5-MAVZU. FAOLIYATNI YAXSHILASHDA JAMOANING QATNASHUVI. 5.1 Guruhli yondashuv. 5.2 Sifat to'garaklari. 5.3 Jarayonlarni takomillashtirish bo'yicha guruhlar.
5.1 Guruhli yondashuv. Xizmatchilar va ishchilarning ishtiroki. Dunyo bo'ylab barcha rahbarlar o'z bo'ysinuvchilarida ulkan foydalanilmagan salohiyat yashiringanini anglab yetdilar. Ularning iste'dodi va bilmidan unumli foydalanish sifatni oshirish ishlarida muvaffaqiyatga erishini kafolatlaydi. Rivojlangan davlatlarning bir qator tashkilotlarida jamoaviy boshqaruv tamoyillaridan foydalanish yo'lida ko'p yillardan beri samaradorlikka erishib kelinayotgani yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi.
Jamoaviy ishtirok tizimini tarkib toptirishda vakolatlarning ishchilarga berilishi bosqichma - bosqich sodir bo'ladi. Buning oqibatida rahbarlar vakolatidan olib tashlangan funktsiyalarning o'rnini to'ldirish maqsadida ularning nazorat qilish funktsiyasiini kengaytirish talab etiladi. Ishchilarning qarorlar qabul qilishda qatnashishiga ishonishi ularning o'z rahbarlariga ishonchidan boshlanadi.
Tashkilot rahbariyatining mavqei. Agar butun rahbariyat jalb qilinmay jamoaviy ishtirok amalga oshirilsa, ishchilar o'zlarini rahbarlar tomonidan og'dirib olinayotgan kabi his qiladilar.
Jamoaviy qaror har doim ham eng maqbul bo'lavermasligini yodda tutish kerak, chunki: 1) jamoaviy qaror korxona uchun samarali va samarasiz g'oyalarga ega bo'lgan qatnashchilarning kelishuvga asoslangan qarordir; 2) jamoa optimal yechimni taklif etgan, biroq o'zining g'oyalarini aniq ifodashni uddalay olmagan qatnashchi qolib, qandaydir gapdon odamning so'ziga og'ib ketishi mumkin; 3) butun jamoa tomonidan qabul qilingan qarorni amalga oshirish uchun mas'ul shaxsni aniqlash qiyinlashadi.
Rahbariyat guruhlar faoliyatida ishtirok etishi va qarorlarni tasdiqlashi kerak. Rahbarlar ishchilarni qaysi muammolarni birinchi darajali deb hisoblashlari va ularni qay tarzda hal qilishlari uchun ularni yo'naltirib turadi. Guruhlarning xususiyatlari.
Xususiyatlar
Bo'linmalar faoliyatini takomillashtirish bo'yicha guruhlar
Sifat to'garaklari
Jarayonlarni takomillashtirish guruhlari
Maqsadli guruhlar
1
2
3
4
5
A'zolik
Bo'linma ishchilari
Bo'linma ishchilari
Aral ash bo'linmalarning tanlangan ishchilari
Ish tajribasi asosida tanlab olingan ishchilar
Qatnashuv
Majburiy
Ixtiyoriy
Majburiy
Majburiy
Rahbariyatning ta'siri
O'rtacha
Minimal
O'rtacha
O'rtacha
Muammolarni tanlash
Guruhli
Guruhli
Guruhli
Rahbariyat tomonidan amalga oshiriladi
Muammolarni hal qilish muddati
O'rtacha
Qisqa
O'rtacha
Uzoq
Faoliyat sohasi
Bo'linma doirasida
Bo'linma doirasida
Bo'linmalararo
Bo'linmalararo
1
2
3
4
5
Yechimning izlanishi
Guruh a'zolari orasida
Guruh a'zolari
Guruh a'zolari orasida
Guruh a'zolari orasida
orasida
Vaqt jihatidan bosimi berish
O'rtacha
Minimal
O'rtacha
Yuqori
Ish tartibi, muddatlari
Qisqa yig'ilishlar, uzoq muddatlar
Qisqa yig'ilishlar,
uzoq muddatlar
Qisqa yig'ilishlar, uzoq muddatlar
Davom etuvchi muddatlar, boshqa vazifalarning yo'qligi
Tashkilotchi
tomonidan ishga
ko'maklashish
Mumkin bo'lgan variant
Butunlay ixtiyoriy
Hech qanday
Hech qanday
Natijalarning tatbig'i
Guruh a'zolari tomonidan
Guruh a'zolari tomonidan
Guruh a'zolari tomonidan
Boshqa shaxslar tomonidan
Bo'linmalarning faoliyatini takomillashtirish bo'yicha guruhlar.
Bo'linmalarning faoliyatini takomillashtirish bo'yicha guruhlaru yoki bu bo'linma ishchilaridan tashkil topadi. Ularning vazifasi vositalarni maqsad sari yo'naltirish va ishlab chiqishdan iborat. Vositalar ishchilarga mazkur bo'linma faoliyatining sifati va samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Bo'linma rahbari guruhning raisi hisoblanadi. Ma'lum muddatdan so'ng ma'muriy xodimlar toifasiga kirmaydigan, mazkur lavozimda ishlash uchun tayyorgarlik va layoqatga ega bo'lgan ishchi guruhning raisi etib tayinlanishi mumkin. Guruh xatolarning yuzaga kelishi va bo'linma samaradorligi pasayishining sabablarini aniqlaydi. So'ngra u tuzatish choralarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Guruh bo'linma doirasida takomillashtirishning maqsadlarini belgilaydi va ularga erishish tadbirlarini ishlab chiqadi. Bo'linma rahbarining tashabbusi bilan bo'linma faoliyatini takomillashtirish guruhi tashkil qilinadi. Bo'linmaning barcha ishchilari mazkur guruhning qarorlarini bajarishda faol qatnashadilar.
Guruhning yig'ilishlarini tashkil qilish. Bo'linma ishchilarining yig'ilishi bevosita ish joyida tashkil qilinadi. Bundan maqsad muammoni yuzaga kelish joyida tadqiq qilish va ishlab chiqarishni to'xtatmagan holda sinov partiyalarini tanlab olishdir. Yig'ilishlarni o'tkazish qoidalari quyidagilar:
Yig'ilish kun tartibining oldindan tayyorlanishi va hammaga e'lon qilinishi.
Kun tartibining bo'limlarini muhokama qilish bilan yig'ilishni boshlash va tasdiqlangan kun tartibiga so 'zsiz rioya qilish kerak.Mazkur vazifa uchun bo'linma rahbari mas'uliyatga ega.