Guruh jarayonning rentabelligini oshirish, ishlab chiqarish grafiklarining bajarilishini ta'minlash va mahsulot nuqsonlarini minimallashtirishdan kutilgan foydani optimallashtirish majburiyatiga ega.
Afzalliklari: 1) kompleks tarzda sabab - oqibat tahlili o'tkaziladi; 2) yuqori malakali mutaxassislar, guruh a'zolari uchun qo'shimcha tayyorgarlik talab qilinmaydi; 3) guruh jarayonning barcha xususiyatlari va uning elementlarining o'zaro aloqadorligini bilar ekan, u qabul qilgan qarorlar umumiy iqtisodiy samaradorlikni oshirishi mumkin; 4) funktsional bo'linmalar orasida umumiy maqsadlarga xizmat qiluvchi aloqalar yuzaga keladi; 5) ishlab chiqarish chiqindilari va harajatlarning qisqaradi; 6) jarayonni ishlab chiqishda ishtirok etayotgan guruh muammolarning oldini olish imkoniyatiga ega bo'ladi; 7) guruhning a'zolari tashkilot iqtisodiy faoliyatining umumiy tamoyillari bilan tanishadilar.
Kamchiliklari: 1) guruhda ishlash tajribali ishchilar vaqtining katta qismini egallaydi; 2) guruhning barcha a'zolari qatnashishini talab qilmaydigan muammolarni ko'rib chiqishda ishchilarning vaqtidan har doim ham samarali foydalanib bo'lmaydi.
Maqsadli guruhlar.
Darhol hal qilinishi talab qilinadigan jiddiy muammo yuzaga kelganda yuqori pog'ona rahbariyati tomonidan maqsadli guruhlar tuziladi, chunki bunday muammo tashkilotning faoliyat yuritishiga to'sqinlik qilishi, korxonaning yoki yirik ishlab chiqarish liniyasining to'xtab qolishiga olib kelishi mumkin. Yuzaga kelgan muammoli vaziyatni o'rganish va bartaraf qilish uchun guruhga yuqori malakali mutaxassislar kiritiladi. Qoida tariqasida, maqsadli guruh a'zolarining majburiyatlarini bajarish uchun ular asosiy ishidan vaqtinchalik ozod qilinadi.
Maqsadli guruh muammoni yakuniy hal qilish rejasining ishlab chiqilishi va o'z qarorining zudlik bilan amalga oshirilishiga javob beradi. Yuqori bo'g'in rahbariyatiga ishlarning borishi haqida kunlik hisobotlar va oshkora muhokama qilish uchun muammoning yechimlari taqdim etiladi.
Afzalliklari: 1) yuqori malakali mutaxassislar tomonidan muayyan muammoning o'rganilishi; 2) maqsadli guruh a'zolarining boshqa majburiyatlardan ozod qilinishi; 3) muammoning tezkorlik bilan hal qilinishi; 4) maqsadli guruh a'zolarining firma ishchilari bilan mustahkam hamkorligi.
Kamchiliklari: 1) yuqori darajada zo'riqishli ish tartibi; 2) yakuniy qarorni maqsadli guruhning a'zolari amalga oshirmaydilar.
Guruhlarning faoliyati.