Mavzu. Bozor sharoitlarida sifat va raqobatbardoshlik. 1 Sifat XXI asr bo’sag’asida raqobatning umumjahon maydoni


Oldi - sotdi shartnomalarning ayrim turlari to'g'risidagi qoidalar



Download 3,65 Mb.
bet101/117
Sana16.04.2022
Hajmi3,65 Mb.
#556140
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   117
Bog'liq
Sifatda ma’ruzalar matni

Oldi - sotdi shartnomalarning ayrim turlari to'g'risidagi qoidalar, shuningdek, ayrim turdagi tovar (ish, xizmat) larni realizatsiya qilish qoidalari O'zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlanadi.
Tovar (ish, xizmat) lar uchun haq to'lash shakli hamda tartibi iste'molchi bilan sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) o'rtasidagi kelishuvga ko'ra belgilanadi. Tovarni kreditga sotish O'zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlanadigan tovarlarni kreditga sotish qoidalari bilan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Oldi - sotdi amalga oshirilganda iste'molchiga kassa yoki tovar cheki beriladi. Tovarni kassa yoki tovar chekini bermasdan sotish taqiqlanadi.
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi) ning kafillik majburiyatlari. Uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi tovarlar va xizmatlarga ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddatini belgilashi lozim. Kafolat muddati tovar iste'molchiga sotilgan yoki xizmat ko'rsatilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tovar sotilgan kunni aniqlashning imkoni bo'lmasa, bu muddat mahsulot ishlab chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati mobaynida tovar (xizmat) ning, shu jumladan, butlovchi buyumlarning normal ishlashini (qo'llanishini, ulardan foydalanishni) ta'minlashi shart.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, butlovchi buyumlarning kafolat muddati asosiy buyumning kafolat muddatidan kam bo'lmasligi lozim.
Kafolat muddati tovar (xizmat) ning pasportida yoki tovarni sotish yoxud xizmat ko'rsatish paytida tovar bilan birgalikda iste'molchiga beriladigan boshqa hujjatda ko'rsatiladi.
Ishlab chiqaruvchi kafolat muddati va xizmat muddati mobaynida tovardan foydalanish imkoniyatini ta'minlashi, tovarning ta'mirlanishi va unga texnik xizmat ko'rsatilishini tashkil etishi, tovarni ishlab chiqarish muddati mobaynida hamda u ishlab chiqarishdan olib tashlanganidan keyin tovarning xizmat muddati mobaynida, bunday muddat bo'lmagan taqdirda esa tovar ishlab chiqarishdan olib tashlangan paytdan e'tiboran o'n yil mobaynida yetarli hajmda va turda ehtiyot qismlari ishlab chiqarishi hamda savdo va xizmat tashkilotlariga yetkazib berilishi shart.
Dori - darmon, oziq - ovqat va maishiy kimyo tovarlarida ular ishlab chiqarilgan sana va yaroqlilik muddati hamda saqlash shartlari ko'rsatilgan bo'lishi lozim. Sotuvchilarning yaroqlilik muddati ko'rsatilmaganda yoki bu muddati o'tib ketganda qabul qilishi va realizatsiya qilishi man etiladi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish